Uchinchi kitob


dekabr - Konstitutsiya kuni



Download 57,25 Mb.
bet26/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

8 dekabr - Konstitutsiya kuni.
Ramazon Hayiti (Iyd al-Fitr) - Diniy bayramning birinchi kuni.
Qurbon Hayiti (Iyd al-Adha) - Diniy bayramning birinchi kuni.
Ko‘ppartiyaviylik negizida 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj­lisi davlatimizning jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilish strate- giyasidan kelib chiqib, demokratik o‘zgarishlaming huquqiy bazasi- ni izchillik bilan mustahkamlay bordi. Shunday qilib Oliy Majlisning 1995-1999-yillarda 15 ta sessiyasi bo‘lib, ularda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 ta qonun, 460 dan ortiq qaror qabul qilindi, amaldagi deyarli barcha qonun hujjatlarining qo‘llanish amaliyoti o‘rganildi, qonunlarga 200 dan ortiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
0‘zbekiston jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni tezlash- tirish tarafdori ekanligini tasdiqlab, parlament 95 ta xalqaro bitim va shartnomani ratifikatsiya qildi, 43 ta xalqaro konvensiyaga qo‘shilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Chaqiriq mobaynida Oliy Majlisning xalqaro aloqalari anchagi- na kengaydi, parlamentlarda delegateiyalarining almashinuvi o‘sdi. 0‘zbekistonga 200 dan ortiq chet el delegatsiyasi, shu jumladan Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Rossiya, AQSH, Tur- kiya, Xitoy, Shveysariya, Yaponiya va boshqa qator mamlakatlaming delegatsiyalari tashrif buyurdi.
0‘zbekiston parlamentida Germaniya, Turkiya, Latviya, Pokis- ton, Italiya, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldova va Bolgariya davlatlarining boshliqlari, Litva, Ukraina, Qozog‘iston,Turkiya va Belgiya hukumatlarining rahbarlari, Gruziya, Latviya, Rossiya Federatsiyasi parlamentlarining spikerlari, shuningdek, Yev- ropa, Osiyo, Afrika va Amerika qit’alarining 50 dan ortiq mamlakat- laridan taniqli jamoat va siyosat arboblari qabul qilindi.
Oliy Majlis deputatlari xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda qatnashdilar, Oliy Majlis delegatsiyalari 30 dan or­tiq mamlakat, shu jumladan Germaniya, Daniya, Hindiston, Polsha, AQSH, Fransiya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlaraing parlament- lari ishi bilan tanishdilar.
Chaqiriq mobaynida parlamentda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan katta ish olib borildi. Hisobot davrida Oliy Majlisga jami 18 mingdan ortiq ariza va shikoyatlar tushdi. Chaqiriq mobaynida e’lon qilingan har bir qonun loyihasi yuzasidan 500 ta- dan 2000 ga qadar taklif kelib tushdi va ular o‘rganib chiqildi.

  1. yi! 5 va 19-dekabr kunlari ikkinchi chaqiriq 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga deputatlar saylandi. Saylangan depu- tatlardan 0‘zbekiston Parlamentining yangi tarkibi shakllandi. Ma’lumki, jahon miqyosida qaror topgan xalqaro andozalarga ko‘ra, Parlamentda o‘rin olish uchun kurash olib borgan siyosiy partiyalar va boshqa manfaatdor tashkilotlar saylovlardan so‘ng mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organida o‘z g‘oyalari hamda maqsadlarini ifoda etuvchi va yoqlovchi deputatlik fraksiyalarini tuzadilar.

  2. yil 11-yanvar kuni bir qator siyosiy partiyalardan saylan­gan deputatlar o‘z yig‘ilishlarini o‘tkazdilar.

Markaziy saylov komissiyasi raisi N.Komilov boshqarib bor­gan bu yig‘ilishlarda siyosiy partiyalaming Oliy Majlisdagi deputat­lik fraksiyalarini tuzish va ulaming rahbarlarini saylash masalalari ко‘rib chiqildi.
0‘n bir kishidan iborat «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasiga deputat T.Daminov, yigirma kishidan iborat «Vatan ta­raqqiyoti» partiyasi fraksiyasiga deputat A.Tursunov, o‘n kishidan iborat «Milliy tiklanish» partiyasi fraksiyasiga deputat I.G‘afurov, o‘ttiz to‘rt kishidan iborat «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi fraksiyasiga deputat E.Norbo‘tayev rahbar etib saylandi.

  1. yil 11-fevral kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birin­chi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 25-26-may kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi sessiyada «Vatan taraqqiyoti» MD partiyasi va Fidokorlar partiyasi fraksiyalari birlashtirildi, fraksiya raisi etib esa A.Tursunov tasdiq- landi.

0‘zbekiston XXI asrga jamiyat rivojida tez sur’atlar bilan o‘zgarishlar yuz berayotgan, odamlaming siyosiy ongi va dunyoqa- www.ziyouz.com k^ubxonasi
rashi о‘sib borayotgan, mamlakatimiz jahon hamjamiyatidan muno­sib o‘rin olib borayotgan davrda qadam qo‘ydi.
Mana shu jarayonlami chuqur tahlil qilgan davlatimiz rah­bari 2000-yil II chaqiriq Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasida qilgan «0‘zgarish va yangilanish - hayot talabi» nomli ma’ruzasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bu mamlakatimizda demokratik islohotlami bosqichma - bosqich amalga oshirish tamo- yiliga to‘la mos edi.
Shu bois ham 2001-yil 6-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish g‘oyasi muhokama qilindi va buning uchun zarur omillar - yuqo- ri malakali siyosatshunoslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakl- langanligini, shuningdek, ko‘ppartiyaviylik tizimi qaror topganli- gini hisobga olib mamlakatda ikki palatali parlament tuzish zarur, degan xulosaga keldi. Oliy Majlisning yettinchi sessiyasi 2002-yil 27-yanvar kuni keyingi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakl­lantirish masalasi bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish byulleteniga «Siz kelgusi chaqiriq 0‘zbekiston Respublikasi parla- menti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan savol kiri­tildi.
Referendum 2002-yil 27-yanvar kuni demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoatchilik vakillari, xorijiy davlatlar, xal­qaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 13266602 nafar fuqarolarning 12113070 nafari yoki 91,58 foizi ish­tirok etdi.
«Siz kelgusi chaqiriq 0‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashganlaming 11344242 nafari yoki 93,65 foizi yoqlab ovoz berdi. Saylovchilar ikki palatali parlament tuzish masalasini qo‘llab - quwatladilar.
Referendum yakunlari xalqimizning, bir tomondan, damokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyoti­ga o‘tishdan iborat 0‘zbekiston yo‘lini qo‘llab - quwatlayotganini ko‘rsatdi. Ikkinchi tomondan, islohotlami izchil va qat’iylik bilan davom ettirish va yanada chuqurlashtirishni katta umid bilan kuta- yotganligini bildirdi.
2002-yil 4-5-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonun va «2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan 0‘zbekiston Respublikasi referendumining yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining aso­siy yo‘nalishlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki pala­tali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bundan keyin ham 0‘zbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik organi - parlamentining nomi Oliy Majlis deb atalaveradi. Uning tarkibida ikki palata tuziladi. Quyi palata - qonunchilik pala­tasi, yuqori palata - Senat deb ataladi. Biroq ikki palatali parlament darhol tuzilmaydi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisi bir palatali par­lament sifatida u saylangan muddatda 2000-2004-yillarda faoliyat yuritadi. Natijada ikki palatali parlament 2004-yilning dekabr oyi- da o‘tkaziladigan saylovlar asosida shakllantiriladi. Quyi palataga 120 deputat saylandi. Senat 100 ta senatordan iborat bo‘ldi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi. Prezident tomonidan tayinlanadi- gan 16 nafar el-yurtda obro‘ - e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi. Bu mamlakatimizda milliy davlatchiligimiz taraq- qiyotida yangi bosqich boshlanganini bildirar edi.
2005-yil 28-yanvarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Sena­tining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari I.A. Ka­rimov «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh qilishdir», de­gan mavzuda ma’mza qildi va 0‘zbekistonning bundan buyon mus­taqil, o‘ziga mos va xos taraqqiyot yo‘lidan borishi bilan bog‘liq ham nazariy, ham amaliy yo‘l-yo‘riqlami ko‘rsatib berdi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz rahbari ushbu ma’ruzasida 2004-yil dekabr oyida o‘tkazilgan saylovlar yakuni bo‘yicha o‘z xu- losalarini bildirar ekan, jamiyat hayotini isloh qilish tizimining bu- gungi holatiga alohida e’tibor qaratib, «mamlakatimizning demok­ratik yangilanish va erkin ijtimoiy tuzumga xos bo‘lgan barcha asosiy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘Iidagi bosqichma-bosqich, izchil harakati hozirgi kunda hech qanday kuch to‘xtata olmaydigan muqarrar, qonu­niy jarayonga aylandi», - deya baho berdi.
Darhaqiqat, istiqlolning o‘tgan davri mobaynida mamlakatimiz­da izchillik bilan amalga oshirilib kelinayotgan jamiyat hayotini er­kinlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo qilish, bir so‘z bilan aytganda ijtimoiy hayotni tubdan yangilash jarayonlarining tadrijiy rivojlanishi bugungi kunda o‘zining shunday bir bosqichiga erish- diki, endilikda bu jarayonga ta’sir ko‘rsatish tom ma’noda faqat shu jamiyat a’zolari, ya’ni 0‘zbekiston xalqi xohish-istagi orqaligina amalga oshishi mumkin. Buni 0‘zbekistonning o‘tgan davri tarixida qo‘lga kiritilgan natijalar yaqqol isbotlaydi.
0‘tish davri va milliy davlatchilikni Ьафо etish sharoitida ob- yektiv zarurat bo‘lgan kuchli davlatdan ~ kuchli fuqarolik jamiyatiga izchil va bosqichma-bosqich o‘tishga erishish ushbu davrda davlat tizimini isloh etishning asosiy va hal qiluvchi vazifasi bo‘lishi dar- kor. Bu davrda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshiri- layotgan demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi - 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatali parlamentga aylantirildi.
Bu boradagi asosiy vazifa quyi palata - Qonunchilik palata- sini muntazam faoliyat ko‘rsatadigan professional organga aylan- tirish, yuqori palata - Senatni hududlar manfaatlarini ifoda qiladi- gan vakillik organi sifatida shakllantirishdan iborat edi. Shu tariqa qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining sifatli va asosli bo‘lishiga erishish bilan bir qatorda, o‘zaro mutanosiblik va muvozanatni saq- lash bo‘yicha samarali tizimi yaratilmoqda, umumdavlat va hududlar manfaatlarining o‘zaro muvozanati ta’minlanmoqda, aholining mam­lakatimiz ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki ko'lamini yanada kengaytirish imkoni tug‘ilmoqda.
Ikki palatali parlamentimizning huquq va vakolatlarini ken­gaytirish, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat o‘rtasidagi vakolatlaming yanada muvofiqlashuvini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarai hal etishda Prezident vakolatlarining bir qismini yuqori palata - Senatga o‘tkazish, shuningdek, Bosh vazir huquq va vako­latlarini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etdi.

  1. §. Milliy davlat tizimining barpo qilinishi, boshqaruvda yangi usullaming qaror topishi

Insoniyat tarixidan ma’lumki, har qanday jamiyatda davlat va boshqaruv, o‘sha davlat konstitutsiyasida ko‘zda tutilganidek, uning tub maqsadlariga mos bo‘lishi kerak. Buni 0‘zbekiston mustaqillik­ka erishgandan keyingi ijtimoiy hayot ham taqozo qila boshladi.

  1. yil sentabr oyidayoq Prezident I. Karimov: «Biz 0‘zbekiston davlati milliy siyosatining aslida barcha yo‘na- lishlarini va strategiyasini qamrab oluvchi keng ko‘lamdagi va istiqbolga mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqdik va amalga oshira boshladik. Bu siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri boshqarishning demokratik shakliga, umuminsoniy qadriyatla- riga asoslanuvchi real mustaqil milliy davlatchilikni qaror topti- rish», - deb ta’kidlagan edi.

0‘zbekiston Konstitutsiyasining 89-moddasida qayd qilingani- dek, «0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 0‘zbekiston Respublika­sida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘idir».
Konstitutsiyada ko‘zda tutilganidek, 0‘zbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyati oliy idoralari tizimiga respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi kiradi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat suvereniteti, xavf- sizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlami amalga oshirish yuzasidan zarur chora- tadbirlar ko‘radi.
Ma’lumki, 0‘zbekiston Prezidenti lavozimining ta’sis etilishi 1985-yil aprelida sobiq Ittifoqda boshlangan qayta qurish jarayonlari bilan, ayniqsa, 1988-89-yillardayoq avj olib ketgan iqtisodiy va si­yosiy islohotlar bilan bog‘liq.
Shu yillarda «yuqori»ning ko‘rsatmalariga o‘rganib qolgan mar­kaziy va mahalliy boshqaruv idoralari qayta qurish jarayonida awal- gi ma’muriy-buyruqbozlik ish uslubi uchun qattiq tanqidga uchradi, ular yangi sharoitga mos ish uslubini topishga qiynaldilar. Natijada davlat hokimiyati birmuncha kuchsizlandi. Belgilangan iqtisodiy va ijtimoiy rejalar bajarilmay qolaverdi. Ishlab chiqarishga davlat rah- barligi bo‘shashib, xalqning moddiy va madaniy turmush darajasi tobora pasaya bordi. Qonunlar va hukumat hujjatlarining ijrosi us- tidan nazorat kamaydi. Xullas, mamlakatda boshboshdoqlik xavfi ortib borib, davlat hokimiyatini markazda ham, joylarda ham ku- chaytirishga jiddiy ehtiyoj tug‘ildi. 1990-yillar boshlarida iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bir qatorda ijtimoiy va milliy muammolar ham kuchaydi, boshqacha qilib aytganda «markazdan qochirma kuchlar» faollashdi, natijada qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatini birlash- tiruvchi, ulaming jamiyat uchun nafini oshiruvchi yangi institutga ehtiyoj tobora sezila bordi.
Bu ehtiyoj 1990-yil mart oyida SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari uchinchi Syezdida atroflicha muhokama qi­lindi va SSSR Konstitutsiyasiga SSR Ittifoqi Prezidenti lavozimi- ni ta’sis etish hamda uning vakolatlarini belgilash haqida muayyan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 0‘shanda ba’zilarda ushbu lavozimning joriy etilishi yakka shaxsning diktaturasini keltirib chiqarishi mumkin, degan xavf va cho‘chishlar ham mavjud edi. Hatto, unga ko‘r-ko‘rona qarshi chiqqanlar ham bo‘ldi. Masalan, o‘sha syezdda xalq deputati Y.N.Afanasyev «Regionlararo deputatlar gruppasining a’zolari prezidentiik lavozimining joriy etilishiga sal- biy munosabat bildirdilar va syezdda Prezident saylanishiga qat’iy qarshi chiqmoqdalar», - dedi.
Ittifoq Konstitutsiyasiga SSSR Prezidentining huquqiy maqo- mini belgilash yuzasidan kiritilgan qoidalarda bu lavozimning de- mokratik tabiatini belgilash yuzasidan qator kafolatlar ham mustah- kamlab qo‘yildi. Jumladan: Prezidentning xalq tomonidan saylab qo‘yilishi, uning ko‘pi bilan ikki muddatga saylanishi, qonun chiqa­ruvchi idora nazorati ostida bo‘lishi va vaqti-vaqti bilan ichki hamda tashqi ahvol haqida unga axborot berib turishi, Prezident vakolatlari- ning Konstitutsiya va qonunlar bilan aniq belgilanishi, uning qoshi- da maxsus kengashning mavjud bo‘lishi va boshqalar ko‘zda tutildi. Bu kafolatlar Prezident yakka hokimligining kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun muhim vositalar bo‘ladi, deb hisoblandi. Albatta, sobiq mamlakatda prezidentiik lavozimining kelib chiqishi haqida bayon etilgan yuqoridagi fikrlar 0‘zbekistonda shu institutning vu­judga kelishiga ham bevosita va to‘liq taalluqli.
Ma’lumki, 1990-yil 24-martida 0‘zbekiston SSR Prezidenti la­vozimini ta’sis etish hamda 0‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra respublikada Prezident lavozimi ta’sis qi­lindi. Bunda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, siyosiy o‘zgarishlami chuqurlashtirish, konstitutsiyaviy tuzumni, fuqarolar­ning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustahkamlash, respub­lika davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy idoralarining o‘zaro aloqa- sini takomillashtirish ko‘zda tutildi. Shu munosabat bilan respublika Konstitutsiyasi respublika Prezidenti haqidagi yangi - 12-bob bilan to‘ldirildi.
Ushbu bobda Prezidentiik boshqaruvi ta’sis etilishiga bog‘liq quyidagi qoidalar belgilandi.
Dastlabki konstitutsion qoidada Prezident faoliyatining demok­ratik taomillari ko‘rsatib berildi. Uning huzurida Prezidentiik Ke­ngashi ishlaydi. Kengashning vazifasi davlat ichki va tashqi siyosa- tining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash choralarini ishlab chiqishdan iborat edi. Kengash tarki­biga Vazirlar Kengashi Raisi ham kiradi, uning ishida 0‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Oliy Kengashlarining Raislari ham qatnashish huquqiga ega bo‘ldi. Prezident Respublika Konstitutsiyasi va qonun­lari asosida hamda ulami ijro etish yuzasidan farmonlar chiqaradi. 0‘zbekistonda yangi jamiyat qurish borasida tajribalar orttirilishi bi-Ian Prezidentiik boshqaruvi tobora takomillasha boradi. Jumladan, 1990-1992-yillarda Prezidentiik Hokimiyati bilan Vazirlar Kenga­shining ijroiya boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborilib Vazirlar Kengashi Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantiril- di. 1990-yil 15-noyabrida Prezident I. Karimov «0‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida» Farmon chiqardi.
Prezidentning ushbu farmoni asosida dehqonchilik sanoati, xalq iste’moli mollari, qurilish-naqliyot, mashinasozlik, yoqilg‘i- energetika, umumiqtisodiyot, moddiy-texnika, madaniyat ishlari komplekslariga ajratilib, uning rahbarlari belgilandi va ular Vazir­lar Mahkamasi tarkibiga kiritildi. Prezident ayni bir paytda Vazir­lar Mahkamasi Raisi bo‘lib qoldi. Shunday qilib, Prezident ikkinchi bosqichda respublikada oliy ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amal­ga oshiruvchi oliy martabali shaxsga aylandi va ayni bir paytda dav­lat boshlig‘i ham hisoblandi. Endilikda u faqat farmonlar emas, balki qarorlar va farmoyishlar ham qabul etadigan bo‘ldi.
Vitse-Prezident lavozimi ham ta’sis etilib, u Vazirlar Mahkama­siga rahbarlik qiluvchi, uning ishini uyushtiruvchi shaxsga aylangan edi. Biroq, ikkinchi bosqichda joriy etilgan Vitse-Prezident lavozimi o‘zini oqlamadi. Shu boisdan 1992-yil 4-yanvardagi Qonun bilan u tugatilib, 0‘zbekiston Respublikasining Bosh Vaziri lavozimi ta’sis etildi. U Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qiladi va uning ishini tash­kil etadi, deb belgilandi. Prezident ayni paytda Vazirlar Mahkamasi­ga Rais hisoblanadi. Shu munosabat bilan 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi birinchi qismiga quyidagi qoida kiritildi. «0‘zbekiston Respublikasining hukumati Bosh Vazirdan, Bosh Vaziming birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlaridan, mamlakat vazirlaridan, davlat qo‘mitalarining raislaridan, yirik konsemlaming va birlashmalaming rahbarlaridan iborat bo‘ladi».
0‘zbekistonda prezidentiik institutining yuzaga kelishi va ta- komillashuvida 1991-yil 18-noyabrida qabul qilingan «0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun katta ahami­yatga ega bo‘ldi. Unda fuqarolarning shu sohadagi saylov huquqi, saylovni o‘tkazish, prezidentlikka nomzodlar ko‘rsatish va ulami ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlarini chiqarish tartibi o‘z ifodasini topdi.
0‘zbekistonda prezidentiik boshqaruvining yanada takomil- lashuvida «0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi» muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki yangi Asosiy Qonunga muvofiq, Prezidentning huquqiy maqomi yanada takomillashdi va ma’lum da-
www.ziyouz.com.^utubxonasi
rajada kengaydi. Chunonchi, Prezident lavozimiga 35 yoshdan ki- chik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil 0‘zbekistonda muqim yashagan respublika fuqarosi saylanishi mumkin, deb belgilandi.
Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda siyosiy partiyaga a’zoligini to‘xtatib turadi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas, deb ko‘rsatildi. Bu yerda shuni ta’kidlash kerakki, Prezident vakolatlarining kengaytirilishi 0‘zbekistomiing davlat mustaqilligiga erishuvi tufayli sodir bo‘ldi. Yangi Konstitutsiyada belgilab qo‘yildiki, Prezident mustaqil davlat rahbari sifatida muzo- karalar olib boradi va respublika shartnomalarini imzolaydi, ulaming bajarilishini ta’minlaydi, o‘z huzuridagi akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillarining ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi, viloyat, tuman, shahar va xo‘jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi, lavozimidan ozod etadi, o‘z vako- latiga berilgan boshqa ichki va tashqi siyosatga doir masalalami hal qiladi.
Shunday qilib, Q‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakat ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, fuqarolami himoya qiluvchi oliy darajadagi ijroiya hokimiyati vujudga keltirildi, milliy davlatchilikda jahon tan olgan o‘ziga xos tajriba to‘plandi.
Ma’lumki, LA. Karimov milliy davlatchilikni shakllantirishga doir barcha nutq va asarlarida kuchli ijroiya hokimiyatining jami- yatda yuz berayotgan yangilanishlar, yangicha tafakkur, tashab- bus va islohotchilik faoliyatini o‘tmish illatlaridan, boqimandalik, tekinxo‘rlik kasalligidan asrash, qonunning to‘la quwat bilan ish- lashini ta’minlash zarurati deb, hisoblaydi. Shuning uchun ham u «Ozodlik» radiostansiyasi muxbiri bilan suhbatda: «Наг qanday qonun faqat ijro qilingan taqdirdagina qonundir. Qonunning amalda ishlashi uchun esa unga yordamchi aktlar tuzish, eng asosiysi esa, uni hayotga tatbiq etish kerak. Chunki hayotimizda parokandalik, tushunmovchilik va hatto, ushbu parokandalik va xaosni qo‘llab-quwatlab, loyqalatilgan suvdan o‘z manfaatiga mos ko‘p narsalarni olishni ko‘zlovchi juda ko‘p kuchiar mav- jud.
Endi siz ayting-chi, kuchli bo‘Imagan hokimiyat qonunlar- ning, ba’zida unchalik ommalashmagan qonunlarning hayotga tatbiq qilinishini ta’minlashi mumkinmi? Axir, qonun xo‘jaIik iqtisodiy sohasiga tatbiq qilinishidan ilgari odamlarning ongi- ga yetib borishi shart emasmi? Faqat hayotning o‘zigina odam- far tafakkurini o‘zgartirislii mumkin. Biz bu bosqichni bosib o‘tishimiz kerak. Bunday davrda agar muhim yo‘natishlarni belgilab beruvchi, fuqarolarm himoya qiluvclii, oddiy odamlar va ularning bolalarini himoya qiluvchi, ularning eng muhim ka- folat - mehnat kafolati bilan ta’minlaydigan kucMi hokimiyat bo6lmasa qaiiaqasiga inson huquqlari va erkinliklarini kafolat- lash haqida gap bo6!ishi mumkin», - deb ta’kidlagan edi.
Mavzuga doir material
O6zbekistoiming maqsadlari va ustunliklari

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish