Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet132/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Samarqand

  1. yil 23-oktabr.

. Al-Farg‘oniy dahosiga ta’zim
Qadrli yurtdoshlar!
Aziz mehmonlar!
Bugun yurtimizning qadimiy va so‘lim go‘shalardan biri Farg‘onada muborak bayram. Kecha biz tabarruk Samarqand zami- nida islom olamida yuksak obro‘-e’tibor qozongan ulug‘ vatando- shimiz, hadis ilmining sultoni, buyuk alloma Imom al-Buxoriyning tavallud to‘yini o‘tkazib, g‘oyat savobli ishni ado etdik.
Bugun esa xalqimizning yana bir buyuk o‘g‘loni, o‘rta asr- lar jahon ilm-fani asoschilaridan biri, qomusiy olim Ahmad al- Farg‘oniyning xotirasini yod etib turibmiz. Ushbu tarixiy voqealar butun dunyo ilm-u ma’rifat, ma’naviyat ahlining diqqat markazida bo‘lib, el-yurtimiz obro‘-e’tiborini jahonga tarannum etmoqda.
Aziz yurtdoshlar!
Kishilik taraqqiyotiga o‘zining o‘chmas ulushini qo‘shib, mam­lakatimiz shuhratini olamga taratib, tarix sahifalariga abadul-abad muhrlagan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Alisher Navoiy singari ulug‘ siymolami yetishtirgan millat har qancha g‘ururlansa arziydi.

0‘zbek diyorida parvarish topgan minglab alloma-yu adib- lar, olim-u mutafakkirlar qatoridan o‘rin olgan Burhoniddin Marg‘iloniy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Maxdumi A’zam Kosoniy, Boborahim Mashrab, Nodirabegim kabi fozillar dunyoga kelgan Farg‘ona vodiysi ushbu aqidani yana bir bor tasdiqlaydi. Zero, bu maskan ham ko‘hna tariximizda, davlatchilik, ilm-u ma’rifat, madaniyat, me’morchilik an’analarimiz taraqqiyotida be­nazir o‘ringa ega.Aziz do‘stlar!
Bir haqiqatni barchamiz anglab olishimiz zarur. 0‘zbek zami­nida asrlar davomida fan va madaniyatning turli sohalarida buyuk iste’dodlaming parvarish topgani bejiz emas, albatta.
Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday o‘zgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfi- yotlar o‘z-o‘zidan yuz bermaydi.
Buning uchun awalo asriy an’analar, tegishli shart-sharoit ta­fakkur maktabi, madaniy-ma’naviy muhit mavjud bo‘lmog‘i kerak. Millatning tabiatida, qonida, nasl-nasabida ezgulik va ma’rifat sari intilish mafkurasi va qonuniyati jo‘sh urishi lozim.
Buning uchun eng awalo mana shu qadimiy va betakror yurtga Qllohning nazari va e’tibori tushishi kerak.
Aziz do‘stlar, birodarlarim!
Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi millatimiz uchun katta siyosiy va ma’rifiy ahamiyatga ega. Biz bu sanani davlatchi- ligimiz va ilm-u madaniyatimiz tarixini, mustabid tuzum yillarida nohaq unutilgan buyuk ajdodlarimizning muborak nomlarini qayta tiklashdek olijanob ishning uzviy bir qismi, deb bilamiz.
Ahmad al-Farg‘oniyning olamshumul merosi dunyo madaniyati va ma’rifati xazinalaridan biri bo‘lib, milliy salohiyatimiz, milliy ta- fakkurimiz ko‘lami va qudratining isbotidir.
Ahmad al-Farg‘oniy kishilik tarixidagi ilk uyg‘onish davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o‘z zamonasi funda­mental fani asoschilaridan edi.
Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho‘qqilariga ko‘tari- lishiga sababchi bo‘ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dastu- rilamal bo‘lib xizmat qildi. Farg‘onalik bu fozil zotning «Astrono- miya asoslari» nomli shoh asari o‘n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima etilgan edi.
Yevropada kitob nashr yetish boshlangan XV asrda esa bu asar Italiyada, keyinchalik Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSH kabi mamlakatlarda qayta-qayta chop qilingani uning naqadar yuk­sak ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi. Inson tafakkurining bebaho mahsuli bo‘lgan bu kitob asrlar davomida astronomiya fani bo‘yicha o‘ziga xos qomus vazifasini o‘tagan. Dunyoning eng nufuzli dorilfu- nunlarida undan asosiy darslik sifatida foydalanib kelingan.
Ahmad al-Farg‘oniyning Yeming sharsimon shaklga egaligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil o‘tib amalda isbotla- gan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb, Yer meredianining bir da­rajasi miqdori haqidagi al-Farg‘oniy hisoblarining to‘g‘riligiga to‘la ishonch hosil qildim, degan dastxat qoldirgan.



Bu e’tirof bobokalonimiz, yanada kengroq aytsam, millatimiz ilmiy salohiyatiga berilgan munosib bahodir.


Ahmad al-Farg‘oniyning astronomiya fani rivojidagi nufuzi shu qadar ediki, alloma bobomizning nomi yer kurrasidagina emas, samoda ham abadiy shuhrat topdi. 0‘n oltinchi asrdayoq Oydagi kraterlardan biriga uning nomi berilgan edi. Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647-yili nashr qilingan «Selenografiya» kitobi- da Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz- Ahmad al-Farg‘oniy va Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataladi.
Muhtaram do‘stlar!
Bugun ozod yurtimizda Ahmad al-Farg‘oniy kabi zotlar yoqib ketgan ilm mash’ali yangitdan porlay boshladi. Biz o‘sib kelayot- gan yosh avlod ta’lim-tarbiyasini, ulaming zamonaviy ilg‘or bilim- larga ega bo‘lgan holda ulug‘ bobokalonlarimiz merosiga munosib bo‘lishlarini davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi, deb bilamiz. Shu maqsadda mamlakatimizda yagona ta’lim-tarbiya tizimi maxsus Milliy dastur asosida tubdan isloh qilinmoqda.
Minglab farzandlarimiz yuksak taraqqiy topgan davlatlardagi eng nufuzli bilim dargohlarida tahsil olayotgani, buyuk ajdodlari­mizning izdoshlari sifatida aql-zakovat, ilmga chanqoqlik, tirishqoq- lik namunalarini ko‘rsatayotgani jamiyatimizni ertangi kuni yanada yorug1 bo‘lishidan darak beradi.
Ahmad al-Farg‘oniyga bag‘ishlangan tantanalar o‘zligimizni, qadr-qimmatimizni, millatimizning dunyoda tutgan o‘mini anglash yo‘lida yana bir muhim vositadir. Ayniqsa, bu sananing UNESKO qarori bilan xalqaro miqyosida keng nishonlanishi Ahmad al- Farg‘oniy ilmiy merosini o‘rganish borasidagi yangi-yangi tadqiqot- larga asos bo‘ladi, deb ishonaman.
Qadim Qubo tuprog‘ida bunyod etilgan muhtasham yodgorlik majmui, Ahmad al-Farg‘oniyning qarshingizda qad ko‘tarib turgan bu ulug‘vor haykali vatandoshlarimizning ulug‘ bobokalonimizga hurmat-ehtiromi hamda ezgu maqsadlarimiz ramzi bo‘lib qolishi ta- biiydir.
Mana shu fursatdan foydalanib buyuk ajdodimiz xotirasini aba- diylashtirish, ko‘hna Qubo shuhratini tiklash, Farg‘ona shahrini vo- diy tarovatiga xos ravishda obod etishda sidqidildan mehnat qilib, bor mahoratlarini ishga solgan quruvchilarga, me’morlarga samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Aziz yurtdoshlar!
Bugun Ahmad al-Farg‘oniy bobomizning to‘yini nishonlar ekan- miz, u qoldirgan merosning olamshumul ahamiyati haqida so‘zlar ekanmiz, biz Farg‘ona zaminiga, Quva tuprog‘iga, shu yerdan o‘tgan odamlaming ruhi oldida va bugun yashayotgan avlodlar qarshisida ta’zim qilamiz.
Bu zotning shu yerda tug‘ilgani, tarbiya topib voyaga yetgani bu yurtni barchamiz uchun yanada aziz va mukarram qiladi.
Bu zot qayerda yashagan bo‘lmasin, xoh Bag‘dodda, xoh Da- mashqda, xoh Qohirada o‘z ilmiy kashfiyotlari bilan shuhrat top­gan bo‘lmasin, ishonamanki, u hamisha tug‘ilgan yurtini sog‘inib yashagan. Ona-Vatanining muhabbati va sog‘inchini bir umr qalbida saqlab yurgan. Bu tuyg‘u nafaqat ulug‘ insonlarga, balki iymonli, diyonatli har bir odamga xos xususiyatdir.
Muhtaram vatandoshlarim!
Yillar o‘tadi, asrlar o‘tadi, yangi avlod dunyoga keladi, lekin bu zotning nomi, buyuk merosi xalqimiz uchun shon-sharaf ramzi bo‘lib abadul-abad saqlanib qoladi.
Yana bir bor barchangizni bugungi qutlug1 tantana bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Olloh taolodan hammangizga omonlik-farovonlik, ezgu va xayrli ishlaringizda madad tilayman. Ulug‘ bobomiz mhi xonadoningizni nurafshon, qalbingizni munav- var etsin.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish