Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet129/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

birinchidan, biz o‘z millatimiz, o‘z xalqimiz xususiyatlariga, o‘z milliy qadriyatlarimizga asoslanib;

ikkinchidan, taraqqiy topgan davlatlaming tajribalariga va umumbashariy aqidalarga tayanib, mustaqil davlatimizni qurmoq­damiz va shu asosda jahon hamjamiyatidan o‘z munosib o‘mimizni egallab olmoqchimiz.Xulosa shuki, bizning tariximizda Amir Temurday ulug‘ siy- mo bor ekan, uning qoldirgan merosi, fan va o‘gitlari bugungi ha- yotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammo­lami yechishda bizga qo‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot qilmasdan haqqimiz yo‘q.
Shuning uchun ham mana shu minbardan turib, butun 0‘zbe- kiston xalqiga, qolaversa, butun jahon ahliga qarata: «Amir Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g‘ururimiz!», deb aytsam, o‘ylay- manki, xato qilmagan bo‘laman.
Xonimlar va janoblar!
Zamonamizning ko‘pgina dolzarb muammolari insoniyatning o‘tmishdagi tajribasini chuqurroq tushunishni taqozo etadi. Xuddi shu narsani bugungi konferensiyamizning muhim vazifa va maqsad- laridan biri, deb bilmoq kerak.
Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, o‘zbek xalqining ko‘p asrli tarixi ham ana shunday tajriba manbayidir.
Ishonchim komilki, sizning ma’ruza va axborotlaringiz, kon­ferensiya davomida bo‘lajak bahs va munozaralar Amir Temur va temuriylar davri saboqlarini chuqurroq anglab yetishga, bugungi kun oldimizga qo‘yayotgan dolzarb savollarga javob izlashga salmoqli hissa qo‘shadi.
Konferensiya ishiga muvaffaqiyat, barchangizga salomatlik va baxt-u saodat tilayman.
E’tiboringiz uchun tashakkur.
Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag 'ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyadagi ma’ruza, 1996-yil 24-oktabr.
Buxoro shahrining 2500 yilligiga hag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlangan nutq
Assalomu alaykum, muhtaram vatandoshlar!
Xonimlar va janoblar!
Uzoq-yaqindan tashrif buyurgan qadrli mehmonlar!
Bugun 0‘zbekiston hayotida buyuk bir sana - shon-u shavkati yetti olamni tutgan, qadimiy va hamisha navqiron Buxoroi sharif- ning 2500 yillik qutlug‘ to‘yini nishonlamoqdamiz.
Mana shu tarixiy voqea bilan siz - bugungi tantana ishtirokchi- larini, Buxoro ahlini, siz orqali butun xalqimizni muborakbod etish- ga ruxsat bergaysiz.
Fursatdan foydalanib, bugungi tantanalarda qatnashayotgan BMT, YuNESKO vakillariga, xorijiy davlatlar elchilari va vakilla- riga sizning nomingizdan chuqur hurmat va ehtiromimizni bildir- moqchiman.
Buxoro o‘lkamizning ming yillar davomida jahon tafakkuri, ma’naviy, madaniy va diniy qadriyatlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan, sharafli nomga sazovor bo‘lgan muqaddas joy- laridan biridir.
Buxoro «qubbatul islom», ya’ni «islom dinining gumbazi» va buyuk ulamolar so‘zi bilan aytganda, «quwati dini islom», deb tan olinishi ham Buxoroning jahonda, bugungi Sharq mintaqasida musul- mon dunyosining mo‘tabar markazlaridan biri bo‘lishidan e’tirofdir.
Buxoro tarixiga nazar tashlar ekanmiz, millatimizning yigirma besh asrlik yo‘lini ko‘ramiz.
Buxoroning har bir qarich yeri, har bir tarixiy va madaniy obi- dasi el-yurtimizning buyuk iqtidori va yaratuvchilik salohiyatidan, yuksak taraqqiyot, ilm-u ma’rifat, ma’naviyat va madaniyat, falsafa va din ravnaqi yo‘lidan darak beradi.
X asraing mashhur tarixchisi, asli buxorolik Abu Bakr Mu­hammad Narshaxiy naql qilishicha, Buxoroga turkiy qabilalar asos solgan bo‘lib, bu yerda «suv va daraxtlar, ov qilinadigan jonivor- lar ko‘p bo‘lganidan kishilarga xush kelib, shu yerga joylash- ganlar». Narshaxiy shuni ham ta’kidlaydiki, eng qadimgi milliy qahramonlarimizdan bo‘lmish Alp Erto‘nga (Afrosiyob) ham aynan Buxoroda dafii etilgan.
Bu tabarruk tuproqqa miloddan oldingi VI asrda eronlik Kay- xusrav, miloddan awalgi IV asrda yunonistonlik Iskandar Zulqar- nayn, milodiy VII asrda arablar, XIII asrda Chingizxon, XIX asrda esa rus istilochilarining tajovuzlari ne-ne kulfatlar keltirmadi.
Bu azim shahar, Karmana, Boykent, Vobkent, Shofirkon, Romitan, G‘ijduvon kabi qadimgi kentlarni o‘z bag‘riga olgan Buxoro vohasida yashagan erksevar ajdodlarimiz har qanday istib- dod va zulmga qaramay, el-yurt ozodligi yo‘lida muttasil qahramo- nona kurashib keldilar.
Yovuz bosqinchilarga va istilochilarga qarshi ozodlik bayrog‘ini ko‘targan Shiroq, Spitamen, Mahmud Torobiy, Tomir xotun (To‘maris), malika Qabaj xotun kabi ajdodlarimiz jasorati avlodlar uchun vatanparvarlik va shijoat timsolidir.
0‘tgan ikki yarim ming yil davomida o‘zbek davlatchiligini boshqargan qadimiy xorazmshohlar, kushonlar, eftalitlar, ashi- naliylar, somoniylar, qoraxoniylar, anushteginiylar, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar, manqitlar sulolalari tariximizda, xu­susan, Buxoroi azimda o‘ziga yarasha nom va iz qoldirdilar.
Buxoro, ayniqsa, temuriylar zamonida gullab-yashnadi. Jahon maydonida eng mo‘tabar shaharlardan biri darajasiga ko‘tarilgan Bu­xoro ham diniy, ham dunyoviy ilmlar markazi sifatida nom chiqardi, hazrati Bahouddin Naqshband faoliyati aynan shu yillarda kechdi.
1417-yili Buxoroda Mirzo Ulug‘bek qurdirgan madrasa darvozasiga «Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun qarz-u farzdir», degan so‘zlar o‘yib yozilganida judda katta ma’no mujassam. Xuddi shuningdek, 1433-yili Ulug‘bek tomonidan G‘ijduvonda barpo etilgan madrasa ne-ne avlodlarga ilm-u ma’rifat ziyosini tarqatgan.
Bugun ham zamin uzra savlat ko‘tarib turgan me’morchilik obi- dalari, masjid-u madrasalar, savdo va hunarmandlar timlari, shifoxo- nalar va xonaqohlar, hovuzlar, maydonlar Buxoro boshdan kechirgan buyuk tarixning guvohlaridir.
Buxoro nafaqat yurtimiz, balki butun Sharqning ilm markazi bo‘lib kelgan. Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mir Kulol, Boboi Samosiy, Faqnaviy, Ahmad Donish, Abdu- rauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev va boshqa shu kabi buyuk zotlar ye- tishib chiqqan, tahsil olgan bu makon bundan buyon ham ilm-u fan, ma’rifat va ijod beshigi bo‘lib qolaveradi.
Xalqimiz buyuk ajdodlarimiz mo‘tabar nomlarini, umuminsoniy ma’naviyatga va umuman bashariyat rivojiga katta hissa qo‘shgan, go‘zal Buxoroni bezab, unga betakror nafosat, shakl va salobat baxsh etib turgan imorat-u inshootlami, masjid-u maqbaralami, mad- rasalami, islom dinining, Sharq falsafasining o‘chmas qadriyatlarini bugungi avlodlarga meros qilib qoldirgan buyuk ajdodlar nomini abadul-abad saqlaydi.
Muhtaram do‘stlar!
Aziz mehmonlar!
Bu yil Buxoro va Xiva shaharlari 2500 yillik muborak sanalari- ning Parijda keng nishonlanishi, xalqaro anjuman va ko‘rgazmalar o‘tkazilishi, bugungi bayram tantanalarida ko‘plab xorijlik aziz meh- monlarimiz - olimlar, faylasuflar, tarixchilar va din peshvolarining ishtirok etishi o‘lkamizning ilmiy, me’moriy va madaniy merosiga xalqaro jamoatchilikning tobora oshib borayotgan katta qiziqishidan dalolat beradi.
Tarixini bilmaganning kelajagi yo‘q, deydilar. Buxoroning bu­gungi qutlug1 ayyomi, eng awalo, o‘tmishga ehtirom va buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmatimiz namoyishidir.
Elim deb, yurtim deb, kelajagini o‘ylab zahmat chekkan, Vata- nimiz ozodligi yo‘lida kurashgan, millatimiz ravnaqi uchun umrini bag‘ishlagan, o‘zidan obod shahar-u vohalar, betakror go‘zal yod- gorliklar qoldirgan ajdodlarimiz mehnatini yuzaga chiqarish, ulami qadrlash, ruhi poklarini shod qilish, ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun, bugungi avlod uchun ham farz, ham qarzdir.
Buxoroning 2500 yilligi shu yurtda yashayotgan har bir fuqa- roni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlash- ga, uni ко‘z qorachig‘idek avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi. 0‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bugungi avlod kimlaming avlodi, kimlaming zoti va voris- lari ekanini anglashga undaydi.
Bu tantanalar biz bugun mustaqillikka erishgan yagona bir xalq sifatida buyuk kelajak sari intilayotganimiz shunchaki orzu-havas bo‘lmay, balki xalqimizning tarixiy salohiyati, asrlar davomidagi davlatchiligi, madaniyati va qudratidan kelib chiqib qo‘yilgan aniq maqsad ekanini tasdiqlaydi.
Bu masalaning yana bir tomoni borki, uni aytib o‘tmasdan bo‘lmaydi deb o‘ylayman. Biz bugun istiqlol yo‘lida, ozod va obod Vatanimizni qurish yo‘lida dadil qadam qo‘yayotgan damlarda, bizning shu intilishlarimizni ko‘rolmaydigan, yo‘limizni to‘sib ol- moqchi bo‘lgan yovuz kuchlar tariximizni chalg‘itib ko‘rsatishga, yolg‘on gaplami ko‘tarishga, shu saxovatli yerda yashayotgan millat va elatlar orasiga adovat umg‘ini sepishga harakat qilayotganlaming to‘g‘ri bahosini bermog‘imiz darkor. Shuning uchun ham tarixiy ha- qiqatni bilish, uni muhrlash, yosh avlodga xolisona yetkazish chuqur ma’noga ega.
Bu shunday haqiqatkim, ba’zi ashaddiy millatchilik yo‘liga o‘tib olgan, o‘zgalami ko‘rolmaydigan, hasad bilan yashaydiganlaming kuchini qirqadi, boshqalaming tinchligini buzish niyatida osoyishta taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘ladiganlaming tomirini qirqadi. Farzand- larimizning ko‘zini haqiqatga ochib beradi. Haqiqiy tarix «Kuch - adolatda» hikmatining naqadar to‘g‘riligini isbotlaydi.
Xalqimiz o‘tmishining ajralmas qismi bo‘lmish Buxoro tarixi shukuhli va muborak kunlar bilan bir qatorda juda og‘ir va musibatli damlarga guvoh bo‘ldi. Ko‘plab bosqinlami boshdan kechirdi, necha marta vayron etildi, o‘t ichida qoldi. Bu muqaddas tuproqda begu- noh qonlar to‘kildi, muhtasham obida, minora va aziz-avliyolaming qabrlari oyoqosti qilindi. Ammo buxoroliklar o‘z ona shaharlarini mardonavor himoya etdilar va necha qayta qurdilar, tikladilar.
So‘nggi mustamlaka zamonida Buxoroga bo‘lgan munosabat hammamizga ma’lum. Inqilob bahonasida bu sharofatli shahar obi- dalari yana bir bor vayrona etildi, uning asl farzandlari qatag‘on qi­lindi. Xalq va uning moddiy-ma’naviy merosiga ko‘rsatilgan bunday munosabat sobiq sho‘rolar tuzumining qanchalik g‘ayriinsoniy va adolatsiz ekanligini ko‘rsatadi.
Muhtaram j amoa!
Har bir xalq o‘z yurtiga haqiqiy ega bo‘lganda uning tarixi va salohiyati bo‘y-bastini, uning go‘zalligini dunyo ko‘z o‘ngida to‘la-to‘kis namoyon eta oladi. Bugun bu qadim shahar to‘yi dun­yo miqyosida keng nishonlanayotgan ekan, bu ham Istiqlolimiz sharofatidir.
Istiqlol ko‘hna Buxoro hayotiga yangi bir nafas olib keldi. Bu­xoro viloyati va shahrida bugungi kunda zamonaviy sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, madaniyat va san’at yangi yuksalish yo‘liga kirdi. Buxoro yurtining qiyofasi yildan-yilga o‘zgarmoqda, yangi shukuh topmoqda.
Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining ishga tushgani dunyo ahli tarafidan muhim voqea sifatida e’tirof etildi. Shahar va viloyatda juda katta qurilish va obodonchilik ishlari olib borilmoqda.
Buxoro dehqonlari va mirishkorlari o‘z saxovatli mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqdalar.
Buxoroning tengsiz zardo‘zi liboslari, oltinga teng pillasi, qorako‘l terilari jahon bozorida munosib bahosini olmoqda.
Sharq me’morchilik san’atining noyob namunalari bo‘lgan bar­cha qadimiy obidalar mustaqillik sharofati bilan yana asl shakliga qaytmoqda.
Buxoroning va buxoroliklaming yana bir katta yutug‘i shundaki, bugun bu tabarruk zaminda turli millat-u dinga mansub kishilar - to- jiklar, turkmanlar, ruslar, yahudiylar, qozoqlar, koreyslar, armanlar va boshqa o‘nlab millat vakillari o‘zbeklar bilan birga qo‘lni-qo‘lga berib, do‘stona, ahil, hamkor va hamjihat bo‘lib yashamoqdalar.
Bugungi fursatdan foydalanib, mard va tanti, g‘ururi baland, ilmparvar va mehnatsevar Buxoro ahliga xalqimiz nomidan, shaxsan o‘z nomimdan minnatdorlik izhor etishni va ularga chuqur ta’zim qilishni o‘zimning muqaddas burchim deb bilaman.
Aziz vatandoshlar!
Zamonlar o‘tar, yillar, asrlar o‘tadi. Hech shubha yo‘qki, far- zandlarimiz, nevaralarimiz, kelajak nasllar Buxoroga, uning qadim tarixiga qayta-qayta murojaat etadilar.
Vatanimizni ozod va obod qilish uchun kurashda qurbon bo‘lganlami, mustaqillik imorati poydevoriga birinchi g‘isht qo‘ygan ota-bobolarini sira unutmaydilar.
Yangi o‘sib kelayotgan avlodlarimiz o‘z tarixini, yurtini, aziz- avliyolarini, osori atiqalarini boshiga ko‘tarib, shu tariqa mil­liy tuyg‘u, milliy g‘urur, milliy iftixor hissiyotini ko‘kka ko‘tarib, umumshabariy qadriyatlar xazinasiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shadilar.
Aziz do‘stlarim, vatandoshlarim!
Sizlami yana bir karra Buxoroi sharifning qutlug‘ to‘yi bilan chin ko‘ngildan tabriklayman!
Barchamizga ajdodlarimizga munosib, yana ming yillarga da- vomdor buyuk ishlar qilish baxti nasib etsin!
Yaratganning o‘zi bizning barcha ezgu ishlarimizda madadkor bo‘lsin!

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish