O„zini o„zgalardan ustun qo„yishning ko„rinishlari:
1. O„zini ustun qo„yishning ochiq ko„rinishlari: buyruq berib gapirish, tahdid
qilish, birovni niqtab turish, salbiy munosabatlari, tanqid, ayblash, birov ustidan
kulish, istehzo, piching, kesatiq.
2. Maqtanchoqlik: o„z marralari va yutuqlari haqida ko„pirib gapirish, shu
bilan birga o„zgalar marralarini pastga urish, ularni o„z o„riniga qo„yish istagi.
3. Qat‟iylik: fikr va qarashlar keskinligi, faqat o„zi to„g„ri so„z ayta olish
mumkinligiga ishonch, birovlarni o„ylab ko„rmaslik, “Mening dadam eng aqlli
odam”, “Qo„limdan hamma narsa keladi”, “sen nimani bilarding” qabilidagi
so„zlarning ishlatilishi.
Bu vaziyatdagi konfliktogenlar “Ey kattalar nega bizni tushunishni
hohlamaysiz”, “Hammasi jonimga tegdi”, “Hammadan o„zim zo„rman” kabi
so„zlar yordamida ham anglashiladi.
4.Birovning ustidan kulish: birovni ustidan istehzo bilan kulish, uni masxara
qilish, agressiyaning psixologik turlaridan hisoblanadi. Bolalarda ayniqsa “Semiz”,
“Omi”, “Qishloqi”, “Turqi sovuq” kabilar uchrab turadi. Bunday kulguga duchor
bo„lgan bolalar keyinchalik o„z ustidan kulganlardan o„ch olishga qaror qilib
qo„yadi.
Agressiyaga moyillik
Ko„pincha agressiyaga moyillik katta yoshdagi kishilarda uchraydi ammo,
agressiyaga moyillik bolalik davridan boshlab shakllana boradi. Kichik maktab
yoshidagi o„quvchilarda agresssiyalar jismoniy taziq, turtish, do„q qilish va
hokazo. Agressiyalar jismoniy va ruhiy agressiyalarga bo„linadi. Ularning har ikki
turi ham juda yomon oqibatlarga olib keladi. Agressiyaga moyilligi bor bolalar
o„zining o„rtog„i yoki ukalarini qattiq jismoniy jarohatlashi kuzatilgan.
Agressivlikka moyillikning oldini olishda ta‟lim va tarbiya, insoniy kadriyatlar
diniy e‟tiqod tizimi yotadi. Agressiya, u yo„naltirilgan odam, uni ishlatayotgan
odamning o„zini ham salomatligiga putur yеtkazadi.
38
E
goizm.
Egoizm faqat o„z manfaatlarini ko„rish qobiliyati bo„lib, o„zbek tiliga
xudbinlik deb tarjima qilinadi.
Egoizm – doimiy ravishda o„zining manfaatlarini boshqalarinikidan ustun
qo„yishdir. Kichik maktab yoshidagi o„quvchilarda egoizmlar kuchli darajada
rivojlangan bo„ladi. Ular ilk bolalik davridan boshlab, xudbin bo„lib o„sgan
bolalarda kuchliroq nomoyon bo„ladi. Odatda egoizimlar ota – onaning noto„g„ri
tarbiyasi ostida shakllanadi va bolaning o„z – o„zini sevishga undaydi. Bunday
bolalarda “men” degan tushuncha yuqori darajada shakllanib boradi. Sog„lom
egoizm insonni shaxs sifatida shakllanishida energiya manbai bo„lib xizmat qiladi.
Nosog„lom egoizm esa bolalar jamoasi o„rtasida to„qnashuv ziddiyatlar,
o„zini ustun qo„yish, kelisha olmaslik, o„zgalarni inkor etish tuyg„ularini
shakllantiradi. Tadqiqotchi olima G. To„ychieva konfliktogenlarni tasniflaydi va
ularni oldini olish uchun qo„ydagi amallarga rioya etishni tavsiya etadi. Bular:
Konfliktga olib kelishi mumkin bo„lgan so„zlar, amallar, yoki
harakatsizlikdan iborat bo„lgan konfilktogen vaziyat va holatlardan o„zini va
atrofdagilarni asrash,
Konfliktogenlarga e‟tiborli bo„lish;
Konfliktogenlar ko„payib, ularning majmuaga aylanishini oldini ola bilish,
konfliktogenlar eskalasiyasiga yo„l qo„ymaslik;
Konfliktogenga konflikt bilan javob qaytarmaslik ;
O„zida vujudga kelayotgan konfliktogenlardan qutilish va ularni
ishlatmaslikka harakat qilish;
Jiddiy konfliktogenlardan bo„lgan o„zini ustun qo„yish agressiyaga moyillik,
egoizmdan qutilish hamda boshqalar tomonidan ishlatilganda ham o„zining
konflikt vaziyatga tortilmasligi choralarini ko„rish.
Ta‟lim jarayonida o„qituvchi o„zining obro„sidan oqilona, odilona va
omilkorlik bilan foydalanib, o„quvchilarda uyushqoqlik, mehnatsevarlik, o„qishga
ijobiy munosabat o„z diqqatini boshkarish, xulqini idora etish, o„zini tuta bilish,
qiyinchiliklarni yеnga bilish kabi fazilatlarni shakllantirish lozim.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |