1.3. Milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalarida xorijiy investitsiyalar
bilan bog’liq muammolar tavsifi
Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda ulardan
samarali foydalanish bilan bog’liq juda ko’p muammolar mavjud bo’lib,
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sababli hanuzgacha keskinlik va noaniqlik yuqori
darajada faollikka ega jahon va mintaqaviy iqtisodiy munosabatlarda samarali
ishtirok etishda bu kabi muammolarning yechimini topish dolzarb tavsifga ega.
Hozirgi kunda, eng asosiy muammolardan biri – milliy iqtisodiyotga
belgilangan dasturlar asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdir.
Milliy iqtisodiyotga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarning talab
qilinganlik darajasini indikativ yondashuv asosida aniqlash mumkin. Jumladan,
xorijiy investitsiyalarning talab qilinganlik darajasini sifatli va miqdoriy
diagnostika qilishda indikativ yondashuv eng qulay tahlil usuli hisoblanib, ushbu
yondashuv yordamida investitsion xavfsizlik muammolarining tahlili bir qator
indikatorlar majmui orqali amalga oshiriladi.
Bunda ushbu indikatorlar vujudga kelayotgan xavf va tahdidlardan ogoh
qilib, tahdid darajalarini miqdoriy baholash imkoniyatini hamda vaziyatni
barqarorlashtuvchi dasturiy-maqsadli tadbirlar majmuini ishlab chiqish
imkoniyatini beradi. Bu yerda xavfsizlikka bo’lgan tahdidlarni aniqlash
indikatorlarni joriy (haqiqiy) qiymatlari bilan ularni chegaraviy (kritik)
qiymatlarini solishtirish orqali amalga oshiriladi
2
.
Indikativ yondashuvning eng muhim jihati bu uning tizimliligi hisoblanadi.
Investitsion faoliyatga milliy manfaat, tahdid, indikatorlar, chegaraviy darajalar,
2
Ekonomicheskaya bezopasnost Rossii: Obshiy kurs: Uchebnik. Pod red. V.K.Senchagova. 2-izd. – M.: Delo, 2005.
diagnostika uslublari, tashkiliy va normativ-huquqiy tashkil qiluvchilari kabi
elementlardan iborat bir butun tizim sifatida qaraladi.
SHuningdek, ushbu yondashuv xavfsizlik holatini baholashda o’zining
yuqori aniqlik darajasi bilan ajralib turadi. Har bir indikator o’lchov birligi va
chegaraviy darajalarga mos miqdoriy tavsifga ega.
Indikatorlarning haqiqiy qiymatlarini ularning chegaraviy darajalari bilan
solishtirilganda, mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining real holatiga va umuman
uning mustaqil jihatlariga, xususan alohida bir sohalariga miqdoriy va sifatli baho
berish mumkin.
Investitsion xavfsizlik indikatori – bu investitsion xavfsizlik tizimini (asosiy
sohalari bo’yicha) baholovchi ko’rsatkich hisoblanib, u xavfsizlikka bo’lgan
tahdidlarni, ularning tarkiblari, namoyon bo’lish ko’lamlari va uning darajalarini
to’liq ravishda tavsiflab beradi.
Investitsion xavfsizlik quyidagi indikatorlar orqali tahlil qilinadi:
• Investitsiyalarning YaIMga nisbatan umumiy hajmi, %;
• Xorijiy investitsiyalarning YaIMga nisbatan umumiy hajmi, %;
• Asosiy kapitalda xorijiy investitsiyalarning o’sish darajasi, %;
• Mulkchilik shakliga ko’ra investitsiyalarning ulushi, %;
• Moliyalashtirish manbaiga ko’ra investitsiyalarning ulushi, %;
Bundan tashqari, har bir indikator bo’yicha xavfsizlik darajasini aniq
baholash maqsadida xavfsizlik holati ham tasniflanib quyidagi zonalarga
bo’linadi
3
:
• Normal;
• Inqiroz oldi;
• Inqirozli.
O’z navbatida, inqiroz oldi holati boshlang’ich bosqich (KO1), rivojlanish
bosqichi (KO2) va inqirozli zonaga o’tish xavfi bo’lgan kritik bosqichlarga (KO3)
ajratiladi. SHuningdek, inqirozli holat ham uch davrga bo’linib, boshlang’ich
3
Mejdunarodnie ekonomicheskie otnosheniya: Ucheb. posobie dlya vuzov. Pod red. prof.
L.E.Strovskogo. – M.: YuNITI-DANA, 2003. 447-450. B.
bosqich (K1), taxlikali bosqich (K2) va favqulodda bosqichlarni (K3) o’z ichiga
oladi.
Hozirgi kunda, investitsion xavfsizlikning ayrim jihatlari bo’yicha
indikatorlar va ularning chegaraviy darajalari ishlab chiqilgan bo’lib, jumladan,
Rossiyalik mutaxassislar tomonidan quyidagicha yoritilgan (1.1- jadval)
4
.
Do'stlaringiz bilan baham: |