Siqilgan gazning asosiy tarkibiy qismi boʻlgan metanni suyuq holatga oʻtkazish uchun - 82°C harorat talab etiladi. Atmosfera bosimida esa metan - 161°C haroratda ham suyuq holatga oʻtadi. - 82°C haroratdan yuqori boʻlganda har qanday yuqori bosimda ham metan suyuq holatga oʻtmaydi. Gazlarni qayta ishlashning mohiyati shundaki, ularni tarkibidan nordon komponentlar va namlikni yoʻqotish, soʻngra bu gazlardan I va II guruh uglevodorodlarini ajratishdan iboratdir. Siqilgan gazning asosiy tarkibiy qismi boʻlgan metanni suyuq holatga oʻtkazish uchun - 82°C harorat talab etiladi. Atmosfera bosimida esa metan - 161°C haroratda ham suyuq holatga oʻtadi. - 82°C haroratdan yuqori boʻlganda har qanday yuqori bosimda ham metan suyuq holatga oʻtmaydi. Gazlarni qayta ishlashning mohiyati shundaki, ularni tarkibidan nordon komponentlar va namlikni yoʻqotish, soʻngra bu gazlardan I va II guruh uglevodorodlarini ajratishdan iboratdir. Ma`lumki uglevodorod gazlari kelib chiqishiga koʻra ularni uch guruhga boʻlish mumkin: 1. Tabiiy gazlar, mustaqil hosil boʻlgan boʻlib tarkibida juda oz miqdorda suyuq uglevodorod saqlagan gazlar; 2. Yoʻldosh gazlar, neft bilan birgalikda chiquvchi gazlar; 3. Zavod gazlari, neftni qayta ishlashdagi destruktiv jarayonlarda hosil boʻladigan gazlar. Tabiiy gazlardan sanoat korxonalari va aholi turar joylarida yoqilgʻi sifatida keng foydalaniladi, bundan tashqari kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Bu mahsulotlar asosan vodorod, acetilen, formal’degid, xloroform Н2, С2Н2, СН2О, СНСl3 va boshqalar. Yoʻldosh gazlar kommunal ehtiyojlar va avtotransportlarda yoqilgʻi uchun qoʻllaniladi, shuningdek, piroliz jarayonlari uchun xom ashyo sifatida ham foydalaniladi. Neft xom ashyolarini qayta ishlashda har bir destruktiv jarayonlardan zavod gazlari hosil boʻladi. Zavod gazlari uglevodorod tarkibiga koʻra bir - biridan farqlanadi. Termik kreking gazlari tarkibida metan va boshqa miqdorda toʻyinmagan uglevodorodlarga boy boʻladi. Katalitik kreking gazlarida butanlar va butilenlar miqdori koʻpligi bilan xarakterlanadi. Tabiiy gazlarni qazib chiqarish va qayta ishlashda doimo gaz gidratlari hosil boʻladi. Gidrat hosil qiluvchi komponentlar asosan tabiiy gaz tarkibidagi yengil uglevodorodlar – metan, etan, propan, izobutan, shuningdek, azot, uglerod ikki oksidi va vodorod sulfid hisoblanadi Gidratlar koʻrishini – oq kristal moddalar boʻlib, hosil boʻlish sharoitiga koʻra muz yoki zichlashtirilgan qorga oʻxshaydi. Uglevodorodli gaz gidratlarida suvli kristall panjara katta qismi suyuq propan va izobutan toʻla boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |