5) Gipogalogen kislotalarning birikishi(gipogalogenlash). Gipogalogenlash alkenga galogenning suvli eritmasini ta’sir ettirib, amalga oshiriladi.
Qaytarilish reaksiyalari. Alkenlar platina, palladiy yoki nikel katalizatorlari ishtirokida vodorodni biriktirib, alkanlar hosil qiladi.
Alkenlarni palladiy va platina katalizatorligida gidrogenlash uy haroratida olib boriladi, nikel ishtirokida esa qizdirib amalga oshiriladi.
Sanoatda hozirgi vaqtda alkenlarning gidrogenlash reaksiyalari 150-3000C haroratda maydalangan nikel ishtirokida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |