Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet128/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Oltinchidan, Amir Temur bir haqiqatni yaxshi anglagan - jami­yat e’tiqodsiz yashay olmaydi. Odamlarga din kerak, iymon kerak, ishonch kerak. U o‘z «Tuzuklari»da shunday deydi: «har yerda va har vaqt islom dinini quwatladim».
Amir Temuming Qur’oni Karimni yod bilgani, diniy bahslar- da yirik ulamolar bilan barobar so‘z yuritgani uning ma’naviyati, iymon-u diyonati qanchalar pok va mukammal ekanini bildiradi.
Ma’lumki, diniy ta’limot va tarbiyatning jamiyat hayotidagi o‘mi va xizmati nihoyatda katta.
Amir Temuming islom diniga bo‘lgan munosabatidagi eng mu­him qirra, bu - musulmonchilik aqidalarining jamiyat osoyishtaligi, ravnaqi, ijtimoiy adolat, iymon butunligi, ma’naviy poklik uchun xizmat qildirishga safarbar etilishidir.
Uning e’tiqodiga ko‘ra, davlat davlatligini, din esa dinligini qilishi kerak. Bu g‘oya bugungi zamonda ham o‘z ahamiyatini zar- racha yo‘qotgan emas. Xuddi shu tufayli ham Amir Temur davrida islom dini ravnaq topdi, yuksaldi.
Shu bilan birga xalq dunyoqarashi, tafakkur tarzi ham ancha ri- vojlandi. Aholi va davlat o‘rtasidagi munosabatlar o‘ziga xos tarzda mutanosib tus oldi.
Buyuk jahongir Amir Temur Sohibqiron o‘limi oldidan avlodla- riga shunday vasiyat qilgan:
«... Men shundan taskin topamanki, podshohlik davrimda kuch- lilaming ojizlarga ozor berishlariga yo‘l qo'ymadim. Xalqlar oso- yishtaligi borasida qaram fuqarolardan xabardor bo‘lib turinglar, qat’iyatli va mardonavor bo‘linglar. Ulkan davlatni menday uzoq yillar davomida boshqarish uchun qo‘llaringdagi shamshimi sharaf va nomus bilan mahkam tutinglar...
Agar, sizlar mening vasiyatlarimga amal qilsalaringiz va bosh­qa ishlaringizda adolatga, shafqatga ko‘ra ish tutsalaringiz, tinchlik- osudalik Turon zaminida uzoq vaqt saqlanadi.
Agarda о‘zaro nizolarga yo‘l qo‘ysalaringiz, dushmanlar to‘polon va tartibsizliklami boshlaydilarki, ulami jilovlashning iloji qolmaydi. «Sizlar bir jon, bir tan bo‘lsalaringiz, hech kim me- ning so‘nggi vasiyatlarimni bajarishlaringizga monelik qila ol­maydi».
Bu dono vasiyatlar asrlar osha bizning davrimizga qadar yetib keldi. Undan xuddi hozirgi davming nafasi sezilib turgandek. Ulug‘ bobokalonimiz bizni adolatga, sodiqlikka, birlikka chorlamoqda. 0‘zaro nizo adovatlardan xoli bo‘linglar, deb, insof, shafqat va ha- lollikka undamoqda.
Muhtaram konferensiya qatnashchilari!
Sizlarda shunday bir savol tug‘ilishi mumkin: nima uchun bu­gun 0‘zbekistonda Amir Temur siymosiga bunday yuksak ehtirom, izzat-ikrom ko‘rsatilmoqda?
Albatta, buning sabablari bor.
Agarki daraxtning ildizi qanchalar chuqur bo‘Isa, u shuncha- lik baland, baquwat, osmono‘par bo‘ladi. Yoki zamonaviy til bilan aytadigan bo‘lsak, bino qanchalik baland bo‘Isa, uning poydevorini ham shunchalik chuqur va mustahkam qurish kerak.
Biz bugun mustaqil, adolatli, huquqiy davlat qurmoqdamiz. 0‘ylaymanki, bizning bu boradagi prinsiplarimiz - besh tamoyilimiz haqida bu zalda o‘tirgan ko‘pchilikning xabari bor. Binobarin, ulami takrorlab o‘tirishning zararati yo‘q. Lekin men ikkita nuqtaga sizlar- ning e’tiboringizni qaratmoqchiman:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish