Birinchidan, aqidaparastlikni yoyish orqali musulmonlaming davlatning islohotchilik faoliyatiga ishonchini barbod qilish, mamlakat va xalq taqdirini belgilaydigan barqarorlikni, fuqarolararo va millatiararo totuvlikni buzish yo‘lidagi xatti-harakati ko‘zga tashlanayotganini ko‘rsatadi. Fanatizm va ekstremizm dunyoviy davlatchilik tamoyillarini tan olmaydi. Haqiqiy demokratiyani, uning siyosiy va ma’naviy ahamiyatini inkor etadi. Ko‘pmillatli va ko‘pdinli jamiyatda ma’naviy xudbinlik orqali o‘z mavqeyini ko‘tarishga intiladi, boshqa dinlami kamsitish va inkor qilish yo‘li bilan xalq hayotini jar yoqasiga olib boradi.
Ikkinchidan, «Fundamentalistlarning adolat haqidagi olo- monbop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da’vatlariga ko‘r- ko‘rona ergashuvchilar o‘zgalar irodasining quli bo‘lib qolishini angiashimiz lozim», deydi Prezident I. Karimov. Darhaqiqat, bu hayqiriq va baqiriqlar yuzaki qaraganda odamlami o‘ziga jalb etadi, kundalik mayda kamchiliklami dunyoviy tashvishga aylantirib, ularning qalbida hayotga nisbatan norozilikni kuchaytiradi, ruhiyatida parokandalik va parishonlik, oxir-oqibatda esa tarkidunyochilik kay- fiyatini uyg‘otadi. Insonning yaratuvchilik qudrati, mehnat qilish va yashash iqtidori susayadi. Xonanishin kayfiyat qurshovida qoladi.
Qolaversa, allaqanday hayqiriqlar va shiorlar girdobiga tu- shib qolgan kishi o‘zini ruhan erkin his qila olmaydi. Shaxs erkinligi, uning yashash erki va butun fikriy-ma’naviy ozodligi ko‘zga ko‘rinmas tor chegaralar doirasida biqinib qoladi. Natijada o‘sha qobiqdan chiqolmaydi, bu keng va rang-barang olamni diqqinafas xonadangina iborat deb biladi, o‘sha qobiq ichida yashaydigan va fikrlaydigan bo‘lib qoladi. Hurfikrlilik, ozod yashash, ozod fikrlash jozibasidan mahrum bo‘ladi. Oqibatda o‘zi anglamagan holda kim- largadir mute bo‘lib qoladi. Tobelik uni butunlay o‘rab-chirmab ola- di. Taraqqiyot ana shu yo‘l bilan to‘xtatiladi. Harakatsiz, tushkun va mo‘rt hayot shakllanib boradi.
Uchinchidan, aqidaparastlik haqiqiy dindorlar va soxta dindor- lar o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytiradi. Natijada bir mamlakat aholisi o‘rtasida g‘oyaviy nizolar, bir-biri bilan kelisha olmaslik illatlari paydo bo‘ladi. Bu illatlar ozgina his-hayajon bilan boyitilsa, qonli to‘qnashuvlarga aylanib ketishi hech gap emas. Bunday salbiy hodisalami yon-atrofimizdagi musulmon mamlakatlarda yuz bera- yotgan voqealar misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |