Terrorizm - insoniyat hayotiga tahdid
1999-yilning 16-fevral kuni Toshkent shahrining bir necha joyida kuchli portlashlar yuz berdi. Natijada begunoh odamlar ha- lok bo‘ldilar. Yuzlab odamlar turli darajadagi og‘ir tan jarohatlari oldi. Bir qancha ma’muriy va turar joy binolari jiddiy zarar ko‘rdi. Terrorchilar bu xatti-harakatlari bilan butun mamlakat aholisining qahr-u g‘azabini uyg‘otdi.
Terrorizm harakatlari insoniyat tarixida yangilik emas. Qo‘po- ruvchilik hollari turli davrlarda, turli mintaqalarda xilma-xil shakl- da sodir bo‘lib kelgan. U hamma vaqt insoniyat hayotiga tahlika va tahdid solib, turli g‘arazli maqsadlaming, g‘oyalar va xohish- irodalaming timsoli sifatida yashaydi.
Terrorizm - insoniyat dushmani, taraqqiyot va yuksalish ku- shandasi.
Terrorizm ma’lum bir guruhning shaxsiy manfaatlari, o‘z orzu- umidlari va g‘ayriinsoniy xatti-harakatlari majmuasidir. Ayni paytda u ana shu maqsadlaming amalga oshishi uchun har qanday xunrez- liklar, qotilliklar va zulmdan qaytmaydi.
Terrorizm - xatti-harakatlarining mazmuni va mohiyati bevosita zo‘ravonlik, inson hayotiga tahdid va uning huquqlarini poymol etish bilan bog‘liq bo‘lgan, butun mamlakatni xonavayron qilishga olib keladigan, xalq, millat va mamlakat taqdirini butunlay boshqa o‘zanga burib yuborib, o‘z maqsadi va g‘oyalarining ro‘yobi uchun hech narsadan tap tortmaslikdir. Ayni paytda u har qanday fikrlash, aql-idrok doirasida ish yuritishdan xoli bo‘lgan shafqatsizlik, ashad- diy xunxo‘rlik, jazava va tazyiq bilan yovuz niyatini amalga oshira- digan bir to ‘ da olomon faoliyatidir. '
Terrorizm turli mamlakatlarda turli shakllarda va har xil maq- sadlar asosida dunyoga keladi, urchiydi, ko‘payadi va yashaydi. Ma’lum bir mamlakat xalqlarining dunyoqarashi, ma’naviy-ruhiy qiyofasi, aniqrog‘i ehtiyojlari, turmush tarzi bevosita ana shunday jarayonlaming shaklini, qiyofasini, mohiyatini va rivojlanish jara- yonlarini, boshqacha qilib aytganda, evolutsiyasini belgilaydi.
0‘zbekistonda yuz bergan terrorchilik harakati ayni xalqimiz turmushi, an’analari, urf-odatlari va aqidalarini o‘zida mujassam et- gan, uning eng nozik his-tuyg‘ularini hisobga olgan holda yuzaga keldi. Darhaqiqat, xalqni qo‘zg‘atish va ularga ta’sir o‘tkazish uchun xuddi ana shu nozik va ta’sirchan omillardan biri Islom omilidan ustomonlik bilan foydalandilar va bu tendensiya hozir ham davom etmoqda.
Zotan, Islom dini o‘zbek xalqi ma’naviy, ma’rifiy va ruhiy ola- miga katta ta’sir o‘tkazgan, xalqimiz turmush tarzidan juda chuqur o‘rin olgan katta ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Haqiqatan ham Islom dini yuksak madaniyat va axloqiy mezonlami o‘zida mujassam etgan qudratli mafkura, ilohiy ta’limot sifatida hayotimizdan, qalbimizdan,
M«4U O'zbekist,
Do'stlaringiz bilan baham: |