Harakat muassisligidagi yoshlar va bolalar nashrlari:
«Turkiston» gazetasi;
«Молодежь Узбекистана» gazetasi;
«Yosh kuch» jumali;
«Sirli olam» jumali;
«Yoshlik» jumali;
«Tong yulduzi» gazetasi;
«Класс» gazetasi;
«Sinfdosh» jumali;
«G‘uncha» jumali;
«Gulxan» jumali.
Iste’dodli yoshlami saralash, tanlash va ularga yordam berib, xorijiy mamlakatlarda o‘qib, dunyoviy tajribalami, jahon taraqqiyotini o‘rganishlari maqsadida 1997-yil 7-yanvarda «Umid» jamg‘armasi tuzildi.
Albatta, yoshlami yangilanayotgan demokratik, insonparvar jamiyatga munosib qilib tarbiyalash o‘z navbatida ular ijtimoiy kafola- tini ham ta’minlashni taqozo qiladi. Bu borada 0‘zbekiston istiqlolga erishgandan so‘ng respublikada yoshlaming ijtimoiy kafolati uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan yoshlarga oid siyosat ishlab chiqilishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Masalan, 0‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 20-noyabrda bo‘lib o‘tgan sessiyasida «0‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. Bu qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining maqsadi belgilanib «Yoshlarga oid siyosat 0‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlaming ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijtimoiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkon boric- ha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan sharoitlar yaratish hamda ulami kafolatlashdan ibo- ratdir», - deyiladi. Shuningdek, ushbu hujjatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan tashkiliy tadbirlar ham ko‘zda tutildi. Qonun esa 1992-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. Korxona, muassasa va tashkilotlar bu borada aniq amaliy tadbirlar belgiladi- lar. Respublikada qonunning bajarilishiga katta e’tibor berildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, respublika Prezidenti birgina 1992-1993-yillarda yoshlar ijtimoiy kafolatini ta’minlash va ular iste’dodini kamol toptirish maqsadida 14 ta Farmon qabul qildi. Ularda o‘quvchi-yoshlar va talabalaming moddiy ahvolini yaxshi- lashdan tortib, yoshlar iste’dodini ham moddiy, ham ma’naviy rag‘batlantirishgacha bo‘lgan tadbirlar ko‘zda tutildi. Masalan, Prezidentning 1993-yil 5-fevralda qabul qilgan «0‘zbekistonda o‘quvchi yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi Farmo- nida «o‘quvchilaming iste’dodlarini namoyon qilish va ijtimoiy qo- biliyatlarini rivojlantirishga, ularda mustaqil 0‘zbekiston fuqarosi- ning yuksak ma’naviy fazilatlarini shakllantirishga muhim ahamiyat berib, oxirgi yil o‘qiyotgan talabalar va aspirantlar - butun o‘qish davridagi a’lochilar hamda tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotganlar uchun 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari ta’sis etilsin», - deyiladi.
Bugungi kunda ko‘plab talaba va aspirantlar ana shunday muko- fotga sazovor bo‘lmoqdalar. Yoshlar ijtimoiy kafolatiga doir joylarda ma’lum tajribalar to‘plandi. Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil yanvar oyida Yoshlar siyosati bo‘yicha Qonun qabul qildi. Viloyat hokimliklari 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 1992-yil 4-dekabrdagi 568 sonli Qarori asosida viloyatlarda va tumanlarda yoshlar ishlari bo‘yicha hokimlar rais- ligida Kengashlar tuzildi. Hokimliklar tomonidan davlatning yoshlar siyosatini ro‘yobga chiqarishda bir qator ishlami amalga oshirdilar. Masalan, Toshkent viloyatida yoshlar siyosatiga oid Dastur qabul qilindi. Yosh ijodkorlaming uy-joy sharoitini yaxshilash uchun hokimlik 82 xonali uyni yosh ijodkorlarga foydalanishga berdi.Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, va Buxoro viloyatlarida ham yosh ijodkorlarga uy-joy berildi.
Xorijda o‘qib kelgan yosh mutaxassislaming har ikki yilda o‘tkaziladigan ilmiy konferensiyasi an’anaga aylanib qoldi. Birgina 2006-yili «Iste’dod» jamg‘armasi homiyligida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda 500 ga yaqin yosh mutaxassis o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. 5 ta yo‘nalishda o‘tkazilgan ushbu anjumanda g‘oliblar 5 ta amaliy mukofot bilan taqdirlanishdi.
Xulosa qilib aytganda 0!zbekistonday yoshlar mamlakatida yoshlar siyosati, ularga katta ishonch sifatida qaralishi millat istiqbo- liga yuksak ishonch borligidan dalolat beradi.
Jismoniy tarbiya va sport
Jismoniy tarbiya kishilik jamiyati tarixining barcha bosqichlari- da xalq madaniyatining tarkibiy va muhim qismi bo‘lib kelgan. Xususan, unga O‘zbekiston hududida yashayotgan xalqlar ma’naviy va jismoniy barkamollik mezoni sifatida qarashgan. Jismoniy tarbiya va harbiy san’at XIV-XV asrlarda ham ancha rivoj topgan. Amir Temur olib borgan siyosat jamiyatning hamma sohalarida bo‘lgani kabi jismoniy tarbiyaning mohiyatini yuqori bosqichga ko‘targan. Temuriylar davrida harbiylami jismoniy tarbiyalashga alohida e’tibor berilgan. Kurash, kamondan otish, ot sporti o‘yinlari bo‘yicha ko‘pgina musobaqalar o‘tkazilgan.
0‘zbekiston qadimdan milliy o‘yinlarga boy. Ayniqsa, «Arg‘im- choq», «Bekinmachoq», «Qilichbozlik», «Oq terakmi-ko‘k terak», «Ololmaydi-yo, shuginani-уо», «Tortishmachoq», «Chillak» va ho- kazolar keng tarqalgan.
Lekin, 0‘zbekistonda mustamlakachilik davrida jismoniy tarbiya katta yo‘qotishlarga uchradi. Kuch, tezkorlik, chiniqish bilan birga ma’naviyatni yetuklikka, axloq va odobni kamolga yetkazishga e’tibor susaydi. Bu mahalliy aholining jismoniy tarbiyadan uzoqlas- hishiga olib keldi.
0‘zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, ko‘p o‘tmay 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 1992-yili 14-yanvarda «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risi»da Qonun qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi esa О ‘ zbekistonda ommaviy va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy bazasini mustahkamlash, futbolchilaming yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida 1993-yili 18-martda «0‘zbekiston Respublikasi futbolni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida», 1996-yil 17-yanvarda «0‘zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomil- lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» maxsus Qaror qabul qildi.
Mamlakatda «Sog‘lom avlod» Davlat dasturi ishlab chiqildi va keng ko‘lamda amalga oshirila boshlandi. Ushbu dasturga muvofiq, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi milliy ma’naviyatni tiklashga katta e’tibor berildi. Milliy o‘yin va sport turlari bo‘yicha har yili musobaqalar o‘tkazish odat tusiga kirdi.
Mustaqillik sharofati bilan milliy sport turlarining qayta tiklanis- higa va ulaming sport turi sifatida xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga keng imkoniyatlar yaratildi. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz shaharlarida milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Keyinchalik Milliy kurashning unutilayozgan nazariy jihatlari qayta tiklanib, uning asosiy qoidalari mukammal ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan tan olindi. Shunday qilib milliy kura- shimiz xalqaro sport turlaridan biriga aylandi. 1999-yil 1-2-may kunlari Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilari ishtirokida Birinchi jahon chempionati o‘tkazildi. 0‘zbekistonlik kurashchilar ushbu chempionatning 3 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza, hammasi bo‘lib 10 ta medalini qo‘lga ki- ritishga muvaffaq bo‘ldilar. Ayniqsa, 73 kg gacha bo‘lgan vaznda Akobir Qurbonovning (Buxoro sh.,), 90 kg gacha bo‘lgan vaznda Kamol Murodovning (Buxoro sh.,) va mutlaq vazn toifasida Tosh- temir Muhammadiyevning (Termiz sh.,) kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionlari bo‘lganliklarini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir. Yurtboshimizning maxsus farmoni bilan Xalqaro «Kurash» Asso- tsiatsiyasi tuzilganligi, Islom Karimovning ushbu Assotsiatsiyaning faxriy Prezidenti etib saylanganligi milliy sport turlariga sog‘lom avlodni tarbiyalovchi asosiy omillardan biri sifatida davlatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotganligining yorqin namunasidir.
yildan Termiz va Shahrisabz shahrida milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazila boshlandi. 1994-yilda Toshkentda Tennis saroyi qurilib, unda «0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini» uchun tennis bo‘yicha katta xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda. 1992-1996-yillarda 0‘zbekiston Respublikasi terma jamoalari sport turlari bo‘yicha bir qancha jahon va Osiyo chem- pionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib keldilar. Jumladan, 1994-yili 0‘zbekiston Respublikasi sportchilari birinchi marta Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan XII Osiyo o‘yinlarida ishtirok etdilar va ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular 42 ta medalni, jumladan 10 ta oltin, 12 ta kumush, 20 ta bronza medalini qo‘lga kirit- dilar. 0‘zbekiston futbol terma komandasi Osiyo o‘yinlari chempi- oni bo‘ldi. 1994-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik L. Cheryazova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan «Xalq o‘yinlari» II Respublika Olimpiadasi 1996-yil 10-11-may da bo‘lib o‘tdi.
1996-yil 0‘zbekiston sporti tarixida alohida o‘rin tutadi. 0‘zbekiston boks federatsiyasi sport bo‘yicha yo‘riqchisi Artur Grigoryan o‘z vazni bo‘yicha Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempio- natida qatnashib katta yutuqlarga erishdi. U mutlaq chempion «Oltin kamarini» qo‘lga kiritdi. Uning sport sohasida yutuqlari mamlakat Prezidenti tomonidan yuksak baholandi.
Umuman, mamlakatda 0‘zbekiston sporti sharafini himoya qi- layotganlar munosib taqdirlana boshladi. Masalan, 1998-yil mustaqillik bayrami arafasida bir guruh sportchilarimizni «0‘zbekiston iftixori» Faxriy unvoni bilan mukofotlanganliklari fikrimiz dalilidir.
Hozirgi paytda 0‘zbekistonda aholi bilan jismoniy tarbiya - sog‘lomlashtirish ishini amalga oshiradigan 15085 birlamchi tashkilotlar -jismoniy tarbiya jamoalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 9501 tasi umumta’lim maktablarida, 710 tasi kollej va litseylarda, 62 oliy o‘quv yurtlarida, 4812 tasi mehnat jamoalarida, 12092 tasi qishloq joylarida ishlamoqda.
Respublikada sport-sog‘lomlashtirish klublari soni tobora o‘sib borayapti. Hozirgi paytda ulaming soni 500 dan ortiqni tashkil etadi.
Respublikada yuqori malakali sportchilami tayyorlashga ixtisoslashtirilgan 536 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablari, 5 ta olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtlari, 8 ta respublika oliy sport mahorati maktablari faoliyat ko‘rsatayapti.
2000-yilda respublikada 6 million 420 ming kishi jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadi, ulardan 5,5 million kishi umumta’lim maktablarida, 390 ming kishi kollejlar, litseylar va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, 82 ming kishi oliy o‘quv yurtlarida, 500 ming kishi mehnat jamoalarida shug‘ullangan edi.
0‘zbekistonda 2000-yilda jami 1,5 milliondan ortiq kishi, shu jumladan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida 270 ming kishi 70 dan ziyod sport turi bilan shug‘ullandi. Bu ko‘rsatkich yangi ochil- gan sport majmualari, yangi qurilgan litsey va kollejlar, maktablar tufayli keskin oshdi.
Respublikada jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasi mutta- sil mustahkamlanib bordi. Respublikada 233 stadion, 5040 sport zali, 135 suzish havzasi, 32 865 sport maydonchasi, 4841 futbol maydoni, 1883 otish turi, 13139 voleybol, 7196 basketbol maydonchasi, 168 tennis korti, «Yoshlik» sport arenasi, «Paxtakor» markaziy stadioni, «Yunusobod» va «JAR» sport majmualari, Tennis saroyi va boshqa- lar sportchilar ixtiyorida. 0‘zbekiston sporti tarixida milliy olimpiya Qo‘mitasining tashkil topishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
yilning sentabrida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining 101- sessiyasida 0‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi to‘la-to‘kis tan olindi. Qo‘mita xalqaro sport va olimpiya harakatining rivojlanishiga yordam bermoqda. U 0‘zbekistonda olimpiya g‘oyalarini targ‘ib qilish, Olimpiya o‘yinlarida respublika vakilla- ri ishtirokini ta’minlash, jahon sportchilari bilan do‘stona aloqalar o‘matish va rivojlantirishdek sharafli vazifa bilan shug‘ullanmoqda. Milliy Olimpiya Qo‘mitasining 127 a’zosi, 11 faxriy a’zosi bor.
1996-yil yanvarda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining qarori- ga muvofiq, jahon sportini rivojlantirishdagi xizmatlari va olimpiya g‘oyalariga sadoqati uchun 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Olimpiya Oltin ordeni bilan mukofotlandi.
Toshkentda 1996-yil 14-avgustda Olimpiya muzeyi tashkil etildi. Uni Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining Prezidenti X.A. Samaranch mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov bilan birga tantanali ravishda ochib berdi. X.A. Samaranchning 0‘zbekiston sportini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdir- landi.
Mavzuga doir material
Do'stlaringiz bilan baham: |