I.ASOSIY QISM
I.1. Uglevodlar. Ularning sinflanishi.
Uglevodlar tabiatda juda keng tarqalgan. Bu birikmalar uglerod, vodorod va kisloroddan iborat. Ularning tarkibi Cn(H2O)m umumiy formula bilan ifodalanadi. Uglevodlarning ba’zi vakillari ksiloza C5H10O5, glukoza C6H12O6, saxaroza C12H22O11 va kraxmal (C6H10O5)n yuqoridagi umumiy formulaga muvofiq keladi, lekin ba’zilarining tarkibi (metilpentozalar C6H12O5, metilgeksozalar C7H14O6 dezoksi qandlar) farq qiladi. Murakkab uglevodlar (selluloza — kletchatka) o‘simlikka chidamlilik va qattiqlik beradi, inson uchun kiyim-kechak (paxta), qurilish materiallari va oziq ovqat sifatida (kraxmal, saxaroza) ishlatiladi.
Uglevodlar klassifikatsiyasi
Uglevodlar organik birikmalarning eng katta sinfi bo‘lib, ular gidroliz qilinganda, gidrolizga uchramasligiga qarab va gidrolizga uchrab kichkina molekulalarga bo‘linishiga qarab, ikki gruppaga bo‘linadi:
1. Oddiy uglevodlar yoki monosaxaridlar (mannozalar);
2. Murakkab uglevodlar. Bular o‘z navbatida shakarsimon kichik molekulali polisaxaridlar (oligosaxaridlar) ga va shakarga o‘xshamagan yuqori molekulali polisaxaridlarga bo‘linadi.
Uglevodlar (shakarlar, glitsidlar) — oqsillar va yogʻlar bilan bir qatorda odam, jonivorlar va oʻsimliklar organizmi hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan keng tarqalgan organik birikmalar guruhi. Organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻladigan energiya manbalaridan biri. Xossalariga koʻra, oksialdegidlar va oksiketonlarga yaqin turadi. Uglevodlar asosiy qismining umumiy formulasi CnH2nOn yoki Cn(H2O)m boʻlib, monosaxaridlardan glyukoza (fruktoza) C6H12O6 yoki disaxaridlardan saxaroza C12H22O11 ularga misol boʻla oladi. Oʻsimliklar qattiq moddasi massasining 80% ga yaqini, jonivorlar quruq massasining 2% ga yaqini U.ga toʻgʻri keladi. Oʻsimliklar uglevodlarni anorganik moddalar — karbonat angidrid (СO2) bilan suvdan sintez qiladi. Tirik organizmda Uglevodlar biologik jarayonlarda energiya manbai, organizm uchun boshqa oraliq yoki oxirgi metabolitlar sintezida xom ashyo rolini o'ynaydi. Hozirgi tarkibida uglerod, vodorod va kisloroddan tashqari azot, oltingugurt yoki fosfor bo'lgan birikmalar ham Uglevodlar qatoriga kiritiladi.
Uglevodlar 2 ta katta guruhga: monosaxaridlar va polisaxaridlarga boʻlinadi. Polisaxaridlar esa shakarsimon (oligopolisaxaridlar) — disaxaridlar (biozalar), trisaxaridlar, tetrasaxaridlar va noshakarsimon polisaxaridlardan iborat. Ular oddiy Uglevodlar (monosaxaridlar yoki monozalar) va murakkab Uglevodlar (polisaxaridlar yoki poliozalar) deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |