“Uchinchi renessans: ilm-fan va
ta’lim taraqqiyoti istiqbollari”
ISSN 2181-1784
425
w
www.oriens.uz
2021
January
edi. 1945 yildan boshlab hind-ingliz, keyinchalik hind-amerika qo‘shma korxonalari
tuzila boshlandi
38
.
Javoharlal Neru Hindistonning Buyuk Britaniya mustamlakalari ichidagi
o‘rniga baho berib shunday degan edi: “…Biz hech qachon unutmaymizki, bizning
asosiy maqsadimiz hind xalqining hayot darajasini ko‘tarish – ruhiy va ma’naviy,
hamda siyosiy va iqtisodiy. Xalqning haqiqiy ichki kuchi bilan biz buni tiklaymiz,
qolgan barchasi muqarrar ravishda o‘z o‘zidan keladi”. 1945 y.
39
Shuning uchun ham, 1947 yilda 14 avgustdan 15 avgustga o‘tar kechasi
Hindiston milliy kongresi prezidenti Javoharlal Neru, Ta’sis Kengashi oldida
ma’ruzaga chiqib “Ko‘p yillar avval biz taqdir bilan uchrashdik, endi esa o‘z
va’dalarimizni amalga oshirish fursati yetdi… Bizning kelajagimiz oddiy va yengil
bo‘lmaydi…Hindistonga xizmat qilish, aziyat chekayotgan millionlab odamlarga
xizmat qilish deganidir. Bu qashshoqlik, kasallik, imkoniyatlar tengsizligini bartaraf
etish kerakligini anglatadi. Shuning uchun biz, orzularimizni amalga oshirishimiz
uchun, ishlashimiz, mehnat qilishimiz, ko‘p mehnat qilishimiz kerak. Bu orzularimiz
Hindiston uchun va butun dunyo uchun kerak, chunki barcha xalqlar va mamlakatlar
shu qadar bir-biri bilan bog‘liqki, ular o‘z hayotlarini yakkalikda tasavvur eta
olmaydilar”,
40
– deb ta’kidladi.
Kongressning bu majlisidan keyin, majlis a’zolari qasomyod qildilar,
“Hindiston va xalqiga xizmat qilish, bu qadimiy yer dunyo va insoniyat baxti uchun
qo‘shgan buyuk kelajagiga xizmat qilishdir“
41
. Qasamyod qabul qilingandan keyin
majlis raisi Rajendra Prasad elon qildiki, majlis Hindistonni boshqarishni o‘z
vakolatiga oladi.
So‘ng qaror qabul qilindi, Luis Mauntbetten Konstitutsiaviy Hindiston
dominionini general-gubernatori bo‘lishga taklif qilindi. Hindiston oliy sudyasi
general-gubernatorning qasomyodini qabul qildirdi, va Javoharlal Neruni mamlakat
bosh vazirlik lavozimini tasdiqladi.
Mauntbetten Tasis Majlisi ishtirokida aytgan edi, “ Bugungi kundan men
konstitutsiyaviy general-gubernator etib tayinlandim va men sizlardan so‘rar edimki,
meni o‘zlaringizdan biri deb hisoblashingizni, men o‘zimning bor kuchim bilan
Hindiston manfaatini himoya qilishga so‘z beraman” Mauntbetten Gandining
38
Левковский А. И. Особенности развития капитализма в Индии. –
М.: Изд-во вост. лит., 1963. –
C. 326-329,
347-359.
39
Неру Дж. Открытие Индии. –
М.: Изд. ИЛ,
1955. – С. 55.
40
Congress Varnika. Centenaiy commemorative volume. Official Journal of the AICC (I). Vol. 2, December 1985. –
№12, New Delhi, P. 105. (далее - Varnika).
41
Ibid. P, 106
.
Do'stlaringiz bilan baham: |