Ҳужжат матни 407916-(412580)



Download 285,72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.07.2022
Hajmi285,72 Kb.
#827367
Bog'liq
Ҳужжат матни - 407916-(412580)



e-qaror.gov.uz
21.06.2022
1
2022 йил «24» январь
VI-50-6-7-100-K/22
Пайариқ тумани ҳокимлиги
Tuman mahalliy byudjet daromadlarining bajarilishi holati,
qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar,
shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida
byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq
qarzdorligi to‘g‘risida
Tumanda 2021-yil IV choragi davomida mahalliy byudjet daromadlari
bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi, Xalq
deputalari tuman Kengashining 2021-yil II yarim yillik ish rejasi hamda
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
qonunining 24-moddasiga asosan Xalq deputatlari Payariq tuman
Kengashining VI chaqiriq, elliginchi sessiyasi
QAROR QILADI:
1. Tumanda 2021-yil IV choragi davomida mahalliy byudjet
daromadlari bazasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi
to‘g‘risida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Ergashevning
hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (U.Ollanov), tuman moliya
bo‘limi (K.Narimanov), tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
(M.Ergashev)ga:
-soliq maʼmuriyatchiligi vositalari hisob va tushumlarning to‘liqligiga,
shu jumladan soliqlardan bo‘yin tovlagan jismoniy va yuridik shaxslarni
aniqlash va javobgarlikka tortish;


e-qaror.gov.uz
21.06.2022
2
-naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish choralarini ko‘rish hamda yashirin
iqtisodiyotga qarshi kurashishga keng jamoatchilikni, ommaviy axborot
vositalarini jalb qilish;
-jamiyatda yashirin iqtisodiyotga murosasizlik hissini shakllantirish,
legal biznes yuritishning nufuzini oshirish orqali mahalliy byudjet
daromadlari bazasini kengaytirish hisobiga Davlat byudjeti daromadlari
parametrlari so‘zsiz bajarilishini taʼminlash vazifalari yuklansin.
3. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (U.Ollanov), tuman moliya
bo‘limi (K.Narimanov), tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
(M.Ergashev) hamda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi
v.v.b.(M.Umirzoqov)larga:
-tuman mahalliy byudjetining keyingi chorakdagi ijrosi davomida
daromadlar qismini soliq turlari bo‘yicha belgilangan rejalarini oshirib
bajarilishini, xarajatlar qismida nazarda tutilgan byudjet tashkilotlarining
birinchi darajali to‘lovlarini o‘z vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlash;
-korxona va tashkilotlar bilan birgalikda byudjet daromadlarining
tasdiqlangan ko‘rsatkichlari bajarilishini taʼminlasinlar, mintaqalarning soliq
solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi
yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar ko‘rsinlar, byudjet mablag‘laridan maqsadli
foydalanishi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish;
-yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, uy
mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish borasida aholi o‘rtasida
tushuntirish ishlari olib borishni tashkil etishni taʼminlash;
-ishsizlarni ishga joylashtirish bo‘yicha mehnat bozorida, jumladan,
ularni kasbiy qayta o‘qitish va qayta tayyorlash, haq to‘lanadigan jamoat
ishlariga yuborish, shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini o‘tkazish
yo‘li bilan amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish topshirilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman
Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,
investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy
komissiyasi (L.Kazakbayev) hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari


e-qaror.gov.uz
21.06.2022
3
(U.Ollanov) zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Payariq tumani
Kengashi raisi
Ergashev Z. A.

Download 285,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish