14
I.A.Karimov Karimov I.A. O„zbekiston buyuk kelajak sari. Sharq. 1999. –B.182
34
1.3. Konflikt vaziyatlarning yuzaga kelishida konfliktogenlarning roli.
Biz yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, konflikt so„zini ishlatmasdan
yashash mumkin, lekin konfliktsiz yashash mumkin emas degan xulosaga
kelaimiz. Balki kelishmovchilik, to„qnashuv, kurashish va h.k. so„zlarni barchasini
umumlashtirish maqsadida bu so„z ishlatilsa ajabmas ekanligni anglab yеtdik.
Oramizda biror marta konflikt va ziddiyatga tushmagan inson bo„lishi inson
bo„lishi mumkin emas. Shuning uchun ham «agar sizning hayotingizda konflikt
bo„lmasa pulsingizni tekshirib ko„ring» degan ibora ishlatiladi. Buning xulosasi
esa konflikt bu hayotimizdagi voqea-hodisa singari oddiy holdir.Bundan tashqari
agar oilada, ishxonada yoki davlatda konfliktlar bo„lmasa, bu aynan shu yеrda
tinch osoyishta hayotda o„sish, rivojlanishi to„xtaganligini bildiradi. Shuning
uchun bu konfliktlarni o„rganish va uni yuzaga kelganda bartaraf etish kerakligi va
hayotimizni ravnaqiga uning salbiy ta‟sirini o„tkazmasligiga harakat qilishimiz
kerak. Demak, konfliktologiya bizni:
-
konfliktlarni oldini qanday olish kerakligini, uning ta‟sirida odamlar
o„rtasidagi munosabatlarni buzilishi va ba‟zi hollarda inson salomatligiga salbiy
ta‟siri haqida;
-
konflikt vaqtida o„zini qanday tutish, uning asoratlarini kamaytirish;
-
konfliktni qanday qilib tugatish ikki tomon uchun ham ijobiy hal etish va
yo„qotishlarni kamaytirish;. Bu savollarga javoblarni amaliyotda topish kerak,
lekin topish uchun esa konfliktologik bilimlar bazasiga ega bo„lmoq lozim. Buning
uchun esa yuzaga kelayotgan va kelgan konfliktlarni o„rganish kerak.
Konfliktlarning keskinligiga oid Zimmelning asosiy qoidalari:
konfliktga qancha ko„p guruhlar his-tuyg„ulari bilan kirishishgan
bo„lsa, konflikt shunchalik keskin bo„ladi.
Konfliktga guruhlarning jalb etilganlik darajasi qanchalik yuqori
bo„lgan bo„lsa, ular konfliktga shu qadar his-tuyg„ularga berilgan holda kirishib
ketganlar.
35
Konfliktda ishtirok etayotgan guruhlar o„rtasidagi dushmanlik
qanchalik kuchli bo„lgan bo„lsa, konflikt yuzaga keltirgan his-tuyg„ular
shunchalik kuchlidir.
Konfliktda ishtirok etuvchilarning raqobati qanchalik kuchli bo„lsa,
konflikt yuzaga. keltirgan his-tuyg„ular shunchalik kuchlidir.
konfliktga jalb etilgan guruhlar qanchalik yaxshi jipslashgan bo„lsa, u
shunchalik keskin bo„ladi.
konfliktda ishtirok etayotgan guruhlarning nisbiy jipslashishi
qanchalik yuqori bo„lsa, konflikt shunchalik keskin.
konfliktda ishtirok etuvchilarning ahilligi qanchalik mustahkam
bo„lgan bo„lsa, konflikt shunchalik keskin bo„ladi.
keng ijtimoiy tarkibiy tuzilishi sababli konfliktga qeluvchi guruhlar
qanchalik kam izolyatsiyalangan va jiddiylashgan bo„lsa, konflikt shunchalik
keskin bo„ladi.
konflikt qanchalik kam, shunchaki maqsadga erishish vositasi sifatida
xizmat qilsa, u shunchalik ko„p asosiy maqsadga aylanib boradi va keskinlashadi.
konflikt ishtirokchilarining fikricha qanchalar ko„p individual maqsad
va manfaatlar doirasidan chetga chiqsa, u shunchalik keskinlashib boradi.
Konflikt vaziyatlarning yuzaga kelishida konfliktogenlarning o„rni
beqiyosdir. Inson ilk bolalik davridan boshlab, konfliktga olib kelishi mumkin
bo„lgan so„zlar, amallar, yoki harakatsizliklardan foydalanadi.
Bolalar oddiy narsalar ustida juda qattiq qayg„urib, o„z his - tuyg„ularini
jilovlay olmay qolishadi. O„z manfaatlari uchun ba‟zan boshqalar bilan
janjalashishgacha borishadi. Kundalik turmush sharoitida bolalarning o„z
o„yinchoqlarini mehmonga kelgan boladan qizg„anishi, o„zidan kuchsiz bolalarni
urishi, masxara qilishi kabilar konfliktning boshlang„ich nuqtasi hisoblanadi.
Kichik maktab yoshidagi o„quvchilarda ziddiyatli holatlar ko„proq maktabda dars
jarayonida sodir bo„ladi. Ular arzimagan narsadan ham katta janjal chiqarishi
mumkin. Unga ba‟zan o„qituvchilarning o„zi sababchi bo„ladi. Konflikt
vaziyatlarning kelib chiqishida “konfliktogenlar” rol o„ynar ekan, biz u haqda
36
ma‟lum bir bilimlarga ega bo„lishimiz lozim. Konfliktogen - konfliktga imkon
beruvchi, konflikt uchun sharoit yaratuvchi sifatida tarjima qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |