Hisobot favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy faoliyat turi bo‘yicha



Download 49.45 Kb.
Sana12.02.2017
Hajmi49.45 Kb.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2016 yil I chorakdagi ASOSIY TADBIRLAR REJASINING BAJARILISHI VA II CHORAKDAGI USTUVOR vazifalari tO‘g‘risida
H I S O B O T
1. Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy faoliyat turi bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2016 yil 5 yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2015 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2016 yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘ida 2016 yilning I-choragi uchun belgilangan barcha tadbirlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi
585-sonli “Toshqin, sel, qor ko‘chishlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish
chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi
13-sonli “2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi va 2014 yil 29 maydagi 135-sonli “Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi qarorlari hamda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining 2016 yil 25 fevraldagi “Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha 2015 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2016 yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli bayoni talablarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

vazirlikning hududiy boshqarmalari, “O‘zgidromet” markazi, Geologiya


va mineral resurslari Davlat qo‘mitasi hamda mahalliy hokimiyatlar xodimlari bilan hamkorlikda suv toshqinlari, sel oqimlari va ko‘chki xavfi mavjud hududlar o‘rganib chiqilib, xavfli hududlarda joylashgan xo‘jaliklar, iqtisodiyot ob’ektlari va boshqa muassasalar haqida ma’lumotlar olinib, hududiy boshqarmalarga tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun yuborildi;

viloyat va tumanlar miqyosida tuzilgan tezkor shtablar faoliyati kuchaytirilib, ular kerakli avtotransport, statsionar va mobil aloqa vositalari hamda etarli miqdorda yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ta’minlandi. Tegishli tashkilotlar rahbarlaridan iborat kechayu-kunduz navbatchilik tashkil etildi. Joylarda tashkil etilgan mexanizatsiyalashgan otryadlar tarkibiga aniqliklar kiritilib, shay holatga keltirildi hamda ular uchun yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining zahiralari yaratildi;

“O‘zgidromet” markazi hamda Geologiya va mineral resurslari Davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan xavfli hududlarda joylashgan xo‘jaliklarga ogohnoma va ko‘rsatmalar berilishi tashkil etilib, respublika bo‘yicha ko‘chirilishi lozim bo‘lgan 41 ta xo‘jaliklardan (251 nafar aholi) real xavf mavjud bo‘lgan 3 ta xo‘jalik (19 nafar aholi) xavfsiz hududlarga ko‘chirildi;

xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan aholi turar joylarida sanitariya-gigiena va epidemiologik barqarorlikni hamda xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borildi;

tibbiy yordam muassasalarida qo‘shimcha joylar tayyorlanib, zarur miqdordagi asbob-anjom, sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi vositalari bilan ta’minlandi va dori-darmon zahiralari yaratildi;

vaqtinchalik xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan aholini alohida ko‘rsatma bo‘lmagunga qadar doimiy yashash joylariga qaytib kelishlarini oldini olish va xavfli hududlardagi vaziyatni nazorat qilish maqsadida, respublika bo‘yicha jami 51 ta nazorat-kuzatuv postlari tashkil etilib, zaruriy aloqa vositalari bilan ta’minlandi;

suv xo‘jaligi ob’ektlari va boshqarmalarida rahbar xodimlardan iborat kechayu-kunduz navbatchilik tashkil etildi;

respublikaning (Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlari) tog‘li hududlaridagi qor zahiralarini va baland tog‘li ko‘llarning holatini baholash hamda qor ko‘chkisi va sel xavfi mavjud hududlarni aniqlash maqsadida, «SAR» (MI- 8-MTV) Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zgidromet” markazi va Davlat xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan 3 marotaba aerovizual kuzatuv ishlari amalga oshirildi;

Toshkent viloyatida gidrometeorologik va geologik xavfli jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlar hamda gidrotexnik inshootlarining doimiy ravishda bahor-yoz mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sel va suv toshqinini qabul qilish va betalofat o‘tkazishga tayyorligi birma-bir o‘rganib chiqildi;

“O‘zgidromet” markazining xabarnomasiga muvofiq, joriy yilning


28-31 mart kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchiliklarni betalofat o‘tkazish maqsadida, joylarda profilaktika va himoya chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xususan, sel, toshqinlar va ko‘chki xavfi mavjud hududlardan aholini ko‘chirilishini tashkil etish;

vaqtincha ko‘chirilgan aholini muddatidan oldin xavfli hududlarga qo‘ymaslik maqsadida muvaqqat kuzatuv postlarini va ogohlantiruvchi belgilarni qo‘yish;

joylarda kuchli yog‘ingarchiliklarning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan ishchi kuchi, mashina-mexanizmlar tayyor holda bo‘lishini ta’minlash;

viloyat ichki xabar berish vositalarining texnik sozligi, shuningdek xizmatlar o‘rtasida doimiy aloqa va axborot almashinuvini ta’minlash;

viloyat hududida xavfli uchastkalarda va suv xo‘jaligi ob’ektlarida rahbar xodimlarning tunu-kun navbatchiligini tashkil qilish.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatiga alohida e’tibor qaratilib, viloyatning barcha tumanlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligining xodimlari biriktirildi. Ular tomonidan viloyatdagi mavjud xavfli uchastkalari birma-bir o‘rganib chiqilmoqda hamda profilaktika va himoya chora-tadbirlari tashkillashtirilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari va “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan 21 ta suv omborlarining mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganib chiqildi.

Joriy yilda daryo, soylar o‘zanlari va qig‘oqlarida hamda gidrotexnika inshootlarida muxandislik-texnik va boshqa ximoya tadbirlarini amalga oshirish uchun Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi majlisining bayoni bilan
175 ta ob’ektga 50,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutildi. (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli 138 ta ob’ektlarga 27,5 mlrd. so‘m, 9 ta viloyatlar hokimliklari balansidagi 37 ta ob’ektlarga 22,9 mlrd. so‘m).

Shuningdek, “O‘zavtoyo‘l” AK, O‘ztransgaz” AK va “O‘zbekenergo” AJ ning tasarrufidagi ob’ektlarni sel, suv toshqinidan himoya qilish uchun o‘z mablag‘lari hisobidan jami 17,5 mlrd so‘m yo‘naltirilishi belgilangan (“O‘zavtoyo‘l” AK - 20 ta ob’ekt, 17,4 mlrd so‘m, “O‘ztransgaz” AK - 2 ta ob’ekt, 6,9 mln so‘m va “O‘zbekenergo” AJ - 1 ta ob’ekt, 162,5 mln so‘m).

Bugungi kunda mazkur ob’ektlarda muxandislik-texnik tadbirlarini olib borish uchun loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va pudratchi tashkilotlarni aniqlash uchun tender savdolarini o‘tkazish ishlari boshlab yuborilgan.

Xalqaro ahamiyatdagi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida transport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatlanishini ta’minlash yuzasidan Hukumat topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, doimiy ravishda tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruh bilan hamkorlikda “Qamchiq” dovonida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan muhofaza tadbirlari, shuningdek korxona hamda tashkilotlar kuch va vositalarining tayyorgarlik holati tekshirilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. “Qamchiq” dovonida Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari, Toshkent va Namangan viloyat hokimliklari, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar mutaxassislaridan iborat shtab tashkil etildi. A-373 “Toshkent-O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida avtotransport va aholining uzluksiz harakatini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda “O‘zavtoyo‘l” DAK xodimlari


va texnikalaridan iborat 15 ta nazorat kuzatuv postlari hamda mexanizatsiyalashgan guruhlar tashkil etilib, tunu-kun navbatchilik olib borilmoqda.

Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan respublika hududida joylashgan 52 ta o‘ta muhim, toifalangan va yong‘in-portlash xavfi mavjud ob’ektlarning fuqaro muhofazasi holati bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Respublika Idoralararo komissiyasining ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning
22-24 fevral kunlari “Respublika teleradiomarkazi” DUK “Nukus teleradiomarkazi” va Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi, 25-27 fevral kunlari Buxoro va Navoiy viloyatlari teleradiokompaniyalari, 29 fevral kuni Sirdaryo viloyati hokimligining “Guliston suv yig‘ish inshooti”, 1-3 mart kunlari Jizzax va Samarqand viloyat teleradiokompaniyalari, 4-5 mart kunlari Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi, 7-9 mart kunlari Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi va “Suvoqava” UK
3-ko‘tarma nasos stansiyasi, 10-11 mart kunlari Andijon viloyat teleradiokompaniyasi va “Kampirrovot suv yig‘ish inshooti”, 12-14 mart Namangan va Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyalari, 15-17 mart kunlari Toshkent shahri hududidagi Toshkent telemarkazi, Toshkent radioeshittirish uyi hamda 22-26 mart kunlari Toshkent shahar hokimligiga qarashli “Bo‘z-suv” va “Qodiriya” bosh suv inshootlari, “Janubiy” va “Qibray” suv inshootlari hamda “Mirzo Ulug‘bek suv taqsimlash uzeli”ning jami
21 ta
toifalangan ob’ektlarning fuqaro muhofazasi, qo‘riqlanishi va yong‘in xavfsizligi holati respublika ishchi guruhi tarkibida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Sog‘likni saqlash vazirligi va “Uztransgaz” AK xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida, MXX DCHQQda, Ichki ishlar va Adliya vazirligiga tegishli Sud departamentida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklarida, Davlat Bojxona, Davlat Soliq va O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat Qo‘mitalarida, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘zRMTRKda, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta va “Uztransgaz” AKlarda, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyalarida, “Uzarxiv” agentligida, “O‘zkimyosanoat” AJda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zgidromet” markazida hamda Toshkent ashxar Olmazor tumani “Xoncharbog‘” MFYda is gazidan va botulizmdan zaharlanish va qutirish kasalligining oldini olish bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi.

Favqulodda vaziyatlar Vazirining 2016 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 yanvar kunidagi yangi tahrirdagi veterinariya to‘g‘risidagi qonunning ijrosini ta’minlash bo‘yicha 01-03/1-874-sonli topshirig‘ini rahbarlik va ijro uchun qabul qilish to‘g‘risida”gi 34-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi va ijro uchun hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015 yil


28 sentyabrda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro tibbiy sanitariya qoidalarini (XTSQ - 2005) joriy etish bo‘yicha 2015-2016 yillariga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasi” 6-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent Xalqaro aeroporti va “Keles” temir yo‘l stansiyasi Sanitariya-karantin punktlari faoliyati ishchi guruhi tarkibida o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan 2015 yil 28 sentyabrdagi 14/10-4139-sonli Rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan FVVning 2016 yil 30 yanvardagi D-4-sonli “Respublika hududiga kirish-chiqishni nazorat qiluvchi punktlarda maxsus-taktik o‘quv mashqlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ko‘rsatma”si ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 11-27 fevral kunlari davomida FVDqTning barcha tegishli xizmatlarini jalb etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan barcha chegara bojxona komplekslarida respublika hududiga kirish-chiqishni nazorat qiluvchi punktlarida “Xalqaro ahamiyatga ega yuqumli kasalliklarning kirib kelishi xavfi tug‘ilganda tegishli xizmatlar va idoralarga hamda rahbarlarga axborot etkazish, yuzaga kelgan xavfni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda harakatlanish” mavzusida, jami 13 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

16-19 fevral kunlari Qoraqalpog‘istan Respublikasida hamda 23-26 mart kunlari Andijon viloyati hududlarida joylashgan mavjud kimyoviy xavfli ob’ektlarning fuqaro muhofazasi holati o‘rganib chiqilib, umumlashtirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

“Respublika Ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” AJ va “Respublika ixtisoslashtirilgan fizoateriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaz”lari FVVning 2016 yil 12 mart kuni tasdiqlagan “Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika miqyosidagi (Toshkent shahar) davolash-profilaktika muassasalarining Fuqaro muhofazasi va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holatini tekshirish va uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha reja-topshirig‘i”ga asosan tekshirildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.

“Angren-Pop” yangi elektrlashgan temir yo‘lining “Qamchiq” davoni orqali o‘tish tonellari qurilishi jarayonida atrof tabiiy muhitga ta’siri tegishli vazirlik va idoralarning mutaxasislari ishtirokida o‘rganib chiqildi.

Respublikamiz hududidan xavfli tranzit yuklar va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning tranzit tashuvini nazorat qilish va tranzit xavfli yuklarni olib o‘tilishi yuzasidan belgilangan tartibda Mudofaa vazirligiga 12 ta xulosa hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga 2 ta ko‘rsatmalar yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 iyuldagi 208-sonli Qarori va 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan hamkorlikda 2016 yil 19 fevralda imzolangan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublarini tuzish va mazkur klublar o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorni vazirlik tizimida ijrosini ta’minlash uchun Favququlodda vaziyatlar vazirining 2016 yil 23 mart kunidagi 102-sonli buyrug‘i imzolandi hamda ijrosini to‘laqonli ta’minlash maqsadida hududiy boshqarmalarga ijro uchun yuborildi.

Joriy yilning 17 fevral kuni Toshkent shahrida “YOsh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klubini tashkil etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda 200 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri-Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2016 yil 5 yanvardagi 1-sonli buyrug‘i va Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosarining 2016 yil 25 yanvardagi 17-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi, Xalq ta’limi boshqarmalari va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati hududiy tizimlarining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 10 fevralidan 15 martiga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida shahar va tuman bosqichi musobaqalari o‘tkazildi. “YOsh qutqaruvchi” musobaqasining 2015-2016 o‘quv yilidagi umumta’lim maktablari o‘rtasidagi shahar tuman bosqichlarida jami 976 ta umumta’lim maktablaridan 7806 nafar, 568 ta o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalardan 4682 nafar o‘quvchilar jalb etildi.

2016 yil 1-15 mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar


va Toshkent shahridagi umumiy o‘rta, maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida “YOsh qutqaruvchi” ko‘ngilli klublarini tashkil etish mavzusida seminarlar o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan seminarlarga shahar va tumanlaridagi maktab, kollej va Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati vakillari qatnashib, “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngilli klublarini tashkil etish, musobaqaga tayyorlash va klublar o‘rtasida uch bosqichli musobaqalar o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha tushinchaga ega bo‘lishdi. Seminarlarda jami 3374 nafar tinglovchilar ishtirok etishdi.

2016 yil 1-choragi davomida viloyatlardagi iqtisodiyot ob’ektlarda FM tuzilmalari shahodatlashdan o‘tkazildi. SHahodatlashga 658 ta ob’ektlarning 8826 nafar FM tuzilmalarining qutqaruvchilari jalb etildi.

FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari, kuch va vositalarining tayyorgarligini oshirish maqsadida, respublika viloyatlarida jami 7 ta qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari va iqtisodiyot ob’ektlarida jami 64 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilib, asosiy e’tibor o‘quv mashqlarining o‘tkazilish sifati va rahbar xodimlarning ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratildi. O‘quv mashqlarida jami 103924 kishi o‘qitilib, 1461 ta maxsus texnikalar jalb etildi.

Vazirlik hududiy boshqarmalarining Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari tomonidan joylarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish borasida korxonalar, tashkilotlar, o‘quv ta’lim muassasalarda, shuningdek mahallalarda ish bilan band bo‘lmagan aholi o‘rtasida jami 1952 marotaba suhbatlar o‘tkazilib, mazkur suhbatlarda jami 87935 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.

Fuqaro muhofazasi institutida 2016 yil I chorak mobaynida 393 nafar, hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari tomonidan 8597 nafar turli toifadagi rahbarlar qayta tayyorgarlikdan o‘tkazildi.

Aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan


muhofaza qilish hamda xavfsizlikni ta’minlash borasidagi profilaktik chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot etish maqsadida, respublikada nashr etilayotgan gazeta va jurnallarda 247 ta maqolalar chop etilib, radioda 317 ta va televidenie orqali 571 ta chiqishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning I choragi mobaynida hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining Avariya-qutqaruv otryadlari tomonidan aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha jami 953 ta chiqishlar amalga oshirilib, fuqarolarga yaqindan yordam ko‘rsatildi.

Vazirlik Fuqaro muhofazasi instituti qoshidagi Qutqaruvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish markazida harbiy xizmatchilarni hamda qutqaruvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan bo‘lib, 2016 yil I chorak mobaynida jami 17 nafar harbiy xizmatchi va 34 nafar qutqaruvchilar sohaviy yo‘nalish bo‘yicha qayta tayyorlash kursida o‘qitildi.

Respublikadagi uyali telefon operatorlari orqali aholini ob-havoning keskin o‘zgarishi va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi ehtimoli to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor etish maqsadida 49 ta SMS xabarlari yuborildi.

2016 yil I chorak mobaynida vazirlikka fuqarolardan 64 ta ariza
va shikoyatlar kelib tushgan bo‘lib, barchasiga qonunda belgilangan muddatlarda chora-tadbirlar amalga oshirilib, ariza mualliflariga javob xatlari yuborildi.

Respublikamizda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat teleradiokanallar, gazeta va jurnallar vakillarini jalb qilgan holda, vazirlik faoliyatiga tegishli bo‘lgan dolzarb masalalar yuzasidan 1 marotaba matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tahlillar natijasiga ko‘ra, 2016 yil I chorak mobaynida respublika hududida 26 ta favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lib (2015 yil I chorak mobaynida 37 ta), o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,7 %ga kamaygan. Ulardan 12 tasi texnogen, 14 tasi tabiiy xususiyatdagidir.

Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jami 37 nafar kishi jabrlangan (2015 yil I chorak mobaynida 57 nafar kishi), o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35,1%ga kamaygan, xalok bo‘lganlar 48 nafar kishi (2015 yil I chorak mobaynida 63 nafar kishi), o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 23,8%ga kamaygan.

Favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishiga asosan iqtisodiyot ob’ektlaridagi texnologik asbob-uskunalarning eskirganligi, yo‘l transport vositalarini boshqarishda, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik hamda aholining sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilmasliklari sabab bo‘lmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 18 ta xalqaro anjumanlarda ishtirok etishdi, (shundan 3 tasi chet elda) Xalqaro anjumanlarda ishtirok etgan vazirlik xodimlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi chet el mamlakatlari tajribalarini tizimimiz faoliyatiga tadbiq etishni ta’minladilar.



2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil yakunlari
va 2016 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasining majlisida so‘zlagan nutqida vazirlik (xo‘jalik birlashmasi) oldiga qo‘yilgan vazifalar va berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil


15 yanvardagi “2015 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi 1-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirining 2016 yil 1 fevraldagi 36-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi va ijro uchun joylarga etkazildi.

Jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan tendensiyalardan, shuningdek mamlakatni istiqbolli iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqqan holda 2016 yildagi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalari ijrosini ta’minlash yuzasidan Hukumat topshiriqlarini o‘z vaqtida to‘liq va sifatli bajarish, iqtisodiyot ob’ektlarini barqaror ishlashini ta’minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, mamlakatimiz rivojlanishi hamda halqimiz osoyishtaligi yo‘lida vazirlik tomonidan Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari bilan hamkorlikda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, jumladan:

2016 yilning I choragi mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari etib, sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, shuningdek Hukumat qarorlari hamda qishloq xo‘jaligi masalalari bilan bog‘liq Hukumat topshiriqlarining talablarini bajarish, respublika aholisi va hududlarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ular sodir bo‘lganda FVDTning hududiy va funksional quyi tizimi boshqaruv organlarining hamkorlikda faoliyat yuritishini takomillashtirish, kuch va vositalarining tayyorgarligini oshirish, o‘ta muhim toifalangan kimyoviy, yong‘in-portlash potensial xavfli iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda ushbu xavfli ob’ektlar atrofida istiqomat qiluvchi, ayniqsa mehnatga jalb etilmagan aholini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishga qaratildi.

3. FVV faoliyati yoki unga yuklatilgan vazifalar bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqaro muhofazasi tuzilmalari tashkil etiladigan tashkilotlarni belgilash tartibi to‘g‘risida”gi nizomi loyihasi tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Qaror loyihasidagi barcha chizmalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan namunalar bo‘yicha qayta ishlab chiqildi. Adliya vazirligi bilan qayta kelishi uchun tayyorlandi. Ekspertiza bayonomasi rasmiylashtirildi va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi. Qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 iyundagi
933-xfu-sonli ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasini tashkil qilish to‘g‘risidagi” qaror loyihasi va “O‘zbekiston Respublikasi cho‘milish havzalarida dam oluvchilarni xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”, Vazirlar Mahkamasining qaror loyihalari ishlab chiqilib, tasdiqlatish uchun yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz boshqariladigan aviatsiyani qo‘llanish faoliyatini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.



4. Investitsiya dasturi ijrosi bo‘yicha:

2016 yilga mo‘ljallangan kapital qurilish ishlari bo‘yicha Manzilli dastur O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlandi. Manzilli dasturga quyidagi ob’ektlar kiritildi:

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi avtotexnikalarini saqlash uchun muhandislik tarmoqlari bilan birga bokslar qurish ishlari olib borilmoqda;

Buxoro shahar T.Farog‘iy ko‘chasida joylashgan Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi, avariya qutqaruv guruhi va injenerlik tarmoqlariga ega turar joy binosini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda;

Toshkent shahri Yunusobod tumani, Qoraqamish ko‘chasi 2-uy manzilida joylashgan profilaktoriy binosini turar-joy binosiga moslab rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda;

Termiz shaxrida joylashgan Surxondaryo viloyati FVB Axoli va raxbarlar tarkibini tayyorlash markazi ma’muriy binosini qurish ishlari olib borilmoqda;

Toshkent shahar Yashnobod tumani, Tuzel-1 mavzesida joylashgan poliklinika binosini injenerlik tarmoqlariga ega uy-joy sifatida rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlar FVBga optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.



2016 yil I chorak mobaynida o‘z echimini topmagan masalalar

Amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda 2016 yilning 1-choragi mobaynida o‘z echimini topmagan masalalar ham mavjud:

Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalarining tegishli xizmatlari bilan chegara hududlarida mavjud bo‘lgan, ya’ni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan transchegara favqulodda vaziyatlar (yorilishi mumkin bo‘lgan damba, suv toshqini xavfi mavjud bo‘lgan daryo va soylar hamda kimyoviy va radioaktiv xavfi mavjud bo‘lgan chiqindi saqlanadigan joylar)ni o‘rganib chiqish masalalari kelishilmagan holda qolmoqda;

Respublika hududidagi mavjud gidrotexnik va himoya inshootlarni (kanallar, selxona, sel yo‘llari, damba, travers, shpora va banketlar) tozalash, tiklash va ta’mirlash hamda daryo va soylarning o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari etarlicha olib borilmayapti.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2004 yil 21 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi xabar berish tizimi ish faoliyatini tashkillashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish haqida”gi 3-sonli buyrug‘ining 19-bandi asosida xabar berish tizimini qurish loyihasiga asosan viloyatlar hududida o‘rnatilgan elektrosirenalarning saqlanishiga ob’ekt rahbarlari javobgar etib belgilanishiga qaramasdan, ayrim rahbar xodimlar tomonidan mazkur buyruq talablarini bajarishga etarlicha e’tibor berilmayapti.

2016 yil II-chorakdagi ustuvor vazifalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi


“Toshqin, sel, qor ko‘chishlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-sonli Qarori hamda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi yig‘ilish bayonnomalari talablarini bajarish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 iyuldagi 208-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks Dasturi” talablarini bajarish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 242-sonli qarori talablarini bajarish;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 9 iyuldagi “Qutqaruv xizmati, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish, qutqaruv xizmati va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi Nizomi” hamda “Qutqaruvchining ish vaqti (xizmatni o‘tash) rejimini belgilash va ularning mehnatiga haq to‘lash qoidalari to‘g‘risida”gi 184-sonli qarori talablarini bajarish;

Xalqaro ahamiyatdagi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida transport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatlanishini ta’minlash yuzasidan Hukumat topshiriqlarini bajarish;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri-Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining


2016 yil 5 yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2015 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2016 yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘i talablarini bajarish;

Chet el mamlakatlari, jumladan Yaponiya va Rossiya davlatlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi tajribalarini chuqur o‘rganib, tahlil qilib vazirlik tizimiga tadbiq etish;



O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, yangi qabul qilingan Qonunlarni hayotga tadbiq etish mexanizmlarini yaratish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa