Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet135/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Yana bir saboq shuki, el-yurt va davlat uchun, uning taqdiri va kelajagi uchun qayg‘uradigan, odamlaming ezgu niyatlarini o‘ziga oliy maqsad qilib qo‘ygan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan, har qanday vaziyatda ham xalqni birlashtirib, turli balo-qazolardan asrash uchun safarbar eta oladigan shaxslargina tarixda o‘chmas nom qoldiradi. Bu - haqiqat.
Jaloliddin Manguberdi ana shunday mardlaming yorqin timsoli va ibratli namoyandasidir.
Sulton Jaloliddinning bizga qoldirgan yana bir da’vati shuki, u barchamizni ona yurtimizning beg‘ubor osmonimizni va osuda ha- yotini qadrlashga, о‘sib kelayotgan, ertaga bizning o‘mimizni egal- laydigan, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan farzandlarimizning kelajagini, baxt-saodatini himoyalashga, yorug‘ istiqbolga intilib yashashga chorlaydi.
Qadrli vatandoshlar!
Tarixi qariyb uch ming yilga boradigan, buyuk fan va madaniyat o‘lkasi bo‘lgan, jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ulug‘ zotlar vatani, «Avesto»dek o‘lmas asar yaratilgan tabarruk tuproq - Xorazm zamini butun dunyoga ma’lum va mashhur.
Bu yurt tengsiz allomalar, aziz avliyolar, podshoh-u sarkardalar, botir va pahlavonlami ko‘p ko‘rgan. Ular orasida milliy qahramoni- miz Jaloliddin Manguberdining betakror nomi yulduzdek charaqlab turadi.
Sulton Jaloliddin siymosi nafaqat Xorazm, balki butun 0‘zbe- kistonning faxr-u g‘ururidir. U bizning ozodligimizga, istiqlolimiz- ga tajovuz qilmoqchi bo‘lgan har qanday yovuz kuchga qarshi tik turib kurashishga, mardona zarba berishga qodirligimizning tasdig‘i va timsolidir.
Bu bahodir zotning muborak nomi, uning qahramonligi kelajak avlodlarga, birinchi galda siz bilan bizga, tarixiy xotira oldida boshi- mizni mag‘rur tutib yashamog‘imiz uchun to‘la huquq beradi.
Aziz yurtdoshlarim!
Aziz qadrdonlarim!
Shu hayajonli, unutilmas lahzalarda dunyoga Manguberdi kabi qahramon o‘g‘lonlami bergan Xorazm eliga, butun xalqimizga ta’zim qilaman.
Biz bugun yurtimizda Jaloliddin Manguberdi xotirasini hurmat- lab, muazzam yodgorlik majmuini bunyod etdik. Ko‘rib turganingiz- dek, bu ulug‘vor haykal timsolida mard va jasur sarkarda, zo‘r iroda, beqiyos matonat sohibi bo‘lgan buyuk insonning so‘nmas shijoati mujassam topgan.
Bu go‘zal yodgorlik obidasini barpo etishdek xayrli ishga hissa qo‘shgan muhandis va me’morlarga, mohir ustalarga, quruvchi va bog‘bonlarga chin qalbimdan samimiy tashakkurlar bildirishga rux­sat bergaysizlar.
Bizning buyuk ajdodlarimizga ko‘rsatayotgan hurmat- ehtiromimizdan, ozod va obod Vatan, faro von jamiyat qurish bora- sidagi ezgu ishlarimizdan, jamiki aziz bobolarimiz qatori, Jaloliddin Manguberdining ham ruhi poki shod bo‘lg‘ay, inshoollo.
Ishonchim komilki, ulaming o‘lmas ruhi bilan charog‘on xona- donlarimizda bugun voyaga yetayotgan minglab jaloliddinlar yurti- mizga mehr-u sadoqat bilan xizmat qilib, uni dunyoga tarannum etadi.
Ishonchim, komilki, Manguberdining beqiyos jasorati yurti- miz tinchligi, xalqimiz omonligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ko‘z qorachig‘idek asrab kelayotgan dovyurak askarlarimiz, el-yurt pos- bonlari, jasur o‘g‘lonlarimiz siymosida davom etaveradi.
Ishonchim komilki, dunyoga buyuk farzandlami bergan, kindik qoni tomgan zaminni, ajdodlarining muqaddas mozorlarini jonidan ham ortiq ko‘radigan, o‘z vataniga butun borlig‘ini baxsh etishga hamisha tayyor turadigan, qadoq qo‘llari bilan tuproqdan oltin undi- rayotgan bunday xalqning obro‘-e’tibori va hurmati oshaveradi.
Muhtaram yurtdoshlar!
Vatan va xalq ozodligi yo‘lida jon fido etgan qahramonlarga shon-sharaflar bo‘lsin!
Ana shunday bahodirlami kamolga yetkazgan Ona xalqimiz mangu yashasin!
Aziz do‘stlar!
Bugun Xorazm zaminida qo‘shaloq bayram. Viloyat dehqonlari, butun Xorazm ahli lafzi halolligini yana bir bor isbotlab, o‘z zim- masiga olgan majburiyatlarini, Vatanimiz uchun «oq oltin» bo‘lmish paxta tayyorlash rejalarini sharaf bilan bajardi. Mana shu ulkan g‘alaba bilan siz azizlami, siz orqali butun Xorazm ahlini chin qal­bimdan tabriklashga ruxsat bergaysizlar.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish