Қуйидаги саволларга жавоб ёзинг Саволлар Экология ва cоғлом турмуш тарзи бу



Download 15,86 Kb.
bet1/3
Sana28.07.2021
Hajmi15,86 Kb.
#131087
  1   2   3
Bog'liq
2 5411628650879519997




Қуйидаги саволларга жавоб ёзинг.........

Саволлар

1.Экология ва cоғлом турмуш тарзи бу .......

2.Атроф – муҳитнинг ифлосланиши ва унинг салбий оқибатлари

3.Атроф – муҳит муҳофазаси

4.Атроф – муҳитнинг инсон саломатлигига таъсири

JAVOBLAR

1.Turmush tarzida har bir xalqning uzoq asrlar davomida yaratgan ma’naviy va moddiy boyliklari, atrof - muhit, tabiat va jamiyat, kelajak haqida tasavvurlari, milliy-etnik belgilari, mentaliteti, urf-odatlari, an’analari hamda yashash usuli aks etadi. Ozbeklar yashash tarzida azaldan soglomlashtirish, salomatlikni asrash tafakkuri mavjud bolgan hamda mazkur bilim va malakalar tizimi farzandlar tarbiyasida keng qollanilgan.

Turmush tarzi- bu insonning ma’lum maqsad asosida o’zining yashashi, hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan turmush sharoitlarini o’zlashtirish usuli.Sog’lom turmush tarzi deganda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:

-faol jismoniy harakatqilish, chiniqish jismoniy tarbya va sport bilan shug’ullanish

-kun tartibini oqilona rejalashtirish va unga doimo amal qilish; jismonan va ruhan toliqishga yo’l qo’ymaslik; aqliy va jismoniy mehnatni gigiyenik talablar asosida to’g’ri rejalashtirish;

-to’g’ri va sifatli ovqatlanish;

-shaxsiy va umumiy gigiyena talablariga rioya qilish;

-atrof-muhitni muhofaza qilish,ekologik madaniyatga erishish;

-yuqumli kasalliklar, jarohatlanish va baxtsiz hodisalarning ro’y berishini oldini olish;

-to’g’ri jinsiy tarbiya olish;

-psixogigiyena talablariga amal qilsh;

-zararli odatlarga berilmaslik

Yuqoridagi mezonlarga asoslanib quyidagi to’xtamga kelish mumkin: sog’lom turmush tarzi – bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko’nikmalarga ega bo’lish asosida hayotiy faoliyatni yo’lga qo’yish hamda salomatligini yuqori darajada bo’lishiga erishishni ta’minlovchi ijtimoiy hodisadir.

Respublikada amalga oshirilayotgan tub islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat ko'rsatish sharoitlarini yaratishdir.

2.  Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o‘ynaydi.

  Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yol bilan - chaqmoq chaqish, o‘t-o‘lanlar va o‘rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (osimlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-tozonlarni havoga chiqarib yuboradi. 

  Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida suniy omillar (antropogen jarayon) eng kop qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3 qismi uning hissasiga togri keladi.

  Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining osimlik va hayvonot dunyosi, kop asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar kormoqda. Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza boladi” degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat meyorida bolsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is (CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli osimliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar songgi davrlarda shu darajada meyoridan oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat ozini-ozi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bolib bormoqda. 

 Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini ozlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xojaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli metallar va ularning birikmalari, mineral ogitlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo'lgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib kelmoqda.

  Gidrosfera (daryolar, kollar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xojaligi va uy-rozgor, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qoshilishi natijasida ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda. Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar boylab oquvchi Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolarning havzalarida kuzatilmoqda. 

 Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan qoshilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bolmoqda. Hozirgi vaqtda Orta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qoltiqlari eng kop isloflangan. 

Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari tufayli ifloslanmoqda. 

  Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3  qismi neft pardasi bilan qoplanganganligini korsatmoqda. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh nurlarini qabul qilib olishiga tosqinlik qiladi, suvning buglanishini va kislorod bilan toyinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng kop iflos ifloslangan.  

 Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yonginlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO2) salmogining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritondan: "Dahshatli termoyadro qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yoq qilib yuborish xavfini tugdirmaydimi?” – deb soraganlarida, u: "Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro qurollari emas, balki "issiqxona samarasi” katta xavf tugdiradi, yani iqlimning global miqyosda isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talafot xavfini keltiradi”, - deb javob bergandi. 

 Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, qorgoshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. Oz navbatida, bu iqlimning ozgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland toglardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin. 

  Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qoymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora kop chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi” deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash hududlari, songgi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi. 

  Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat ortasidagi munosabatlarning buzila borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan bogliq. Demak, insoniyat oldida tabiatga "Siz” deb munosabatda bolish vazifasi turadi. 

  Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yollarini izlash va bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi. 

  Atrof-muhitni himoya qilishning qator samarali yollari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi – atrof-muhitni ifloslaydigan korxonalarda bunga yol bermaslik choralarini korishdir. Buning uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilgilarni ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yollardan foydalanish lozim. 

  Ikkinchi yo'l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir. 

  Uchinchi yo'l – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng ko`p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza-qogoz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. Songgi davrlarda dunyoning kopchilik yetakchi induatrial mamlakatlarida bunday "iflos” ishlab chiqarish tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam ozlashtirilgan kimsasiz hududlarda joylashtirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik yillarida Ozbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi. Songgi yillarda bunyod etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qongirot soda va Shortan gaz-kimyo sanoat markazlari keng yaydoq chol hududlarida joylashtirildi. Bu holat ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi. 

  Ekologik siyosat. Tabiiy resurslardan xojasizlarcha foydalanish, atrof-muhitning ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora betoblik girdobiga boshlamoqda. Bu, oz navbatida, jamiyat oldiga qarshi choralarni korishdek murakkab vazifalarni qoymoqda. 

  Ekologik siyosat – ekologiya fani talab va tavsiyalarini hosibga olgan holda, bizni orab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni soglomlashtirishga, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar majmuasidir. Odatda, bunday siyosat davlat, regional va global doirada olib borilishi mumkin va ozida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari (qonunlar)ni yaratish va ularga amal qilishni kozda tutadi. 

  Keyingi on yilda AQSH, Yaponiya, qator Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlari, ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar murakkab ekologik holatni soglomlashtirishga qaratilgan zaruriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdilar, qonunlar qabul qildilar va amaliyotda qollay boshladilar. 

 Ularda ekologiyani sog'lomlashtirishga bel boglagan xalq harakati va partiyalar (masalan, "Yashillar”, "Grinpis” va boshqalar) faol ish olib bora boshladi. Natijada, otgan 80-yillar monaynida, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitning ifloslanish darajasi sekin-asta pasayib bordi. Bu ijobiy holatni aynan ana shunday harakatlarning natijasi, deb baholamoq kerak.

 Shunga qaramay, kopchilik mamlakatlarda ekologik vaziyat hamon keskinligicha qolmoqda. Keng doirada amaliy natijalarga erishish uchun butun jahon doirasida kuchlarni birlashtirish zaruriyati mavjud. Shu maqsadda 1972-yilda Stokgolmda, 1975-yilda Xelsinkida, 1992-yilda Rio-de-Janeyroda, 1998-yilda Kiotoda atrof-muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro anjumanlar bolib otdi va ularda muhim qarorlar qabul qilindi. 

 Muhim tomoni shunchaki, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiyani soglomlashtirish muammolarini hal qilishda BMT va uning koplab bolimlari faol ish olib bormoqda. Jumladan, BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi (YUNEP) dir. Bu dastur atrofida shakllangan rasmiy idoralar turli mamlakatlarda bu sohada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib turadi, mamlakatlarda toplangan tajribalarni umumlashtiradi, istiqbolli ishlarni qollab-quvvatlaydi. YUNEPning bosh irodasi Nayrobi (Keniya) shahrida joylashgan. 

  Atrof-muhitni soglomlashtirishda, ekologik muammolarni ijodiy hal qilishda jamoatchilikning ham katta xizmat qilishi kutiladi. Aynan shu maqsadda Ozbekistonda jamoatchilik asosida "Ekosan” harakati tashkil topdi. U nafaqat Ozbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida tabiatni muhofaza qilish, aholi yashash muhitini soglomlashtirish yo`lida harakat qilmoqda.



3.Tabiat o ‘ziga xos murakkab tizim bo‘lib, inson va jamiyat uning hosilasidir. U tabiat evaziga mavjud va rivojlanadi. Inson o ‘z ehtiyojlarini tabiat hisobiga qondiradi. U tabiatdan havo, suv, oziqovqat, mineral va yonilg‘i xomashyolarini oladi va o‘zining hayot faoliyati davomida tabiatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Natijada tabiat uchun yod bo‘lgan yangi obyektlar vujudga keladi.

Bular: shahar va qishloqlar, zavod va fabrikalar, yo‘llar, konlar, suv omborlari, qishloq xo‘jalik yerlari va boshqalardir. Inson aql-idroki va mehnati tufayli yuzaga kelgan bunday antropogen landshaftlar atrof tabiiy muhitiga o ‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yer yuzida aholi sonining keskin o ‘sib borishi, fan va texnikaning shiddatli taraqqiyoti, mamlakatlar hududida tabiiy resurslarning bir tekis tarqalmaganligi mavjud tabiiy resurslardan imkon qadar ko‘proq foydalanish va shu yo‘l bilan jamiyat taraqqiyotini tezlatishni taqozo qiladi. Natijada tabiat va inson o’rtasidagi o ‘zaro munosabat qonunlari buziladi. Bu qonunlarning buzilishi esa ertami-kechmi ekologik inqirozga olib keladi.

Hozirgi kunga kelib, butun dunyodagi ekologik holat ko‘pchilikni birdek bezovta qilmoqda. Ekologik halokat ko‘z o‘ngimizda dahshatli tus olmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish va mavjud tabiiy resurslardan samaraii foydalanish masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi ekologik inqirozning sababchisi va o‘z aqli zakovati bilan shu inqirozdan xoli etuvchisi ham Inson ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanish ko‘p jihatdan insonlar qaysi jamiyatda yashashlaridan qat’i nazar insonlaming ekologik savodxonlik darajasiga va ekologik madaniyatiga bog’liq. Mustaqil respublikamizdagi ekologik muammolarni hal qilish uchun aholining ekologik savodxonligini oshirish eng ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

4.Atrof-muhitning antropogen omil ta'sirida ifloslanishi bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu o'z navbatida inson organizmiga salbiy ta'sir qiladi. Hozirgi kunda tobora avj olib borayotgan ifloslanishlar butun dunyoda har-xil kasalliklarni keltirib chiqarishda asosiy omil bo'lib qolmoqda.


Download 15,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish