Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda


Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash jarayonida investitsiya



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/50
Sana24.08.2021
Hajmi1,21 Mb.
#154782
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50
Bog'liq
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari

1.2. Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash jarayonida investitsiya

siyosati: tarmoq va mintaqaviy yondashuvlar

Mamlakatimizda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarining barqaror

rivojlanishini ta’minlash, ulardagi iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan bog’liq

muammolarni kompleks hal etish, tarmoq ishlab chiqarish imkoniyatlaridan

samarali foydalanish va yanada o’stirish maqsadida hukumatimiz tomonidan keng

ko’lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mahalliy xom ashyo negizida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va

materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, to’qimachilik sanoati, qishloq

xo’jaligi mashinasozligi, avtomobil sanoati, neft-gaz tarmog’i, ko’mir sanoati,

qurilish materiallari sanoati, paxta tozalash sanoati, kimyo va yog’-moy sanoati,

farmatsevtika sohasi va boshqa shu kabi soha hamda tarmoqlarni modernizatsiya

qilish, texnik va texnologik jihozlash jarayonlari kompleks, har tomonlama va

izchil tarzda amalga oshirilmoqda.

Bunda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va mamlakatimizdagi xom

ashyo va resurslarga boy manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori

qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab

chiqarishni ta’minlaydigan istiqbolli sanoat tarmoqlarini rivojlantirish muhim

ahamiyat kasb etadi.

Bu vazifaning o’rtaga qo’yilishi, shuningdek, inqiroz jarayonlarining

chuqurlashuvi, dunyo miqyosida xarid talabining pasayishi va shunga muvofiq

tarzda jahon bozorida xom ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar

bo’yicha raqobatning yildan-yilga kuchayib borayotgani bilan ham bog’liq, albatta.

Bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rin

tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki,

raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda,



iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya

qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va

ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat

ko’rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini

tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin».

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko’ra, 2000-2012 yillar mobaynida yalpi

ichki mahsulot hajmi 2,2 barobar oshdi. Mazkur ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston

dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan joy oldi. 2013

yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti – 8,0 foizga, sanoat ishlab chiqarishi – 8,8

foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish – 6,8, chakana savdo aylanmasi –

14,8, iqtisodiyotga jalb qilingan yalpi investitsiyalar – 9,8, kapital qurilish hajmi

16,6, yuk tashish – 4,4, yo’lovchi tashish – 4,2, eksport 10,9 va import hajmi 7,7

foizga barqaror yuqori sur’atlar bilan o’sdi (1-ilova).

Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan jiddiy tarkibiy va sifat o’zgarishlarini

birgina misolda, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini

shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo’g’i 14,2 foizni tashkil

etgan bo’lsa, 2011 yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizga, 2013 yilda 24,2 foizga

yetganida ham yaqqol ko’rish mumkin. Agar 2011 yilda sanoat mahsuloti umumiy

o’sishining qariyb 70 foizini yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan tayyor

mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan sohalar tashkil etgan bo’lsa, mazkur

sohalarning yalpi tarmoq o’sishidagi ulushi 2013 yilda 78 foizdan ortiqni tashkil

qildi.


O’tgan 2013 yilda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik

va avtomobilsozlik – 21 foiz (2011 yilga nisbatan 1,7 marta yuqori sur’atlarda),

qurilish materiallari sanoati – 13,6 foiz (2011 yilga nisbatan 14,3 foizga yuqori

sur’atlarda), yengil sanoat – 13,0 foizga, oziq-ovqat sanoati – 9,0 foizga jadal

sur’atlar bilan rivojlandi.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish borasida qo’lga kiritilgan

natijalar Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va

boshqa nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda.




Xalqaro valyuta jamg’armasining keyingi baholash missiyasi bayonotida,

jumladan, bunday deyiladi: «O’zbekiston jadal o’sishga erishdi va global

moliyaviy inqirozga qarshi samarali choralar ko’rdi. Keyingi besh yilda

O’zbekistonda o’sish sur’atlari o’rtacha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy

Osiyodagi o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan yuqoridir. Qator yillar davomida

kuzatilgan byudjet profitsiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat

qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz

olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita

oqibatlaridan himoya qildi».

Ma’lumki, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida to’qimachilik sanoati

korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash usullaridan biri xo’jalik

faoliyatini diversifikatsiya qilish orqali ularni bozor muhiti dinamikasiga

moslashtirishdir.

Diversifikatsiya jarayonlari modernizatsiya sharoitida amalga oshirilib,

mintaqalarning moliya-iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va barqarorligining asosiy

belgisi hisoblanadi. Respublikaning har bir hududiy sub’ektida tadbirkorlikning

strategik rivojlantirish bo’yicha iqtisodiy tendentsiyalarni hisobga oladigan

innovatsiya tizimlarini shakllantirish zarurligini ko’zda tutadi. Iqtisodiyot

sub’ektlarining xo’jalik hayoti jadallashuvi bozorda korxonalar samarali faoliyat

yuritishi mumkin bo’lgan yangi segmentlarning paydo bo’lishiga olib keladi.

Ayni paytda milliy sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash quyidagi

imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi:

Ø mamlakat va uning mintaqalari xo’jalik tuzilmasini mukammallashtirib,

bugungi noaniqlik hukmron bo’layotgan jahon bozori sharoitida xo’jalikning ayni

bir tarmoqqa qaramlik darajasini pasaytiradi;

Ø iqtisodiyotda, ayniqsa, mahalliy xo’jalik tuzilmalarida mahalliy salohiyat va

resurslarning xo’jalik faoliyatiga safarbarlik darajasini oshirish imkoniyatini

beradi. Bu birinchidan, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, ikkinchidan,

mahalliy xom ashyo va boshqa omillardan foydalanish asosida yuqori qo’shimcha



qiymatga ega bo’lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarishni

ta’minlaydigan istiqbolli iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga zamin yaratadi;

Ø mintaqaviy iqtisodiy birliklarning lokal va global miqyosda jahon bozoriga

bevosita kirib borish imkoniyatini beradi va shu orqali milliy iqtisodiyotning

ochiqlik darajasini hamda xalqaro moliya institutlarining milliy investitsion

bozordagi erkin ishtirokini faollashtirishga turtki beradi;

Ø bir vaqtning o’zida ishlab chiqarishning mintaqa ichida tarmoq,

mintaqalararo, shuningdek, xalqaro kooperatsiyalashuvini ta’minlaydi va boshq.

Ayni paytda iqtisodiyotning tez sur’atlarda o’sib borishi hamda

mamlakatimizdagi boy tabiiy, demografik, iqtisodiy resurslar sharoitida ularning

iqtisodiyotga safarbarligini oshirish hamda chuqur diversifikatsiya jarayonlarini

amalga oshirishda kapitalga, investitsion resurslarga bo’lgan talab sezilarli

darajada yuqoriligi saqlanib qolinmoqda va bu tabiiy holdir.

Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish va

undan foydalanish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.

Investitsiyalar iqtisodiyotning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sur’atlari va

ko’lamiga ta’sir etadi, ilmiy-texnika taraqqiyotini va aholining ko’p qismining

bandligini ta’minlaydi. Bunga sabab iqtisodiyotimizdagi institutsional o’zgarishlar,

ishlab chiqarish kuchlarining ratsional joylashtirishi va rivojlanishi ko’pincha

investitsion faollikka bog’liq bo’ladi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va islohotlarni chuqurlashtirish, yangi

ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarini yaratish va amalda faoliyat

yurituvchilarni qo’llab-quvvatlash ham investitsiya asosida amalga oshiriladi. SHu

boisdan ham O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan

boshlab, investitsiya siyosatida chet ellik sarmoyadorlarning investitsion

mablag’larini jalb qilishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbekistonda investitsiya

siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

ü respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag’ni keng jalb etishni

ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni

tobora takomillashtirish;




ü respublikamizda jahon darajasidagi texnologiyani yetkazib berayotgan, xalq

xo’jaligini zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga ko’maklashayotgan

xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan eshiklarni ochib qo’yish siyosatini izchillik

bilan o’tkazish;

ü mablag’larni respublika mustaqilligini ta’minlaydigan va raqobatbardosh

mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan eng muhim ustuvor

yo’nalishlarda jamlash;

ü tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni

ko’zlab siyosat yuritish.

Mamlakatimizni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish va

iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarmoqlar turkibi va tuzilishini tubdan o’zgartirish

jarayonida O’zbekiston Respublikasi quyidagi dolzarb vazifalar hal qilish belgilab

qo’yilgan:

1. Iqtisodiyot tarmoqlarini ilg’or texnika va texnologiyalar qurollantirish. CHunki,

milliy iqtisodiyotimizning ko’p tarmoqlarida eskirgan uskunalar va

texnologiyalardan foydalanishi oqibatida mehnat unumdorligi jiddiy pasayib

ketgan. Oqibatda bunday korxonalarning mahsulotlari bozorda raqobatga

bardosh bera olmay, rentabellik darajasining kamayib ketishi va pul topish

imkonining qisqarishi yuz bermoqda. Xorijiy investitsiyalar mazkur muammoni

hal etish imkonini beradi;

2. Korxonalarda boshqaruvning zamonaviy ilg’or usullarini joriy etish, boshqaruv

kadrlari, mahalliy ishchi va xodimlar bilimi, mahoratlarini o’stirish;

3. Ichki bozorga tovar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi xo’jalik sub’ektlari uchun

jahon bozoriga kirishga qulay imkoniyatlar yaratish;

4. Xorijlik investorlarning qiziqishlari va manfaatlarini oshirishni ta’minlash

maqsadida xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish. CHet el

investorlarining ishtiroki — yangi xususiylashtirilgan korxonalarga o’z

imkoniyatlarini to’liq ro’yobga chiqarishlari ehtimolini ko’paytirish yo’li bilan

ushbu jarayon samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi mumkin.



Ushbu vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimizda chet el investitsiyalarini

milliy korxonalarga jalb etishning quyidagi ustuvor yo’nalishlari belgilangan:

v tabiiy xom-ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish,

qayta ishlash bo’yicha ekologik toza ishlab chiqarishni tashkil etish;

v ilm talab va jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni

tashkil etish, shu jumladan zamonaviy axborot va telekommunikatsion tizimlarini

rivojlantirish;

v transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish;

v qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ixcham, arzon texnika va texnologiyalar

asosida qayta ishlash sohalarini rivojlantirish;

v resurs va energiyani tejamkor asbob-uskunalar ishlab chiqarish;

v dori-darmonlar tibbiyot texnikasi va asboblari ishlab chiqarish;

v turizm industriyasini rivojlantirish.

Xorijiy investorlarni manfaatli jalb etishda ularning sarmoyalarini

himoyalangan kafolatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Aks holda ular investitsiyani

milliy iqtisodiyotimizga kiritishda iqtisodiy jihatdan hadiksiraydilar. SHu bois,

chet ellik investorlarning o’z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug’urta qilish

huquqlarining kafolatganligi ularning mulklarini ekspropriatsiya qilishdan va

boshqa xatarlardan muhofaza qilinishini ta’minlaydi. Xorijiy investorlar o’z

faoliyatlari natijasida olgan foydalarini hech bir cheklovlarsiz chet elga

o’tkazishlari ham, ularni respublika hududida qayta investitsiyalashlari, yohud,

ulardan o’z istaklariga ko’ra boshqa maqsadlarda foydalanishlari ham

kafolatlanadi. Ana shunday qulay muhit tufayli ularning faoliyatlari rivojlanib

bormoqda.

O’zbekistonning dunyodagi mavqeining mustahkamlanib borishi, chet el

investitsiyalarini jalb etish uchun yaxshi sharoitlarning yaratilishi natijasida chet el

investitsiyalari ishtirokidagi qo’shma korxonalar soni ko’payib bormoqda. Ammo,

O’zbekistonda chet el investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilishning bir

qancha muammolari mavjud. Xususan, xorijiy investitsiyalarni joylashishida

mintaqaviy nomutanosiblik mavjud. Natijada chet el investorlarini mintaqalar




miqyosida jalb etish muvozanatga solinmaganligi saqlanib turibdi. Masalan,

faoliyat ko’rsatayotgan qo’shma korxonalarning 73,5 foizi Toshkentda joylashgan.

Hozirgi davrning muhim vazifalaridan biri tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada

erkinlashtirish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni qayta tashkil etish zarur.

Bu esa iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb qilish ishlarini yanada

jonlantirishga imkon beradi. SHuningdek, amalga oshirilayotgan investitsion

loyihalar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyati monitoringini

tashkil etish talab etiladi

Mintaqalar iqtisodiyotlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni

ko’paytirishning yanada bir yo’li joylarda ishlab chiqarish va bozor

infratuzilmalarini rivojlantirish hisoblanadi.

Bu borada keyingi yillarda respublika mintaqalarida mavjud sanoat va

infratuzilmalar salohiyatidan kelib chiqqan holda erkin va maxsus iqtisodiy zonalar

tashkil etish tajribasi kutilgan natijani bermoqda.

Jumladan, Navoiy viloyatida bunyod etilgan erkin iqtisodiy-industrial hudud

(«Navoiy» EIIH) mintaqaviy kommunikatsiya tarmoqlari kesishgan hududda

xususan, Ye-40 xalqaro transport yo’li yo’nalishining markazida joylashgan bo’lib,

nafaqat O’zbekiston uchun, balki butun mintaqa uchun iqtisodiy o’sish katalizatori

sifatida muhim ahamiyatga ega. Bugun bu hududda yangi tashkil etilgan

korxonalarda spidometrlar, avtomobillar uchun o’tkazgichlar, kompressorlar,

raqamli televizion tyunerlar, energiyani tejaydigan lampalar, yoritish uskunalari,

diodli lampalar, modemlar, polietilen va polipropilen quvurlar, kosmetika

vositalari hamda tibbiyot mahsulotlari ishlab chiqarish  keng yo’lga qo’yilgan.

SHuni alohida ta’kidlash joizki, «Navoiy» EIIH tufayli ko’plab korxonalar

birinchi toifadagi tarmoqlardan foydalanish huquqini qo’lga kiritdilar, hamda EIIH

ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tashuvchi va iste’mol qiluvchi xo’jalik

sub’ektlariga aylandilar. Bu yerda joylashgan qayta yuklash terminali esa

 multimodal yuklarni tashishda muhim ahamiyatga ega.

Erkin iqtisodiy-industrial hududda “O’zMinda” qo’shma korxonasi ham

alohida o’rin tutadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi ushbu  qo’shma




korxona «O’zavtosanoat» AK va Hindistonning «Minda Capital Ltd.» korxonasi

investitsiyalari asosida 2010 yilning 15 martida tashkil etilgan. Qo’shma korxona

tomonidan ishlab chiqarilayotgan spidometrlar, turli avtokomponentlar va

avtomobil xavfsizlik tizimi kabi mahsulotlarning asosiy iste’molchisi «GM

Uzbekistan» avtomobil zavodi hisoblanadi.


Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish