732
UGLEVODLAR
Monosaxaridlar.
Biz oddiy deb bilgan yashil
barglarda ikki elementar
birikmalar – uglerod dioksid va suv ta’sirlashib shakarsimon moddalardan biri (+)-
glyukoza hosil bo’ladi. Bu jarayon fotosintez nomi bilan ma’lum bo’lib, uning
amlaga oshishi uchun katalizator talab etiladi va bu vazifani yashil bo’yoq –
xlorofill
bajaradi, reaktsiyaning energiya manbai yorug’lik yoki quyosh nuri
xizmat qiladi. Minglab (+)-glyukoza
molekulalari yirik, murakkab molekulaga
birlashib, o’simliklarning asosiy qurilish materiali bo’lgan – sellyulozani hosil
qiladi. (+)-Glyukoza molekulalarining bog’lanish tartibi o’zgarishi,
kraxmal
molekulalarining hosil bo’lishiga olib keladi
va bu mahsulot don-dunlarning,
o’simlik urug’ining asosini tashkil etishi barchaga ma’lum.
1
Xayvonlar tomonidan kraxmalning istemol qilinishi, ularning yana (+)-
glyukoza hosil qilib parchalanishiga olib keladi. (+)-Glyukoza hayvon organizmida
qon oqimi bilan jigarga o’tib, glikogen yoki xayvon kraxmaliga aylanadi;
zarur
bo’lganda glikogen yana (+)-glyukozaga o’tishi aniqlangan. Shuningdek, (+)-
glyukoza qon yordamida to’qimalarga o’tadi va uglerod dioksidi hamda suvga
parchalanib, energiya ajralishi kuzatiladi. (+)-Glyukozaning
bir qismi, yog’-
moylarga aylanadi, bir qismi azot saqlovchi birikmalar bilan ta’sirlashib
aminokislotalar hosil qiladi, ular o’z navbatida hayot belgisi hisoblanuvchi oqsillar
hosil qilib o’zaro birikadi.
(+)-Glyukoza, sellyuloza, kraxmal va glikogen
organik birikmalarning bir
sinfi –
uglevodlar
sinfiga mansub. Uglevodlar ozuqa mahsulotlarining asosini
tashkil etadi: biz bug’doy donini (kraxmal saqlovchi) istemol qilamiz yoki uy
1
T.W. Graham Solomons, Craig B. Fryhle, Scott A. Snyder. Organic chemistry. University of South Florida, Pacific
Lutheran University, Columbia University. 2014. – S. 979.
19
733
xayvonlariga beramiz. Organizmda u go’sht va yog’ga aylanadi (bular ham istemol
uchun mahsulot). Bizning kiyimlarimiz sellyuloza asosida qurilgan:
bu paxta
tolasi, atsetat tolalar va boshqalar. Bizning uy, mebellar yog’och asoslar –
sellyulozadir. Shunday qilib, uglevodlar hayotimizda muhim o’rin tutadi. Yana
birgina misol – qog’oz xaqida gapiradigan bo’lsak, hozirgi o’ta rivojlangan davrda
inson faoliyatini sellyulozasiz tasavvur qilish naqadar qiyinligi ma’lum bo’ladi.
Qog’oz bu – kitob, gazeta, jurnal, xat, pul, insonni tasdiqlovchi xujjat, qimmatbaho
qog’ozlar, qutilar, etiketka va bu nomlarni yana
va yana uzoq davom ettirish
mumkin.
Uglevodlar kimyosi – organik kimyoning qiziq bo’limlaridan biri.
Uglevodlar kimyosini o’rganishda fotosintez deb ataluvchi murakkab jarayonlar
ketma-ketligi ochib berilsa, (+)-glyukozaning oddiy
uglerod dioksidi va suvga
parchalanishidagi fermentatsiya jarayoni o’rganiladi. Bu ikki biokimyoviy
muammolar orasida kimyogar-organik uchun muhim masala: uglevodlar tuzilishi
va
xossalarinini aniqlash, ularning boshqa organik birikmalarga o’tishi
muammolarini yechish yotadi.
Ayni bobda biz kislorod saqlovchi organik birikmalarning muhim sinfi –
uglevodlarning ayrim xususiyatlari haqidagi bilimlarimizni boyitishga xarakat
qilamiz.