1.1-jadval.
Xorijiy investitsiyalarning chegaraviy qiymatlari
CHegaraviy darajasi
Indikator
nomi
KO1
KO2
KO3
K1
K2
K3
Xorijiy
investitsiyalar
hajmining
YaIM
hajmiga
nisbati, %
25
21
17
13
8
3
Agar ushbu tasnifiy indikatorlar bo’yicha O’zbekistonga jalb qilinib
kelinayotgan xorijiy investitsiyalar chegaraviy qiymatlarini tahlil qiladigan
bo’lsak, 2002-2012 yillar davomida xorijiy investitsiyalarning chegaraviy
qiymatlari 4,1 foizdan 5,0 foizga yoki qariyb 22 foizga ko’tarilgan. Lekin, shunday
bo’lsada, o’tgan 10 yillik oraliqda, chegaraviy qiymat ko’rsatkichi notekis
rivojlanib kelgan. Xususan, 2008 yilda 7,4 foizga, 2010 yilda esa 7,0 foizga
yetgani holda, 2010-2012 yillar oralig’ida 29 foizga pasaygan (2-ilova).
Bunday notekis dinamik xususiyatni shubhasiz, 2008 yildagi jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yuzaga kelgan jahon kapital bozoridagi
o’ziga xos faollikning keskin pasayishi, asosiy investitsiya resurslarini eksport
qiluvchi rivojlangan mamlakatlar hamda xalqaro moliya muassasalarining kapital
yo’naltirish bilan siyosatidagi tub o’zgarishlar bilan izohlash mumkin.
Mazkur diagramma ma’lumotlaridan ko’rinadiki, o’tgan 10 yil davomida
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarning chegaraviy darajasi K2ga
to’g’ri keladi. K2 inqirozli holatning tahlikali bosqichi bo’lib, albatta uning oldini
olish zarur hisoblanadi.
4
V.I.Yarochkin. Sekyuritologiya – nauka o bezopasnosti jiznedeyatelnosti. M.: «Os-89» 2000., s-67
Ayni paytda, mamlakatimizda erishilib kelinayotgan yuqori iqtisodiy o’sish,
bank va bankdan tashqari kredit institutlari kapitallashuv darajasining oshishi,
aholi jamg’armalari hamda korxona o’z mablag’larining yalpi investitsiya
hajmidagi ulushining o’sishi xorijiy investitsiyalar oqimidagi oqsoqlikning o’rnini
to’la qoplay oldi. CHunonchi, Respublikada amalga oshirilib kelinayotgan
iqtisodiy islohotlar natijalari ko’ra, “2012 yilda iqtisodiyotimizga 11,7 milliard 700
million dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi
ko’rsatkich 2011 yilga nisbatan 14 foizga o’sdi. Jami investitsiyalarning 22 foizdan
yoki 2 milliard 500 million dollardan ortig’ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi,
ularning 79 foizdan ko’prog’i to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir.
E’tiborga sazovor tomoni shuki, jami investitsiyalarning qariyb 74 foizi
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va
loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirildi”
5
.
2012 moliya yili davomida jami ichki va tashqi xorijiy investitsiyalar
hisobidan texnik va texnologik qayta jihozlash uchun yo’naltiriladigan
investitsiyalar hajmi 8 milliard 650 million dollardan oshgani yoki 2012 yildagi
barcha kapital qo’yilmalarning 74 foizini tashkil etgani printsipial muhim
ahamiyatga egadir.
Lekin, mamlakatga keltirilayotgan zamonaviy texnologiyalar mutloq asosiy
qismining xorijdan keltirilishini hamda milliy ichki investitsiya resurslarining
xorijiy texnologiyalarga yo’naltirilishi qo’shimcha valyuta zahiralari sarfini taqozo
etishini inobatga oladigan bo’lsak, xorijiy investitsiyalar chegaraviy qiymatining
pasayishini mutloq ijobiy baholash maqsadga muvofiq emas.
SHuningdek, milliy iqtisodiyotning alohida tarmoqlari bo’yicha xorijiy
investitsiyalarning chegaraviy qiymatlari aniqlanganda ahamiyatga molik bo’lgan
muammolar borligi aniqlandi.
5
“Bosh maqsadimiz– keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish” O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
hamda2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 18.01.2013 y
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2009 yil mamlakat YaIM
tarmoqlararo taqsimlanganda neft-gaz tarmog’iga 3851,9 mln. AQSH dollar,
telekommunikatsiyaga 1216,7 mln. AQSH dollar, moliya sektoriga 1364,8 mln.
AQSH dollar, transportga 9722,1 mln. AQSH dollar, yengil sanoatga 2184,9 mln.
AQSH dollar, energetikaga 1592,3 mln. AQSH dollar, kommunal xo’jalikga
2233,1 mln. AQSH dollar, kimyo sanoatiga 850,1 mln. AQSH dollar va
mashinasozlikga 2911,4 mln. AQSH dollar to’g’ri kelgan.
O’z o’rnida, O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya
va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, 2009 yili jalb qilingan xorijiy
investitsiyalarning neft-gaz tarmog’iga 1959,4 mln. AQSH dollar,
telekommunikatsiyaga 382,4 mln. AQSH dollar, moliya sektoriga 121,4 mln.
AQSH dollar, transportga 72,1 mln. AQSH dollar, yengil sanoatga 65 mln. AQSH
dollar, energetikaga 58,8 mln. AQSH dollar, kommunal xo’jalikga 57,6 mln.
AQSH dollar, kimyo sanoatiga 10,9 mln. AQSH dollar va mashinasozlikga 3,8
mln. AQSH dollar to’g’ri kelgan.
Indikativ yondashuv yordamida neftgaz tarmog’iga jalb qilingan xorijiy
investitsiyalar nisbati solishtirilganda ushbu ko’rsatkich 50,9 foizni,
telekommunikatsiyalar sohasida 31,4 foizni, moliya sektorida 8,9 foizni,
transportda 0,8 foizni, yengil sanoatda 3,0 foizni, energetika majmuasida 3,7
foizni, kommunal xo’jalikda 2,6 foizni, kimyo sanoatida 1,3 foizni hamda
mashinasozlikda 0,3 foizni tashkil qilgan.
Ushbu ko’rsatkichlardan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotning faqat neftgaz va
moliya sektoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmi ijobiy ko’rinish kasb
etadi. Qolgan tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilish hajmi esa juda past darajada
bo’lib, ushbu tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarni minimal darajada jalb qilinishiga
erishilmasa, tarmoqlarda oqsash hamda iqtisodiy pasayish kuzatalishini ko’rish
mumkin bo’ladi.
SHu o’rinda, 2008-2010 yillar mobaynida milliy iqtisodiyotga jalb qilingan
xorijiy investitsiyalar hajmini oshishi hamda tahlikali holatning birmuncha
yaxshilanganligiga qaramasdan, salbiy holat saqlanib qolmoqda.
Bundan tashqari, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar jalb qilish
bo’yicha investitsiya dasturlarining bajarilish holatining tahlili natijasida ayrim
muammolar mavjudligi ma’lum bo’lmoqda.
2009 yil yakuniga ko’ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil qilingan
4443 ta korxonadan faqat 4124 tasi yoki 92,8 foizi faoliyat yuritayotganligi
ma’lum bo’lib, qolgan 319 ta korxonalar ayrim muammolarga ko’ra o’z faoliyatini
to’xtatganligi aniqlangan. Xususan, faoliyat ko’rsatmayotgan xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarning 209 tasi – Toshkent shahriga; 16 tasi – Toshkent
viloyatiga; 10 tasi – Samarqand viloyatiga; 7 tasi – Andijon viloyatiga; 8 tasi –
Farg’ona viloyatiga; 16 tasi – Surxondaryo viloyatiga; 5 tasi – Buxoro viloyatiga; 6
tasi – Namangan viloyatiga; 4 tasi – Jizzax viloyatiga; 1 tasi – Navoiy viloyatiga;
13 tasi – Qashqadaryo viloyatiga; 7 tasi – Qoraqalpog’iston Respublikasiga; 13 tasi
– Sirdaryo viloyatiga; 4 tasi – Xorazm viloyatiga to’g’ri keladi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, faoliyat
yuritmayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 65,4% Toshkent
shahriga to’g’ri keladi. Lekin shunga qaramasdan, 2009 yildagi xorijiy
investitsiyalar jalb etish dasturi asosida ishga tushirilgan korxonalarning 80,4%
Toshkent shahri hissasiga to’g’ri kelgan.
Biroq 2009 yilning o’zida boshqa hududlarda joylashgan hamda xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishga talab sezgan 45 ta korxonalar mavjud bo’lib, ularning
20 tasi – Andijon viloyatida, 17 tasi – Buxoro viloyatida; 4 tasi – Qoraqalpog’iston
Respublikasida; 3 tasi – Navoiy viloyatida; 1 tasi – Jizzax viloyatida joylashgan.
Agar korxonalarni hududlarda tashkil qilinishi to’g’ri amalga oshirilsa va
mavjud muammolar bartaraf qilinmasa, faoliyat yuritmaydigan xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning soni yanada oshishi mumkin bo’ladi.
Tahlil natijasida, ushbu korxonalar o’z faoliyatini amalga oshirmayotganligi
quyidagi muammolar bilan bevosita bog’liqligi aniqlandi:
ü xom-ashyo sotib olishga aylanma mablag’larning yetishmasligi;
ü qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda xom ashyoning
yetishmasligi (pomidor, o’rik va b.);
ü infratuzilmaga oid muammolar, jumladan korxonalarning elektr energiya, tabiiy
gaz, suv va yoqilg’i-moy maxsulotlari bilan ta’minlashda uzulishlar;
ü texnologiya va asbob-uskunalarning eskirganligi, ishlab chiqarilgan
maxsulotning xalqaro standartlarga javob bermasligi va raqobatbardosh
emasligi;
ü korxonalarda marketing xizmatining to’g’ri tashkil qilinmaganligi, tovar ishlab
chiqaruvchilarning chet el bozorlari, ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari
to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlanmaganligi, korxonalarda marketing
bilan shug’ullanuvchi xodimlar bilimining yetarli darajada emasligi.
SHuningdek, tahlil davomida hududlarga xorijiy investitsiyalarning kirib
kelishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi muammolar ham mavjuddir:
v investitsiya infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi;
v tadbirkorlarning biznes-ko’nikmalari, shu jumladan investitsiya loyihalari bilan
ishlash tajribasi va huquqiy bilimlari yetarli darajada emasligi;
v investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va afzalliklardan foydalanishdagi to’siqlar;
v soliq, bojxona, bank sohalarida, shuningdek investorlarga yer ajratish bilan
bog’liq muammo va to’siqlar;
v Mahalliy hokimliklar tomonidan u yoki bu masalalarni hal etishga oid
qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilinmasligi, byurokratik to’siqlarning mavjudligi;
v investitsiya takliflari va loyiha texnik-iqtisodiy asoslarining belgilangan
talablarga javob bermasligi;
v loyiha tashabbuskorlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvolining nochorligi;
v mahalliy hokimliklarning xorijiy investorlarni hudud to’g’risida batafsil
ma’lumotlar bilan ta’minlashda faol ishtirok etmayotganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |