B i r l i k
K o‘ p l i k
1- shaxs
2 -shaxs
3 -shaxs
bor+moqchi+man
bor+moqchi+san
bor+moqchi
bor+moqchi+miz,
bor+moqchi+siz
bor+moqchi+(lar)
Fe’lning bu shakli faqat maqsad, mo‘ljal ma’nosini bildiradi. -moqchi
affiksli fe’l edi to‘liqsiz fe’li bilan qo‘llanganda, o‘tgan zamon ifodalanishi
mumkin. Lekin bunda harakat o‘tgan zamonga (o‘tgan zamonda bajarilishi) emas,
balki maqsad o‘tgan zamonga oid bo‘ladi: bormoqchi edim, bormrqchi eding,
yubormoqchi edi.
-moqchi affiksi bilan yasalgan shakl bo‘l fe’lining o‘tgan va hozirgi zamon
shakllari bilan qo‘llanganda ham harakatning emas, balki maqsadning hozirgi
zamon yoki o‘tgan zamonga oidligi ifodalanadi: bormoqchi bo‘layapman,
bormoqchi bo‘laman, bormoqchi bo‘ldim.
Fe’l
mayllarini hosil
qiluvchi
affikslar
nutq talabiga ko‘ra
o‘zaro sinonim sifatida ham ishlatiladi:
1. Xabar maylidagi fe’l buyruq-istak mayli manosini ifodalashda ishlatiladi:
Qani, yigitlar, ketdik!
Kechagi qiliqlaring uchun bugun hech yoqqa chiqmaysan, tushundingmi!
2. Xabar maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi:
Va’da berdingmi-bajar. Boshga bir ish tushdimi, yagona yo‘l- uni jasorat
bilan yengishdir.
3. Buyruq-istak maylidagi fe’l xabar mayli vazifasida ishlatiladi:
Bolani o‘qitish o‘rniga xizmatingizni qildiring, yana urdiring!
Sizda insof bormi? (xizmatingizni qildiribsiz, urdiribsiz)
4. Buyruq–istak maylidagi fe’l shart mayli vazifasida qo‘llanadi:
Kimlardir mehnat qilsin-u, rohatini siz ko‘rasizmi?!
Avval qo‘ng‘iroq chalsin, keyin hammamiz birga tashqariga chiqamiz.
5.Shart maylidagi fe’l xabar mayli ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi:
Kenjaboyning o‘g‘li yugurib kelsa-yu, to‘ni bilan sumkasini qo‘limga
tutqazsa bo‘ladimi? (O.) (qo‘limga tutqazdi).
6. Shart maylidagi fe’l buyruq-istak mayli vazifasida qo‘llanadi:
Sabr qilsang, g‘o‘radan halvo pishar (sabr qil, g‘o‘radan halvo pishadi).
Fe’llarning tuslanishi. Fe’l mayllari, odatda, grammatik shaxs, zamon
ma’nolari bilan bog‘liq holda ifodalanadi. Shuning uchun ham ularni yuzaga
keltiruvchi grammatik shakllar shaxs-son affikslari deb yuritiladi.
Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o‘zgarish esa, tuslanish deyiladi.
Demak, shaxs-son affikslarining jami tuslovchilardir. O‘zbek tilida tuslovchilar
quyidagicha uch guruhga birlashadi.
1.To‘liqsiz tuslovchilar:
B i r l i k K o‘ p l i k
I shaxs
II shaxs
III shaxs
o‘qidi+m
o‘qidi+ng
o‘qidi+0
o‘qidi+k
o‘qidi+ngiz
o‘qidi+(lar)
2.To‘liq tuslovchilar:
B i r l i k
K o‘ p l i k
I shaxs
II shaxs
III shaxs
o‘qib+man
o‘qib+san
o‘qib+di
o‘qib+miz
o‘qib+siz
o‘qib+di (lar)
3.Buyruq-istak mayli bilan tuslanish:
Birlik
Ko‘plik
I shaxs
II shaxs
o‘qi+y// -yin
o‘qi // o‘qi+gin
o‘qi+ylik
o‘qi+ngiz
III shaxs o‘qi+sin
o‘qi+sin(lar)
Bu tuslovchilardan birinchi guruhi (to‘liqsiz tuslovchilar) mayl va zamon
bilan aloqador bo‘lsa, -di va -sa affiksli sof fe’llarga qo‘shiladi. Ikkinchi guruhli
(to‘liq shakl) esa, ravishdosh, sifatdosh va kesim vazifasidagi boshqa so‘zlarga
qo‘shiladi. Uchinchi guruh tuslovchilar faqat buyruq-istak mayli uchun xosdir.
Shaxs-son affikslari sinonimiyasi. Shaxs-son affikslari o‘zaro sinonimik
munosabatda bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lgan fe’l shakllaridandir. Xususan, ular
o‘rtasidagi ma’nodoshlik quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
1. Fe’lning 1-shaxs ko‘plik shakli uning birligi o‘rnida qo‘llanilib, kamtarlik,
manmanlik, o‘zini katta olish kabi ma’nolarni ifodalaydi: Shu masalalarning
mazkur ishda qanday hal etilganligi haqida fikrlar bayon etilishini
juda istaymiz (A.Hojiyev). Mehmonni ishga solar ekanmiz-da,-dedi Yo‘lchini
birga olarkan Yormat.
2. Fe’lning1-shaxs birligi o‘rnida 2- yoki 3-shaxs birligi va ko‘plik shakli
qo‘llanadi. Bunday holda shaxsning nutqi o‘ziga qaratilgan bo‘ladi:
Mulla Tursun, mana oliy ma’lumot haqidagi diplomni ham olding // Mulla
Tursun, mana oliy ma’lumot haqidagi diplomni ham oldilar.
3. Fe’lning 2-shaxs ko‘pligi 1-shaxs ko‘plik o‘rnida ishlatiladi. Bunda shaxs
ma’nosi mayl ma’nosi bilan birga ko‘chadi: —
Qani, yigitlar, ishni boshladik,- dedi boshliq ishchilarga.
4. Gap tarkibida kishi, odam so‘zlari ega vazifasida qo‘llanganda 1-shaxs
birlik o‘rnida 2-shaxs ishlatiladi:
Bu gaplarni eshitib, hayron bo‘lasan kishi.
Fe’l zamonlari ish harakati nutq so‘zlanib turgan paytdan avval, nutq
so‘zlanib turgan paytda yoki nutq so‘zlanib turgan paytdan keyin bajarilgan,
bajarilmaganligiga munosabatni ifodalovchi fe’l shaklidir. Shunga ko‘ra, fe’l
zamonlari, dastlab, uch guruhga bo‘linadi: 1) o‘tgan zamon, 2) hozirgi zamon, 3)
kelasi zamon.
O‘tgan zamon — nutq so‘zlanib turgan paytdan avval bo‘lib o‘tgan yoki
bo‘lmagan harakatni anglatadi. O‘tgan zamonning quyidagicha besh turi mavjud:
1) yaqin o‘tgan zamon, 2) o‘tgan zamon hikoya fe’li, 3) uzoq o‘tgan zamon, 4)
o‘tgan zamon davom fe’li, 5) o‘tgan zamon maqsad fe’li.
1. Yaqin o‘tgan zamon nutq so‘zlanib turgan paytdan oldin, so‘zlovchining
ko‘z o‘ngida yoki bevosita ishtirokida sodir bo‘lgan harakatni ifodalaydi. U -
di affiksini fe’llarga qo‘shish va tuslash orqali hosil bo‘ladi: o‘qi+di+m,
o‘qi+di+ng, o‘qi+di.
2. Uzoq o‘tgan zamon ancha avval, qachondir bo‘lib o‘tgan yoki bo‘lmagan
harakatni ifodalaydi: Bu shakl -gan sifatdoshi + edi, ekan, emish singari to‘liqsiz
fe’llarni qo‘shish va tuslash orqali hosil qilinadi: o‘qi+gan+man, o‘qi+gan
ekan+man, o‘qi+gan emish+man, o‘qi+gan edi+m kabi.
3. O‘tgan zamon hikoya fe’li nutq so‘zlanib turgan paytdan ilgari
kutilmaganda, qisqa vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tgan hikoya qilish, tasvir-lash orqali
hosil
bo‘ladi.
Bu
shakl - b/ib yoki- b/-ib+edi to‘liqsiz
fe’li
orqali
yasaladi: ol+ib+man, ol+ib+san, ol+ib edi+m, o‘qi+b edi+ng kabi.
4. O‘tgan zamon davom fe’li nutq so‘zlanib turgan paytdan ilgari davomli
bo‘lgan, takrorlanib turgan harakatni ifodalaydi. Bu shakl –r (-ar), — yotgan, -
Do'stlaringiz bilan baham: |