e-qaror.gov.uz
03.03.2022
1
2022 йил «24» январь
40-9-130-Q/22
Гулистон шаҳар ҳокимлиги
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi “Baliqchilik
tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-83-sonli hamda Sirdaryo viloyati hokimining 2022-yil 21-
yanvardagi
24-9-0-Q/22-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi “Baliqchilik
tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-83-sonli hamda viloyat hokimining 2022-yil 21-yanvardagi 24-9-0-Q/22-sonli
qarorlari ijrosini ta’minlash barobarida shaharda baliqchilik sohasini yanada
rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, eksport salohiyatini
oshirish, mavjud havzalar imkoniyatlaridan
samarali foydalanish, intensiv
texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini ko‘paytirish hamda baliqchilik
xo‘jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida, “Mahalliy
davlat
hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 25-
moddalariga asosan
QAROR QILAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi
“Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-83-sonli hamda viloyat hokimining 2022-yil 21-yanvardagi
24-9-0-Q/22-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Ijrosini ta’minlashda Prezident qarori bilan:
a) Baliqchilik klasterining aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida ishlash
e-qaror.gov.uz
03.03.2022
2
tajribasini (keyingi o‘rinlarda – kooperatsiya) har
bir viloyatda joriy etish
to‘g‘risidagi takliflari maqullanganligi;
bunda, kooperatsiya asosida xonadonlarda baliq yetishtirish quyidagi tartibda
amalga oshirilishi;
b) baliqchilik xo‘jaliklari xonadon egalarini baliq yetishtirish bo‘yicha
o‘qitishni
tashkil etadi, ularga baliq yetishtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-
uskunalar, baliq chavoqlari,
omuxta yem, mineral o‘g‘itlarni yetkazib beradi
hamda ular tomonidan yetishtirilgan baliqni kelishilgan narxlarda sotib olishi;
xonadon egalari o‘z xonadonlarida baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan yetkazib
berilgan mahsulotlardan foydalangan holda intensiv usulda yetishtirilgan baliqlarni
kelishilgan
narxlarda ularga sotilishi;
2022-yil 1-fevraldan boshlab jismoniy shaxslarga o‘zini o‘zi band qilgan shaxs
sifatida o‘z xonadonida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga ruxsat berilganligi
nazarda tutilsin.
3. “Sirdaryobaliqsanoat” hamda shahar hokimining aholi bandligini ta’minlash
va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha yordamchilari va xonadon
egalari bilan hamkorlikda hududlarda kooperatsiya asosida xonadonlarda baliq
yetishtirish bo‘yicha tashabbuskor baliqchilik xo‘jaliklarining ro‘yxatini
shakllantirsin hamda loyihalarni amalga oshirishda yordam berish topshirilsin.
4. 2022-yilda Guliston shahrida baliq yetishtirish prognoz parametrlari 1-
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Guliston shahar aholi bandligiga ko’maklashish markazi (N.Nadjmiddinov)
“Sirdaryobaliqsanoat” (O‘.Raxmatillayev) bilan kelishgan xolda aholi
xonadonlarida baliq yetishtirish yo‘nalishi bo‘yicha baliqchilik xo‘jaliklarining
mas’ul
xodimlari ishtirokida