Uchinchi kitob


yil 18-oktabr Amir Temur - faxrimiz, g‘ururimiz



Download 57,25 Mb.
bet124/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

yil 18-oktabr Amir Temur - faxrimiz, g‘ururimiz

Xonimlar va janoblar!
Konferensiyaning muhtaram ishtirokchilari!
Aziz do‘stlar!
Barchangizni o‘zbek zaminida qutlashga va Amir Temur tavallu- dining 660 yilligiga bag‘ishlangan tantanalardagi ishtirokingiz uchun minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.
Xalqimiz nomidan Temur va temuriylar davriga yuksak ehti- rom ko‘rsatayotgan barcha davlat va jamoat arboblariga, olimlarga, san’at va madaniyat namoyandalariga, xorijdagi yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Qadrli konferensiya qatnashchilari!
Men bugun Amir Temur davri va bu buyuk tarixiy shaxs ma’naviy merosining hozirgi zamondagi ahamiyati xususida ba’zi fikrlarimni sizlaming e’tiboringizga havola qilmoqchiman.
Awalambor shuni ta’kidlashimiz kerakki, Amir Temurdek tarixiy shaxslarni, sarkarda va sohibqironlarni tarix taqozosi, shu zamon talablari, kerak bo‘Lsa, zamon ehtiyoji hayotga olib keladi va ul zotlarning fazilat - xususiyatlarini namoyon qilishga zamin yaratadi. Bunday qonuniyatni ko‘plab misollarda tasdiq- lash mumkin. Shuning uchun ham Amir Temur shaxsi va faoliyati haqida gapirar ekanmiz, dastlab shu davrdagi, shu asrdagi tarixiy vaziyat haqida alohida to‘xtalib o‘tishimiz lozim.
Amir Temur siyosiy sahnaga qadam qo‘yganda endigina 24 yoshga kirgan edi. Mamlakatda boshboshdoqlik, mahalliy, siyosiy kuchlaming o‘zaro qarama-qarshiligi avjiga chiqqandi. Bu ham kam- dek asosiy qudrati tarixiy Mo‘g‘ilistonda mujassamlashgan chingi- ziylar tez-tez Movarounnahrga zug‘um qilib turardilar.
Bir yarim asrga yaqin davom etgan bu muddat qaramlik jafosini har tomonlama chekib kelgan oddiy fuqarolardan tortib, ko‘pchilik yirik siyosiy arboblar-u din peshvolarigacha barcha-barcha uchun ni- hoyatda og‘ir davr bo‘lgan. Jamiyat ozodlik va taraqqiyotga bo‘lgan manfaatlarini o‘zida mujassam etgan xaloskorga, yetakchiga mush- toq edi.
Taqdir taqozosi bilan Amir Temur ana shunday xaloskor va yetakchi sifatida maydonga chiqdi.
Ikkinchi xulosa aslida birinchi fikming mantiqiy davomidir. Kimki Amir Temur qadimiy Turkiston zaminida tasodifan paydo bo‘lgan desa, xato qiladi. Nega deganda hech narsa to‘satdan paydo bo‘lmaydi. Hamma narsaning o‘z qonuniyati bor.
Al-Xorazmiy, Ulug‘bek, Beruniy, Navoiy, Bobur va boshqa o‘nlab-yuzlab daholarimiz ham to‘satdan, yaydoq bir joyda paydo bo‘lgani yo‘q. Ular mana shu zaminda yuzaga kelgan muhitning hosili sifatida paydo bo‘lgan. Ma’lumki, hosil paydo bo‘lishi uchun zaminni oziqlantirish kerak. Tuproqni o‘g‘itlab, parvarish qilib, shundan so‘nggina daraxt ekish kerak.
Ya’ni, men bu bilan demoqchimanki, bu zamin - qadimiy Turon va Turkiston zamini azaldan ma’naviy oziqlangan, madaniy qatlam- ga ega bo‘lgan. 0‘zbek davlatchiligining tarixiy asoslari qaror top- ganiga Amir Temur zamonasida ikki ming yildan oshgan edi.
Yana ta’kidlab aytaman: yurtimizga Amir Temur bosh bo'lgan yillarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar bo‘m-bo‘sh, huvillagan joyda yuzaga kelmagan. Balki shu makonda qadimdan rivojlanib, shakllanib kelgan tarixiy-madaniy an’analar asosida qaror topgan.
Yanada aniqroq aytsak, Amir Temur o‘zbek xalqining ko‘p ming yillik tarixiy ravnaqida tasodifiy shaxs, umuman temuriylar davrida- gi yuksalish esa shunchaki bexosdan yuz berib qolgan hodisa emas! U bir necha ming yillik tarixiy tajriba, buyuk an’ana, tom ma’noda shakllangan madaniy-ma’naviy jarayon mahsulidir!
Uchinchi mulohaza ham bildirgan birinchi va ikkinchi xulosa bilan uzluksiz bog‘langan. Jahon madaniy va ma’naviy jamoatchi- ligi o‘rta asrlarda Amir Temur tuzgan davlat va uning butun dunyo e’tiborini o‘ziga jalb qilgan olamshumul faoliyati, umumbashariyat xazinasiga qo‘shgan hissasi bilan tanishar ekan, uni o‘stirgan yurtga va mana shu hududda undan ko‘p asr oldin о‘tgan buyuk allomalaming ijodiy merosini, ulaming tabarruk nomlarini ham yana bir bor kashf etishi va keng miqyosda o‘rganishiga zamin va sharoit tug‘ildi.
Shu ma’noda IX asrdayoq yevropaliklar keyinchalik «Al­gebra» deb atagan fanga asos solgan buyuk vatandoshimiz Al- Xorazmiyning;
Xristofor Kolumbdan qariyb besh asr oldin okean ortida qu- ruqlik, ya’ni keyinchalik Amerika deb nom olgan qit’a borligini ba- shorat qilib, ilmiy asoslab bergan qomusiy bilim sohibi Abu Rayhon Beruniyning;
«Tib qonunlari» nomli mashhur asarining o‘ziyoq lotin tilida 30 martadan ziyod nashr etilib, o‘rta asrlarda butun dunyo, shu jumla­dan Yevropa tibbiyot institutlarida qo‘llanma sifatida o‘qitiladigan ulug‘ ajdodimiz Ibn Sino kabi ko‘plab allomalaming nomlari va ilmiy ishlari bilan dunyo ahli aynan Amir Temur zamonida qay- tadan va chuqurroq tanishgan, deb aytsak, menimcha mubolag‘a bo‘lmaydi.
Qisqacha aytganda, Amir Temurdek mislsiz yorqin shaxs ta- rix sahnasida tayyor bo‘lib, o‘zini tarbiyalagan, o‘zga hayotbaxsh ma’naviy ozuqa bergan, uni buyuk ishlarga chorlagan el-yurtining nomiga va madaniyatiga jahon miqyosida katta qiziqish uyg‘otganini yana bir bor ta’kidlab o‘tmoqchiman.
To‘rtinchi fikr. Biz Amir Temur tarixini har tomonlama chu­qur o‘rganishimiz va tadqiq qilishimiz kerak. Bugungi anjuman ana shu yo‘ldagi muhim qadamdir. Sir emaski, kommunistik mafkura hukmron bo‘lgan sovet jamiyatida tarix fani ham ulug‘ davlatchilik, ulug‘ millatchilik g‘oyalarining qurboni bo‘lgan edi. Shu sababli bu davrda sobiq Sovet ittifoqi hududida yaratilgan tarixiy asarlar- da Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan bir yoqlama baho berildi. Bu g‘oya yer yuzining oltidan bir qismini egallagan ulkan hududda yashagan 250 million xalqqa zo‘rlab singdirildi. Ana shunday noto‘g‘ri va g‘ayriilmiy qarashlarga tanqidiy baho berib, Amir Temurga nisbatan tarixiy adolatni qaror toptirish bugungi te- murshunoslikning muhim vazifalaridan biridir.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish