195
tezligiga bog‟liq.Pishirish kamerasidagi hamir gidrotermik ishlovning turli hil bosqichlarini o‟tadi,
unga ho‟llash, nurlanish, konveksiya va issiqlik o‟tkazish bilan issiqlik almashishi operasiyalari
kiradi.YOpish kamerasida issiqlik va massa almashish bilan belgilanadigan
nonning asosiy sifat
ko‟rsatkichlari : nonning hajmi va shakli , non sirtining qalinligi , rangi va yaltiroqligi, shuningdek hidi
va tami hisoblanadi.Nonning hajmi va shakliga tasir ko‟rsatadigan asosiy omillarga nonning namlanish
zonasida gidrotermik ishlov berish jarayonining parametrlari kiritiladi, yopish kamerasidagi muhitning
temperaturasi va namligi, shuningdek, hamirning struktura-mehanik xossalari va yopish davomiyligi.
Non yopish texnologik, transport-mexanik xossalari
kompleksidan shuningdek, jarayonning
asosiy parametrlari avtomatik rostlash vositalari bilan taminlangan zamonaviy pechlarda amalga
oshiriladi.
Non yopish sanoatida gaz va suyuq yonilg‟idan yonish mahsulotlarini resirkulyasiya
qilib ishlovchi
non yopish pechlaridan foydalaniladi.Bunday pechlarning issiqlik inersiyasi kam, energiyani kam
istemol qiladi.
RZ-XPA pech agregatini ( 1- rasm )avtomatlashtirish sistemasi quyidagi vazifalarni bajaradi :
pechning asosiy qismida ( 1-22 namlanish zonasida), non yopish kamerasining birinchi ( 2-2 ) va
ikkinchi ( 3-2 ) zonalarida xromel-kopelli termoelektrik o‟zgartkichlar 1-1 , 2-1 , 3-1
bilan
komplektdagi millivoltmetr -1-2, 2-2, 3-2 lar yordamida temperaturani o‟lchash ; non yopish
kamerasida ( 5-2 ) muhit temperaturasini ikki pozisiyali rostlash ; yoqiladigan va resirkulyasion gazlar
aralashmasi temperaturasini ortib ketishini avtomatik rostlash ;alanagani datchik 8-1 hamda asbob 3
bilan birgalikda avtomatik nazorat qilish va rostlash ; pechni ( 12-2) avtomatik o‟t oldirish ; o‟txonada
siyraklanishni vakuumetr 7-2
bilan nazorat qilish ; gazoprovoddagi gaz bosimini bevosita tasir
qiluvchi rostlagich 5-1 bilan rostlash ; pech konveyerining uzlukli harakatini magnitli yurgizgich 4-1
va vaqt relesi 4-3 yordamida avtomatik boshqaruv shchitida o‟rnatilgan knopkali stansiya 4-2
yordamida ishga tushirish va avariya hollarida to‟xtatish, xavfsizlikni taminlash, NL7 ventilyatorning
,NL8 resirkulyasion tutun tortkichning , NL1 konveyerining avariya rejimining yorug‟lik
va tovush
signalizasiyasi ( 8 – 2 va NL5 ).
Non yopish kamerasining issiqlik rejimining avtomatik boshqarish sistemasining ishlanishda,
agar non yopish kamerasidagi muhitning