Uchinchi kitob


yil 5-noyabr, Urganch shahri«Alpomish» dostonining 1000 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘z!angan nutq



Download 57,25 Mb.
bet136/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

yil 5-noyabr, Urganch shahri«Alpomish» dostonining 1000 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘z!angan nutq
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Kechagina biz xalqimiz ozodligi yo‘lida jon fido etgan milliy qahramonimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini keng nishonladik.
Bugun esa ajdodlarimiz badiiy dahosining bebaho yodgorligi

  • «Alpomish» dostonining 1000 yilligi bayramida siz azizlar bilan diydor ko‘rishib turganimdan g‘oyat mamnunman.

Har qaysi millatning o‘z afsonaviy bahodiri, sevgan pahlavoni bor. Alpomish nomi ham bizning shuurimizga munis onalarimiz ayt- gan allalar bilan kirgan. Ajdodlar yodi, faxr-u g‘ururi bizning xotira- mizga Alpomish timsolida jo bo‘lgan.
«Alpomish» - o‘zbekning o‘zligini namoyon etadigan, mard va tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlod- lardan avlodlarga o‘tkazib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir.
Xalqimiz azaldan o‘z vujudi, o‘z tomirida mavjud ilohiy qudrat- ga munosib bo‘lmoqqa intilib yashadi. 0‘z o‘g‘lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab keldi.
«Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan sa- boq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘st-u yorimizni, or-nomusimizni, ota- bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan hi­moya qilishga o‘rgatadi.
Muhtaram birodarlar!
«Alpomish» dostoni - butun o‘zbek xalqining ma’naviy mulki- dir. Lekin nima uchun biz uning to‘yini aynan Termiz shahrida, Sur- xon vohasida o‘tkazyapmiz?
Negaki, Surxon vohasi, awalo, «Alpomish» dostoni tug‘ilgan qutlug1 maskan. Alpomish mana shu bepoyon yaylovlarda, ba­land tog‘ daralarida gumburlatib ot chopgan, shu yurtning zilol ko‘llaridan suv ichgan, shu mag‘rur elga munosib pahlavon bo‘lib yetishgan.
Shuning uchun ham Barchinoy dushmanlarga qarata g‘urur bi­lan: «Mening yorim bilsang Boysun sultoni», deb aytadi.
Surxon jahon sivilizatsiyasining qadimiy beshiklari - miloddan awalgi Kushon va Baqtriya davlatlariga zamin bo‘lgani bilan olam- ga mashhur, Vohadagi Dalvarzintepa, Xolchayon, Tillatepa, Zaraut- soy, Teshiktosh, Fayoztepa singari ko‘hna makonlar, u yerlarda topilgan arxeologik ashyolar ko‘pming yillik tariximizning noyob yodgorliklaridir.
Bu tuproq azaldan ilm-u hunar, hikmat va san’at ruhi bilan yo‘g‘rilgan. Imom At-Termiziy, avliyo Hakim ota kabi ulug‘ zot- laming o‘lmas ruhi, hayotbaxsh o‘gitlari barkamol avlodlarni vo­yaga yetkazdi. Shubha yo‘qki, «Alpomish»dek buyuk obidalar, «Alpomish»dek mard pahlavonlar aynan mana shunday muhitda dunyoga keladi.
«Alpomish» to‘yining Termiz shahrida o‘tayotganida men yana bir ramziy ma’no ko‘raman.
Qachonki o‘lkamizga janub tarafdan yov hamla qilgan bo‘Isa, Termiz uning qarshisida metindek qo‘rg‘on bo‘lib kelgan. Termiz bugun ham ona yurtimizning janubiy sarhadlarida mustahkam qal’a bo‘lib turibdi.
Mana shu chegara hududlarida ko‘ksini qalqon qilib tabiatan og‘ir-vazmin, ammo Vatan boshiga sinov tushsa, jon fido etishga ham tayyor oriyatli xalq yashaydi.
Bu dovyurak va o‘ktam xalqning - Surxon ahlining yuragida Alpomish kabi pahlavonlardan meros qolgan shijoat yashaydi.
Bu vurtda dunyoning kurash maydonlarida kuragi yerga tegmas- dan zafar qozonib, o‘zbek nomini butun olamga tarannum etayotgan yuzlab polvonlar yashaydi.
Ishonchim komilki, bunday qudrat sohibi bo‘lgan xalqni hech qanday yovuz kuch yengolmaydi.
Hurmatli mehmonlar, aziz vatandoshlar!
Bugun biz sizlar bilan «Alpomish» dostonining 1000 yillik to‘yini nishonlayapmiz. Lekin bu dostonda tasvirlangan voqealar yurtimizning necha-necha ming yillik shonli tarixidan darak be­radi.
Asardagi kichik bir dalilga murojaat qilaylik. Xalqimizning qa­dimiy tasawurlariga ko‘ra, o‘q-yoy - hokimiyat nishoni hisoblan- gan. Alpomish yetti yoshda o‘n to‘rt botmon birichdan - bronzadan yasalgan yoydan o‘q otib, «alp» degan unvonga ega bo‘ladi. Alp degani - hokimiyat egasi ekanini inobatga olsak, bu doston ko‘p asr­lik milliy davlatchiligimizning badiiy ifodasi ekaniga ishonch hosil qilamiz.
Aslida, xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir dos­ton bo‘Isa «Alpomish» ana shu dostonning shohbaytidir. Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib o‘zligini yo‘qotmagan xalqimizning bag‘rikenglik, matonat, olija- noblik kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan.
Muhtaram yurtdoshlar!
Bugungi muborak ayyomda biz «Alpomish»dek so‘z durdonasi- ni yaratgan, uni asrlar osha avlodlarga yetkazib kelgan ijodkor xalqi­miz dahosi oldida bosh egamiz.
Bugun biz ming yillar davomida bu dostonni kuylab, gavharday asrab-avaylab, boyitib kelgan, nomlari bizga noma’lum bo‘lgan yuz- lab xalq baxshilarining iste’dodi qarshisida ta’zim qilamiz.
Agar iloji bo‘lsa, men ana shu insonlaming nomlarini ma’naviyatimiz tarixiga oltin harflar bilan yozgan bo‘lur edim.
Muhtaram j amoat!
Baxshi-shoirlar o‘z xalqining biyron tilidir. Ular yurtimizda doi- mo «Baxshili el - yaxshili el» deb ulug‘langan.
Bugun biz Yodgor baxshi va Tilla kampir, Jossoq shoir va Amin baxshi, Shema baxshi va Ergash Jumanbulbul, Fozil Yo‘ldosh va Po‘lkan shoir, Islom shoir va Abdulla shoir, Saidmurod panoh va Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Berdi baxshi va Rahmatulla Yusuf o‘g‘li, Qodir shoir va Shoberdi baxshi kabi dostonchilaming nomlarini ehti- rom bilan tilga olamiz. Ulaming noyob qobiliyati, yuksak mahorati tufayli «Alpomish» bor salobati va nafosati bilan yashab kelmoqda.
Bugun biz bu o‘lmas asami yozib olish, nashr etish, ilmiy o‘rganish, tarjima va targ‘ib qilish ishiga ulkan hissa qo‘shgan Hodi Zarif, Hamid Olimjon, Muzayyana Alaviya, Mansur Afzalov kabi zahmatkash insonlami, ko‘plab xorijiy olimlami ham minnatdorlik bilan eslaymiz.
Muhtaram Vatandoshlar.
Yillar, asrlar o‘tadi, ona 0‘zbekistonmizda yangi-yangi avlodlar voyaga у etadi.
Ishonaman, har bir avlod mana shu qahramonlik dostonini asrab-avaylab kelgusi avlodlarga yetkazadi.
Ishonaman, xalqimiz bugungi shodiyonadan ruhlanib, qadr- qimmatini yanada chuqurroq anglaydi, o‘zining beqiyos jasorati- ni, bukilmas irodasini, mustahkam iymon-e’tiqodini namoyon etib, yorug1 kelajak sari qat’iyat bilan boraveradi.
Ishonaman, har qaysi qishloq, har qaysi shahar, har bir xonadon- da yangi-yangi alpomishlar dunyoga keladi, vatanga sadoqatli, jasur va yengilmas insonlar bo‘lib ulg‘ayadi.
Surxon vohasining betakror tabiati, Bobotog1, Boysun, Vax- shivor singari baland tog‘lar, Oltinsoy, Sangardak, Sayrob, Xonjizza kabi go‘zal go‘shalarini bir bor ko‘rgan odam beixtiyor qoladi.
Bu zaminda yashab, fidokorona mehnati bilan uning ko‘rkiga ko‘rk, chiroyiga chiroy qo‘shayotgan insonlarga, ayniqsa, yosh o‘g‘il-qizlarimizga mening havasim keladi.
Har qanday inson bu yuragi ochiq, mard va tanti, ham jismonan, ham ma’naviy jihatdan sog‘lom odamlar bilan chin ko‘ngildan yaqin bo‘lishni istaydi.
Shu unutilmas, hayajonli damlarda Alpomishdek bahodirlami kamoiga yetkazgan ona xalqimga yana bir bor ta’zim qilaman.
Yurtimiz osmoni doim musaffo, xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!

  1. yil 6-noyabr.

Termiz shahri

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish