Ullar xukmronligi davrida O’rta Osiyo xalklari tarixi tarixshunosligi



Download 66,5 Kb.
bet1/3
Sana30.06.2022
Hajmi66,5 Kb.
#721551
  1   2   3
Bog'liq
mugullar xukmronligi davrida orta os


Aim.uz



Mo’gullar xukmronligi davrida O’rta Osiyo xalklari tarixi tarixshunosligi.
Reja:

  1. XI-XII asrlarda O’rta Osiyo tarixshunosligining ravnaki.

  2. XIII asrda Movarounnaxr va Xorazm mugullar zulmi ostida davri tarixshunosligi.

  3. Rashididdinning «Jome` ut-tavorix», «YOzishmalar» asarlari va ularning tarixshunoslikdagi axamiyati.

So’g’dlar davridagi Movarounnahrni ya`ni so’g’dlarning Zarafshon vohasi va qashqadaryoga xukmronlik qilgan davrini qoraxoniylar xukmronligi davriga solishtirib ham, qarama-qarshi qo’yib ham bo’lmaydi. Gap shundaki, VIII-IX asrlarda turkiy urug’lar Farg’ona va SHoshga shiddat bilan kirib kela boshladi. Farg’onada qarluq, SHoshda o’g’uz urug’ining mavqei kuchli edi. Ibn Havqal (X asr) ning yozishicha, islomni qabul qilgan minglab turk sulolalari sharqdan Forab, SHosh oralig’idagi, ya`ni CHimkentning janubi-g’arbiy qismidagi rayonlarga ko’chib o’tdilar. XII asr tarixchisi Tohir Marvoziy «SHaraf az-Zamon» asarida «G’uzlar Islom viloyatlariga qo’shni bo’lgach, ularning kupi islom dinini qabul qilib, turkman deb atala boshlandi. Ular bilan islom dinini qabul qilmagan g’uzlar orasida dushmanlik paydo bo’ldi. G’uzlar orasida musulmonlar ko’payib, islomning ta`siri kuchaya bordi. Musulmonlar dinsizlardan ustun kelib, ularni Xorazmdan ko’chmanchi pecheneglar bajnoqlar yashaydigan hududlarga siqib chiqardilar. So’g’diylar va turkiy urug’lar aloqalarinnng kuchayishi ularning bir-biriga o’zaro ta`sirini kuchaytirdi. Tur­kiy urug’larning kuchli ta`siri ostida so’g’diylar o’zlarining etnik ajralishini yo’qotib, orada quda-andachilik, o’zaro munosabatlar paydo bo’ldi va u tildagi va madaniy-maishiy to’siqlarni yo’qotdi. XI asrning tilchi olimi Maxmud Qoshg’ariy ham «Devonu lug’ati turk» asarida bu tabiiy jarayonni ta`kidlab o’tgan. U o’sha davrda «ham turkiy, ham so’g’diycha, faqat turlicha gapiruvchi kishilar, bo’lgani, lekin faqat so’g’diycha so’zlovchi kishilar , bo’lmagani» ni yozadi. Fikrimizcha, faqat yuqoridagi kabi bir belgiga qarab, so’g’diylarning O’rta Osiyodagi elatlarning biri sifatidagi mavqeini yo’qotgan deyish noto’g’ri bo’lur edi. Buning ustiga XI aerda so’g’diy deb so’g’diycha so’zlaydigan kishilarnigina tan olishgan degan fikrga ham qo’shilib bo’lmay­di. Axir ular jismoniy jihatdan yo’qolib ketishgani yo’q, biroq ularning avlodlari turkiylar bilan qo’shilib birikib ketgan, degan fikrlar ham bor. Kim kimga aylanib ketgan, haliyam isbotlangani yo’q. Biroq bularga qaramay Maxmud Qoshg’ariy o’ta in-sonparvar va qalban baynalmilalchi ekanini ko’rsatdi. U xalq­lar assimilyatsiyasini emas, ularning tashqi dushmanga qarshi birikishini, kishilarning haqiqat va adolat yo’lda birlashishini orzu qiladi va dushmanlik, tarqoqlik hamda adolatsizlikka qarshi kurashishga chaqiradi.
SHunday qilib, XI asrnipg birinchi yarmi tarixchisi Hilol as Sabiyning yozishicha, somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina qoldirilgan edi. Taxtga XI asr fors-tojik tarix­chisi Bayhaqiy fikricha, aqlli va iste`dodli Mansur ibn Nuh (997-999) o’tirgach, u xalq ommasini o’ziga to’la og’dirmoqchi bo’ladi, Biroq, xalq bo’layotgan voqealarga loqaydligicha qolaveradi. 999 yil Buxoroda hokimiyatni qoraxoniylardan bo’lgan Nuh egallaydi. Buxoroni Nasr egallagan paytda g’azna amiri Sabuqtagining o’g’li, tarixda Maxmud g’aznaviy nomi bilan mashhur Mahmud edi. Mahmud Bag’dod xalifasi Qodirbillohdan (991-1031) «YAmin ad-davle va amin al-milla» unvoni va Xuroson hukmdori degan yorliq oladi. 1001 yilda Mahmud va Nasr o’rtasida ular boshqarayotgan viloyatlarning chegarasini Amudaryo bo’yicha belgilangani to’g’risidagi shartnoma bo’lishiga qaramay, ulkan sobiq Samarkand feodal davlatn o’rnida amalda ikkita musta­qil qoraxoniylar (Qashqar, SHosh, Farg’ona, So’g’d) va g’aznag’viylar (SHimoliy Hindiston chegaralaridan to Kaspiy dengizining janubiy qirgoqlarigacha bo’lgan, hozirgi Afg’oniston va SHimoli-sharqiy eronni o’z ichiga oluvchi hudud) davlati vujudga keldi.
Mahmud g’aznaviy o’z hukmronligi davrida (998-1030 y) Panjob, Kashmir va boshqa shimoliy hind viloyatlariga o’n etti mar­ta harbiy yurish qildi. SHunday yurishlardan birida Mahmud hind shaharlaridan 20 million dirham pul, 57 ming qul va 370 fil olib ketdi. Mahmud SHimoliy Hindistonga 17 marotaba bosib borganda Hindistonni shu qadar xarob qildiki, bu yurt o’z holiga kelguncha mamlakat xalqi o’n yillar davomida ezilib, mehnat qildi. Bu yurishlar Mahmudni o’ta kuchli hukmdorga aylantirdi.
1025 yili Samarkand yaqinda o’sha davrning ikki zo’r hukm­dori Mahmud G’aznaviy bilan Qoraxoniy, ilekxon unvoniga ega Qodirxon o’rtasida shaxsiy uchrashuv bo’ldi. XI asr fors tarixchisi Gardiziy «3ayn ul-axbor» («Xabarlar ziynati») asarida Qodirxonning sodda va qovushmagan qo’polligi, katta uchrashuv va saroy mulozamatlariga ko’nikmaganligi, diplomatiyaning sirlaridan bexabar kishi bo’lganini yozadi. Bu ittifoq keyinroq Mahmud g’aznaviyning butun O’rta Osiyoga xukmronligi bilan tugadi.
Xullas, agar O’rta Osiyoning somoniylar davri tarixi mufassal o’rganilgan bo’lsa, qoraxoniylar davri tarixi hali etarli o’rganilmagan. YOzma manbalar siyosiy voqealar va qoraxoniylar davlatining ichki tuzilishi xususida uzuq-yuluq ma`lumotlar beradi. Tarixchilar doimo tarixiy manbalar topilib qolishidan umidvor edilar va qoraxoniylar chiqargan tanga va boshqa manbalarga tayanardilar. Bir misol keltiramiz. XII asrning ikkinchi choragi boshlarida qoraxoniylarning qudratli davlati o’z qo’llarida Bolasog’un shahri bilan birga Ettisoydan to Enisey (Enasoy) daryosining shimoli-sharqiy qismigacha bo’lgan hudud va xalqni tutib turardi. Musulmon manbalarida bu xalq qora
xitoylap deb ataladi. 1137 yili qoraxoniylar Xo’jand yaqinida aznaviy Ma`sudni tor-mor etishdi. 1141 yilning 9 sentyabrida Samarqand yaqinidagi qatvon cho’lida saljuq-qoraxoniylarning lashkari to’la tor-mor etilib, saljuqiylar sultoni Sanjar va Mahmud chekindi. Qoraxitoylar Buxoro va Markaziy Movarounnahrni egalladilar. O’rta Osiyoda siyosiy kuchlar nisbati o’zgardi. Qoraxitoylar saljuqiylardan farqali o’laroq, qoraxoniylar sulolasini yo’q qilishmadi. Qoraxoniylar qoraxitoylarning vassaliga aylandilar. Samarkand yaqinidagi qatvon cho’lidagi jangdan so’ng Samarqandda biroz vaqt qochib ketgan Qoraxoniy Mahmudning tug’ishgan ukasi hukmdorlik qildi. Farg’ona esa SHimoliy qoraxoniylar oilasi qo’lida edi. 1150 yilda Farg’onadagi qoraxoniylar sulolasi Samarqandni ham mustahkam egalladi. Farg’ona va Samarqand birlashtirilgan bo’lsada, Samarqand davlat poytaxti hisoblanar, Samarqand hokimi nomiga boshliq edi.
Qoraxitoylarning 1141 yilgi g’alabasi saljuqiylarni zaiflashtirib tashladi. Saljuqiylar mag’lubiyatining yana bir omili Xorazmning siyosiy markaz sifatida ko’tarilib chiqqani bo’ldi. Xorazmni saljuqiylar xukmronligidan ozod etish uchun izchil kurashganlardan biri Qutbiddin Muhammad Otsizning o’g’li (1127-1156 y.)edi. Otsiz bo’lajak xorazmshohlarning buyuk davlati asoschisi edi. (Eron saljuqlari XII asr o’rtalaridan boshlab nomigagina hukmron edilar. 1156 yili Saljuqiylar dav­lati sultoni Sanjar uch yillik asirlikdan so’ng poytaxt Marega qaytib keldi va bir yildan so’ng vafot etdi, Uning o’limidan so’ng fors va Ozarbayjonda mustaqil davlatlar vujudga keldi. Xuroson ham mustaqil davlat bo’lib tanildi. Xalifalikning markazi Bag’dod o’z hokimiyatini tikladi. Bu jarayon xorazmshohlar mavqeini kuchaytirdi. SHoh Alovuddin Tekesh (1172-1200 y) qoraxitoylarga soliq berishdan bosh tortdi. U o’lpon yig’ish uchun Xorazmga kelgan qoraxitoylar elchisini qatl ettirdi. Bir pecha bor bo’lgan janglar natija bermadi. Faqat 1196 yilgi Xorazm va Bag’dod xalifaligi o’rtasida bo’lgan jang xorazmliklar g’alabasi bilan tugadi. Biroq, xalifalik dindorlarga suyanardi va shu bois Tekesh jangchilari yordamida keng hududlarga ta`sirini kuchaytirishga urindi. Lekin, mamlakat ichida o’ziga mustahkam tayanch topa olmadi. SHunga qaramay, O’rta Osiyo xalqlarining bu davr tarixi mo’g’ullar bosqini arafasi davri sifatida O’rta Osiyodagi XII asr oxiri XIII asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvolni qisqa bo’lsada, yorqin tasvirlaydi.
Tekeshning munshiysi (shaxsiy kotibi) Muhammad Bag’dodiy (At-tasviri ila tarassul» (Muhim nomalar bitish yo’l-yo’riqlari) asarida o’sha davrdagi ahvolni tasvirlaydi va Xorazmshoh Tekeshning Sirdaryo viloyati noibi Jaidga topshirig’ini keltiradi. Unda shoh noibiga aholining turli tabaqalari bilan to’g’ri munosabatlarni quyidagicha o’rnatishni buyuradi:

  1. Sayidlar (Muhammad avlodidan) kamchilik ko’rmasligi, ularning ehtiyoji va tabarrukligi darajasidan kelib chiqqan holda ta`minlanishlari lozim;

  2. Imom va ulamolar qonunlardan kelib chiqilgani holda sovg’asalom va turli imtiyozlarga sazovor etilishlari lozim;

  3. Qozi va boshqaruvchilar qonunga rioya etib, adolatni talab qilishlari kerak;

  4. So’fiy va ularga yaqin kishilar shunday ta`min etilsinlarkim, toki ular engilmas davlatimiz uchun bemalol duo o’qisinlar;

  1. Obro’li oqsoqollarga g’amxo’rlik qilib turish kerak;

  2. Noibga bo’ysunuvchi amaldor va sarkardalarga qat`iy bohchilik qilish, aholini talamasliklari uchun haqini o’z vaqtida berib turish zarur;

  3. Xudoga ishonuvchilarni qo’llab-quvvatlash va ularga aholinining xulqini kuzatib yurishni topshirish lozim.

Bu asarning to’la tavsifini birinchi bo’lib tarixchilardan A. A. Semyonov bergan K U Niso viloyati bilan bog’liq bir qator hujjatlarni tarixchilik va tarixshunoslik nuqtai-nazaridan tadqiq etadi. Niso viloyati g’uz feodallari mavqei kuchli bo’lgan xorazmshohlar davlatining janubiy hududlari hayotida katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Xorazm shohi Tekesh, Muhammad Bag’dodining guvohlik berishicha, g’uz feodallari etakchilaridan biri To’g’on shohga viloyatning bir necha katta tumanlariga to’la xo’jayinlik qilish huquqini berganini yozadi. Bu yorliqqa asosan bu joylardagi dindorlar, qozi, ulamolar, boylar, «lashkarboshilar», er egalari va boshqa tabaqa kishilari unga bo’ysunardi. Bu hujjatda, shuningdek, ayollar nomusi, aholining mulki va hayotini, mol-mulki xavfsizligini himoya qilish va boshqa tadbirlarni qo’llashga ham chaqiriladi. Bu erda bizning e`tiborimizni manbaning yoshi 700 yil atrofida ekani tortadi va uni o’rganishga jiddiy munosabatda bo’lish zarur. Biroq hanuzgacha tarix fani bunday tadqiqotga ega emas.
XI-XIII asr boshida O’rta Osiyoda tovar-pul munosabatlari juda rivojlanganligi ma`lum. Bu jarayon O’rta Osiyoning eng chekka, xususan tog’li rayonlarini ham qamrab olgan edi. Bu O’rta Osiyo xalqlari madaniyati ahvoliga ham ta`sir ko’rsatdi. Bizgacha XI-XIII asr boshiga taalluqli moddiy va ma`naviy madaniyatning anchagina tarixiy-madaniy yodgorliklari etib kelgan. Ular orasida hashamatli me`morlik yodgorliklari alohida o’rin egallaydi.
Musulmon Uyg’onish davri ko’rilayotgan u yoki bu mintaqaning taraqqiyotini taqozo etadi. Agar saqlanib qolgan madaniyat yodgorliklarini saroy, masjid, honaqo, hammom va boshqalar qurilishi haqida ma`lumotlar bilan solishtiradigan 'bo’lsak, biz O’rta Osiyo tarixi va tarixshunosligining ko’rib chiqayotgan dav­ri XI-XIII asr boshlari qurilish, shaharlarning kengayishi va rivojlanishi, tovar ishlab chiqarish, savdo ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, gurkiragan, iqtisodiyotining umumiy ko’tarilishi tezlashgan davri edi. YAna bu davrda shahar qurilishi mukammallashdi, yangi loyiha rejalar marmar, metall, ganch, loy va yog’ochdan yasaladigan yodgorliklarning bezatilishi sohasidagi muvaffaqiyatlarga erishildi. Katta qurilishlarda bu davrda marmar va shisha g’isht keng qo’llanilsa-da, biroq loy (paxsa), hom g’isht va ganch ham ayniqsa.qo’rg’on, saroy va boshqa qurilish­larda ishlatiladi. Ular jumlasiga Tojikistonning Isfara nohiyasidagi qal`ai Boloni (VI-VIII asrlar) kiritish mumkin. U (X-XII asrda) qayta qurilgan va mustahkamlangan.
Bu davrda saroylar qurish juda ko’paydi. Ular jumlasiga Xuttalon hukmdorining Termizdagi, g’azna amirlarining shahar atrofidagi lashkari bozordagi saroylarini kiritish mumkin.
Bizningcha, masjid, minora, ayniqsa, mavzoleylar kabi madaniy yodgorliklar ko’proq saqlanib, etib kelgan.
X-XSH asr boshlaridagi siyosiy o’zgarishlar O’rta Osiyo xalqlari fani va madaniyatiga ta`sir ko’rsatmay o’tmadi.
Mahmud g’aznaviynyng ulkan davlati markaziy feodal davlatining vujudga kelishi fan va madaniyatning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Gaznaviylar davrida arab tili keng quloch yozdi. Gaznaviylar devonida avval dariy tilida ish yuritilardi. Keyin arab tili kiritildi. Oqibatda fors tiliga arab tili unsurlarining kirishiga ta`sir ko’rsatdi. Mahmud g’aznaviy o’z saroyi tevaragiga shoiru yozuvchilarni, tarixchi va boshqa ilm ahllarini to’plagan edi. Saroyda qasida janri rivojlana bordi. Balxlik Abdulqosim Hasan ibn Ahmad Unsuriy (X asrning 60-yillarida tug’ilib, 1039 yilda vafot etgan) qasi­da ustasi bo’lib, u murakkablashgan ritorik obrazlarga boy qasidachilikning yangi uslubi asoschisi edi. Abdulhasan Ali Faruhiy (1038 yilda vafot etgan) va Abdulxoji Ahmad Manuchehrny (1041 yilda vafot etgan) ko’zga ko’ringan saroy yozuvchi va shoirlari edilar. Ular asosan somoniylar davri an`analarini davom ettirishdi.
Movarounnahrning bu davr adabiy hayoti bir qancha iste`dodli shoir va adabiyotshunoslar ijodidan ham bahramand bo’ldi. Asiridin Axsikatiy (1172 yilda vafot etgan), So’zoniy Samarqandiy (1173 yilda vafot etgan), Rashididdin Samarqandiy, Asadiy Tusiy, Nosir Xusrav, Umar Hayyom, Faxriddin Gurgoniy, Xo’ja Ahmad YAssaviy, Anvariy, Ma`sud Sa`d Salmon, Muizziy, Sobir Termiziy va boshqalar shular jumlasidandir.
Bu davrda tasavvuf ta`limoti keng tarqaldi. So’fiylikning nazariyotchilari faylasuf Muhammad g’azzoliy va uning mistik goyibot ruhdagi, ilohiy ishqning alohida so’fiylik yo’nalishini yaratgan ukasi Ahmad Gazzoliy hamda so’fiylik yo’nalishidagi mashhur shoirlar, Abdulloh Ansoriy Xiraviy (1006-1077 y), Abdulmajid Sanoniy (1050-1131 yy), Farididdin Attor (1142-1220 y) lar edilar.
Urta asrning qomuschilari Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniyning (973-1048 y) ijodi ham shu davrga to’g’ri keladi.
XI asrda tarixshunoslik rivojlanishini ham alohida ta`kidlab o’tish kerak. Ular jumlasiga Abu Nasr Utbiyning {Mahmud Gaznaviyning saroy tarixchilaridan biri) «Tarixi YAminiy» asarini kiritish mumkin. Utbiy Mahmud G’aznaviyni ko’klarga ko’tarib maqtab, otasi Sabuqteginning hayotidan ko’plab voqealar keltiradi, ularni qiyoslab, o’sha davr tarixiy voqealarini tasvirlaydi.
G’aznaviylar davrining eng yirik tarixchilaridan biri Abu Sayd G’ardiziy hisoblanadi. U «Zayn-ul-axbor» («Xabarlar ziynati») tarixiy-didaktik asarning muallifidir. U 1048-1052 yillar orasida yozilgan. Gardiziy o’z davrining tarixchi va tarixshunosi sifatida shu asarida oldin o’tgan tarixchilarning asarlarini tahlil qiladi. Ular orasida Tabariy, Narshaxiy, Utbiy va boshqalar bor.
Mo’g’ullar bosqini O’rta Osiyo xalqlariga cheksiz kulfat va fojialar olib keldi. Movarounnahr shaharlari xarobaga aylandi, hunarmandchilik va savdo inqirozga uchradi, dalayu vodiylar bo’shab, huvillab qoldi.
K. Marks mo’g’ullar zulmi «nafaqat ezar, haqorat etar, balki bosib olgan xalq qalbini qovjiratar edi. Mo’g’ul-tatarlar muntazam terror rejimini o’rnatishdi, talash va ommaviy qirg’inlar ularning doimiy boshqaruv quroliga aylandi» deb yozgan edi.
SHarqning eng yirik va qadimiy o’chog’i Samarqand^ mo’g’ullar bosqiniga qadar juda katta shahar edi. Samarkand orqali CHingizxon huzuriga borgan Xitoy rohibi CHan-CHunning so’zlariga qaraganda, mo’g’ullar bosqinidan so’ng shaharda 25 ming oila, oldingi aholining chorak qismi qolgandi, xolos. Demak, ilgari bu erda 100 ming oila, ya`ni 400 mingdan oshiq kishi yashagan. 30 ming hunarmand Mo’g’ulistonga olib ketilib, mo’g’ul shahzodalarga tarqatilgan edi.
Muammoning tarixshunoslik jihatiga qaytamiz. Xitoy rohibi CHan-CHunning hikoyasiga sharqshunoslardan birinchi bo’lib, Bartol’d e`tibor berdi. «Turkestanskoe vostokovedenie» jaridasining 1894 yil, 43-44-sonlarida uning «Turkiston o’lkasi XYIII asrda» (Xitoy sayohatchisining hikoyasi asosida) maqolasi e`lon qilindi. Bu maqoladan sayohat yo’nalishini aniqlash mumkin edi. U quyidagicha: CHu va Talas daryolari, Sayram, Sirdaryo, Mirzacho’l, Zarafshon, Samarkand (1221 yil dekabr’ 1222 yil apreli oxiri) , Kesh va Amudaryo orqali o’tib, CHingizxon qarorgohiga etib borgan. qaytishda CHan-CHun CHingizxon ortidan ketgan, Bartol’d «X asrdan to XIII asrgacha (CHan-CHungacha) bo’lgan davrga tegishln Turkiston xayotini mufassal yorituvchi bironta ma`lumotga ega emas edik. CHan-chunning ma`lumotlari shu jihatdan mamlakatni o’rganish uchun qimmatlidir» deb yozadi .
SHu erda V. V. Bartol’dning tarixiy asari «Turkiston mo’­g’ullar bosqini davrida» doktorlik dissertatsiyasiga ham to’xtalib o’tish zarur. Asarning kirish qismida muallif kitobining nomi mazmuniga to’liq kelmasligini yozadi. Muallif maxsus tadqiqot uchun mo’g’ullar bosqini davri, Urta Osie tarixining muhim davrini olgan. O’rta Osiyoning shundan avvalgi asrlar tarixiga esa o’zining maqsadi uchun zarur bo’lgani qadar murojaat qilmoqchi edi. Biroq, mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishuv muallifga o’zigacha bo’lgan tadqiqotchilarning manbalar bo’yicha xulosalar qilmaganliklarini ko’rsatdi. Ularsiz esa mo’g’ullar kelganda O’rta Osiyo qay ahvolda ekanligini aniqlash mushkul edi. Muallifning fikricha, bu kitob ilk bor O’rta Osiyo tarixini manbalar asosida, ijtimoiy va maishiy sharoitlarga e`tibor berilgan holda yoritadi.
Asar «Kirish», «To’rtta bob va ilovadan iborat. «Kirish» bu tarixshunoslik, u arab tarixchi va jug’rofiyunlaridan tortib, to temuriylarning tarixchilarigacha bo’lgan tarixshunoslarning O’rta Osiyo tarixiga bag’ishlangan manbalarga bergan bahosi va tanqidiy sharhiga bag’ishlangan. Monografiyaning birinchi qismida V. Bartol’d XI-XV asr tarixiy manbalari, tarjimalari va ko’chirmalarini keltiradi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar:
1. Gardiziy (XI asr). «Zaynul-axbor». Matnda qo’lyozmadan
alohida ko’chirmalar keltirilgap. Masalan: Xaris b. Surayj
qo’zg’oloni, Amir b. Jamol, Tohir b. Abdulloh, YAqub b. Lays va
Amir b. Lays haqidagi ko’chirma;
Amirning lashkarini ko’rikdan o’tkazishi, fuqaro boshqaruvi haqidagi, somoniylar va ularning hukmdorligi, Ahmad b. Saxl haqidagi, Abu Ali CHag’oniyning harakatlari; Surxon vohasidagi shaharlar, simjuriylar haqidagi; arab amirlarining Turkistonni olishi, Mahmud G’aznaviy va Qoraxoniylar to’qnashuvi, Mahmudning Xorazmdagi harbiy harakatlari haqidagi. Mahmudning Qashqar xoni Qodirxon bilan uchrashuvi tasviri boshqa ko’chirmalar shular chizmasidandir.

  1. «Mujmal at-tavorix val-qisas». XII asrda yozilgan bu asar­ning muallifi noma`lum. Bartol’d undan Efasning o’g’li Turkning vatani Issiqko’l atrofidagi joy ekani xususidagi rivoyat va SHarq hukmdorlari unvonlarining ro’yxatini keltiradi.

  2. Al-g’arnotiy (XII asr). «Kitob tuhfat ul-albob va nuhbat ul-a`job». Balx yaqinidagi Xalifa Aliping mozori deyiladigan qabrning ochilishi haqida hikoya qilinadi.

  3. Insho (XII asr). Bu Rossiya imperiyasi ichki ishlar nozirligi huzuridagi SHarq tillari o’quv bo’limi fondidan olingan hujjatlardir. Biz uchun Bartol’d keltirgan quyidagi hujjatlar muhimdir: Sulton Sanjarning O’rta Osiyo xonlariga munosabati; Otsizning Sanjarga maktubi: Sanjar va Otsizning yozishmalari; Xorazm shohniig xalifa Muqtadirning vaziriga nomasi; el-Arslonning Samarqand xoniga nomasi; Otsizning Janddan O’rta Osiyo ichkarisiga yurishlariga oid hujjatlar; saljuq hukmdorining Bag’dod vaziriga maktubi; Sanjar nomidan elchilik hujjati va boshqa hujjatlar.

  4. An-Nasafiy (XII asr). «Kitob al-qand fi tarixi Samarkand». Bu kitob Osiyo muzeyining qo’lyozmalar fondidan qadimgi Samarqand tarixidan manba sifatida juda qadimiy qimmatli qo’lyozma. Aynan ana shu qo’lyozma Samarqandning ilgari (Afrosiyobdan ham oldin) Navvodon kanali yuqorisida (bu kanal hozir ham bor, u chaqartoshoxur, Darvozai Xo’ja Ahror degan joylardagi er osti bulog’idan boshlanadi) joylashgan o’rni haqida ma`lumotlar beradi.

  5. As-Somoniy (XII asr). «Kitob al-ansob». U Osiyo muzeyi fondidan. Bu asarda Zarafshon, qashqadaryo vodiylari, Samar­qand va Buxoro tumanlaridagi qishloq va joylarning, Samar­qand va Buxorodagi ko’cha va mahallalarning nomlari haqidagi ma`lumotlar, mintaqaning dindor va boshqa taniqli kishilari ro’yxati berilgan.

  6. Imodiddin Isfaxoniy (XII asr). «Xaridat al-qasr va jaridat al-asr». XII asrning eng muhim tarixshunoslik asarlarydan biri. Undan Barakotning «Lam at-tavorix» (unda 500-1106, 1107 yillargacha bo’lgan tarixiy voqealar bayon etilgan. Qo’lyozma hozircha etarli darajada o’rganilmagan) asarining muallifi Haqida mufassal ma`lumotlar topish mumkin. Kotib as-Samarqandiy (XII asr). «A`rad as-siyasa fi ag’rad ar riyasa». Arab tilidagi qo’lyozma. Bartol’d bu asardan Sulton Sanjarning so’zlarini («... xalqni qattiq itoatkor holda ushlash kerak»), qilich Tamg’ochxon davridagi Ayyorbek qo’zg’oloni tafsilotlarini va u bilan xon o’rtasida Mirzacho’ldagi bo’lgan jang tafsilotlarini, Xuroson uchun jang va uning talon-toroj etilishi voqealarini tarjima qilib keltirilgan,

  1. Muhammad Muayyad Bag’dodiy
    Download 66,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish