Udk: ziyodullayeva mahbuba



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/55
Sana31.12.2021
Hajmi1,36 Mb.
#215546
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
buyruq-istak maylining ingliz va ozbek tillarida lingvokulturologik tadqiqi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.3.3. Buyruq gap – sarlavha stilistikasi
 
”Buyruq gap. Bunda tinglovchini biror ishni bajarish 
yoki bajar-maslikka undash
, da’vat etishdan tashqari, do`q, qattiy buyruq, iltimos, maslahat, yalinish, 
taklif kabilar ham ifoda qilinadi. Buyruq gaplarning bo`lishsiz formasi faqat -ma affiksi orqali shakllanadi. Buyruq gaplar badiiy adabiyotlarda, dialog 
formasidagi nutqda, rasmiy ish qog`ozlari uslubida, turli chaqiriqlarda, ilmiy uslubga oid mashq va topshiriqlarda qo`llanadi. Buyruq gapning kesimi 
ko`pincha buyruq maylidagi fe’llar bilan ifodalangan bo`ladi”
45

M.Mukarramov ”Hozirgi o`zbek adabiy tilining ilmiy stili” nomli monografiyasida buyruq gaplarning ilmiy uslubda qo`llanishini atroflicha tahlil qilib, 
quyidagi xarakterli fikrlarni bayon qilgan: ”Buyruq gaplar ilmiy nutqda o`ziga xos qo`llanish uslubiga ega. Unda da’vat, maslahat, ruxsat etish, orzu-istak 
kabi mazmunlarni ifodalaydigan buyruq gaplar ishlatilmaydi. Buyruq ma’nosi umumga, barchaga qaratiladi»
46
. A.Ahmedov buyruq gaplarning grammatik-
intonasion xususiyatlarini o`rganib, ularning bir necha turini qayd etadi va mazmun jihatidan 
buyruq gaplar iltimos
, iltijo, buyruq, talab, ruxsat, taqiqlash, 
chaqiriq, do`q, ogohlan-tirish, maslahat, nasihat, taklif, yupatish, tilak kabilarga bo`linishini ko`rsatadi
47
. A.Boboyeva ”Gazeta tili haqida” nomli risolasida 
ayrim buyruq gap - sarlavhalar haqida shunday fikr bildirgan: ”Buyruq shaklida va sostavida undalmasi bo`lgan sarlavhalarda kommunikativlikning yuqori 
darajasi ko`zga tashlanadi. Chunki bunday gap qurilishida o`quvchiga bevosita ta’sir etish nazarda tutilgan: Qonunsizlikka chek qo`yilsin!, Yo`qolsin 
neytron bomba! Dunyo bolalari, sizga tinchlik va baxt tilaymiz!, Chorvador, kasbingni sharafla! kabi”
48

Gazeta sarlavhasi vazifasida ishlatilgan buyruq gaplar orqali, asosan, maslahat, ish-harakatni bajarishga undash, chaqiriq ma’nolari ifodalangan. Bu, 
albatta, gazeta funksiyasidan kelib chiqadi. Misollar: Avval o`ylab, keyin qarz bering (S., 25.03.11), Xorijga chiqish va kirish qonuniy bo`lsin (S., 
7.01.11),Ayol nomiga dog` tushmasin (S., 14.01.11), Patta to`lovini to`lashda adashmang (Z.,29.03.11). 
Buyruq gaplarning kesimi quyidagicha ifodalangan xillari gazeta sarlavhasi sifatida ishlatilganligini qayd etish mumkin: 1. Gapning kesimi buyruq-istak 
maylining birinchi shaxs ko`plik shaklidagi fe’llardan iborat:Vatan 
uchun yashaylik
 (Z., 03.03.10). 2. Gapning kesimi buyruq maylining ikkinchi shaxs 
birlik shaklidagi fe’llardan iborat: Aldanib qolmang (Z., 7.09.10). 3. Gapning kesimi buyruq maylining uchinchi shaxs birlik shaklidagi fe’llardan 
iborat: Oltin qanot qo`shlar uchsin (XS., 26.03.10). 4. Gapning kesimi jo`nalish kelishigidagi otdan iborat: Hamma xayriya hashariga! (Z., 4.03.10). 5. 
Gapning kesimi harakat nomi+kerak shaklidagi konstruksiyalar bilan ifodalangan: Raisning o`zi o`rnak bo`lishi kerak (S., 11.02.11). 6. Gapning kesimi 
yo`q, emas kabi inkor so`zlari bilan ifodalangan: Borishning keragi yo`q(S., 18.02.10). 


Buyruq gap-sarlavhalarning ayrimlari oddiy da’vatga o`xshab ko`rinsa-da, aksariyati matn bilan tanishishga undaydi, ma’lum darajada ta’sirchanligi bilinib 
turadi. Misollar: Tanlovda ishtirok eting! (Z., 19.03.11), Yig`ilishga qatnashing! (Z.,19.03.11), Futbol bashoratida o`zingizni sinab ko`ring(S.,26.07.10) 
kabilar. Mazkur sarlavhalarning birinchisi va ikkinchisi bir qarashda e’tiborni tortmaydi. Lekin gazetalarda ayrim buyruq gap - sarlavhalar o`ziga xos 
tuzilishlar bilan berilib, ta’sirchanligi oshirilgan. Misollar: Issiqxona quring, kam bo`lmaysiz (Z., 24.02.11), Ogoh bo`ling, magistral gaz quvurlari! (Z., 
31.03.11). 
Ayrim sarlavhalarni qo`llashda imlo qoidalariga rioya etilmaganligini ham ko`rish mumkin. Misol: Yaxshilik deb yashang odamlar! (Z., 24.03.11). Ushbu 
gapda undalmadan oldin vergul qo`yilmagan. Ba’zi qolip shaklidagi buyruq gap - sarlahalar esa e’tiborni unchalik tortmaydi. Misol: Hamma paxtaga! (Z., 
17.09.10), Hamma xayriya hashariga! (Z., 4.03.10). 
Buyruq va undov gap-sarlavhalar gazetalarda kuchli stilistik vosita vazifasini bajaradi. Misollar: Yaxshilik qil, daryoga tashla! - Yaxshilik qilu, suvga sol, 
bir kuni o`zingga qaytadi, deb eshitgan edim (D., 23.02.12). Yoqmasa, taksida yuring! Yoxud poytaxtimizdagi ba’zi avtobuslar qatnovi xususida Garchi 
shohbekat bo`lmasa-da, haydovchi o`n daqiqadan ham oshiq turib qolganidan xijolat chekmay, “Yoqmasa taksida yuring!” desa bo`ladimi? (D., 
01.03.12). Tanlovda ishtirok eting! (Z., 19.03.11).Yig`ilishda qatnashing! (Z., 19.03.11). Tanlovga marhamat! (Z.,19.03.11). Aldanib qolmang! Odam 
savdosi - davr muammosi (rukn) (Z., 7.09.10). Patta to`lovini to`lashda adashmang! (Z., 29.03.11).Ha, tarixga munosabat adolatli bo`lsin! (Z., 
12.03.11). Ogoh bo`laylik! Odam savdosi bugungi kunda jahon miqyosida global muammolardan biriga aylanadi (S., 25.02.11). Ko’rinadiki, buyruq gap – 
sarlavhalarning aksariyati, ogohlik yoki tanlovga chorlash kabi ma’nolarni ifodalaydi. 
 

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish