189
2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”, -
Toshkent, 1982 y.
3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y.
4. Майзель М.М “Основы автоматики и автоматизации производственных процессов ”, -
Toshkent, 1964
Metanning konversiya jarayonini avtomatlashtirish
Zavod kollektoridan kelayotgan tabiiy gaz 1,2 Mpa bosim ostida ammiakni sintez qilish
bo‟limidan kelayotgan azotovodorod aralashmasi (AVA) bilan 10:1 nisbatda aralashadi va keyin
trubasimon pech 1 ga yunaladi (23.1-rasm), u erda gazalar aralashmasi tutun gazlari bilan =400S gacha
isitiladi. Keyin u oltingugurtli organiq birikmalarni vodorod sulfidgacha gidratlovchi apparat 2ga
yunaltiriladi. Keyin vodorod sulfidan tozalangan tabiiy gaz suv bugi bilan bug: gazning 4ga teng
nisbatida aralashtiriladi.
Olingan bug-gaz aralashmasi trubasimon pechning konvektiv qismida
joylashgan isitkichga
yunaltiriladi, u erda aralashma temperaturasi tutun gazlari issikligi hisobiga 500-550 S gacha
kutariladi.
Isitilgan bug-gaz aralashmasi keyin trubasimon pechning radiasion kamerasiga o‟rnatilgan
reaksion trubalarga kelib tushadi, ularda nikelli katalizatorda tabiiy gazning suv bugi bilan
konversiyasi yuz beradi.
Reaksiya uchun zarur issiklikni trubasimon pechda tabiiy gazni yokib olinadi.
Trubasimon
pechda yonilgi natijasida xosil bo‟ladigan tutunli gazlar atmosferaga tutun surgich 9 bilan chiqarib
tashlanadi. Reaksion trubalarda koldik metanning takriban 10% ini ichiga olgan konvertirlangan gaz
800-830 S temperaturada shaxta reaktori 3 aralashtirgichiga keladi. Shu erga 3 MPa bosim ostida
trubasimon pechning konvektiv qismida 500 S gacha kizdirilgan texnologik xavo uzatiladi.
SHaxtali reaktor 3 da trubasimon pechdan sung gazda kolgan
metanning deyarli tula
konversiyasi amalga oshiriladi va olinadigan texnologik gaz tarkibiga ammiakni sintez qilish bosqichi
uchun zarur azot kiritiladi.
SHaxta reaktorining yuqori qismining bush fazosida trubasimon pechdan kelayotgan
konvertirlangan gazdagi vodorod va metanning bir qismi xavodagi kislorod bilan birga yonib ketadi;
bunda kolgan metanning shaxta reaktoridagi nikelli katalizatoridagi suv bugi bilan endotermik reaksiya
uchun zarur issiklik ajraladi.
SHaxta reaktorining chiqishida 980-1000 S temperaturada koldik metan miqdori=0,5% bo‟lgan
konvertirlangan gaz olinadi.
Metan konversiyasining ketma-ket ikki bosqichli konversiya
jarayonini amalga oshirishda,
unda birinchi bosqichda bug konversiyasi utadi, ikkinchi bosqichda-bug-xavo konversiyasi utadi,
shaxta reaktori chiqishidagi konversiyalangan gazning tarkibi trubasimon pechning chiqishdagi
konversiyalangan gazning tarkibi, bosimi va temperaturasi bilan aniqlanadi.
Trubasimon pechning chiqishida temperaturaning va uning kirishadi
bug-gaz nisbatining
ortishida undan keyin gazdagi metanning koldik miqdori kamayadi. Bug-gazning berilgan nisbati
nisbiy rostlagich 4 yordamida rostlovchi klapan 31 orkali bugni uzatishni o‟zgartirish yuli bilan
ta‟minlanadi. Tabiiy gazning bosimi tabiiy gazning uzatilishini rostlovchi klapan 32 ga ta‟sir kiluvchi
bosim rostlagichi 5 bilan barqarorlashtiriladi. Trubasimon pechning chiqishidagi temperatura pechga
kelayotgan yonilgi gazni sarf rostlagichi 6 va rostlovchi klapan 33 yordamida o‟zgartirib rostlanadi.
Shuningdek, AVA ni uzatishni rostlovchi klapan 34 ga ta‟sir kiluvchi nisbat rostlagichi 7
yordamida apparat 7 ga uzatilayotgan gaz: AVA sarflanishi nisbatlari rostlanishini kuzda tutilgan.
SHaxta reaktori 3 dagi berilgan rejim unga uzatilayotgan xavoni sarf rostlagichi 8 va rostlovchi klapan
35 yordamida o‟zgartirilib ta‟minlanadi.
Metanning konversiya jarayonining asosiy nazorat kilinuvchi parametrlari quyidagilardir:
xavoning bosimi,
kuvursimon pechga kirishda, bug-gaz aralashmasi bosimi, kuvursimon pechdan
chiqishda konversiyalangan gaz bosimi, shaxta reaktori chiqishida konversiyalangan gazning va tutun
tortgich 9 oldida tutunli gazlar bosimi; bug temperaturarasi, kuvursimon pechning kirishidagi
xavoning
va shaxta reaktorining, yonilgining, tabiiy gaz va AVA ning trubasimon pechga va oltingugugrt
190
tozalagich apparati 3 ga kirishidagi aralashmasi temperaturasi, pechning reaksion truba kirishida bug-
gaz aralashmasi temperaturasi, pechning chiqishida konversiyalangan gazning temperaturasi, pechning
radiasion komerasidan chiqishida va tutun tortgich oldidagi tutun gazlari temperaturasi apparat 2 ning
chiqishida gazlar aralashmasi temperaturasi; konversiyalangan gazning trubasimon pechdan va shaxta
reaktoridan keyingi tarkibi –
metan miqdori; trubasimon pechning chiqishida tutunli gazlar tarkibi –
kislorod miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: