Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/214
Sana20.06.2022
Hajmi6,22 Mb.
#683917
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214
Bog'liq
pdf

Рецензенты
Сафаров Э.Ю. – зав. кафедрой “Геодезии и картографии” НУУз имени Мирзо 
Улугбека, доктор технических наук, профессор; 
Шахидов А.Ф. – профессор Ташкентского Автомобильно-дорожного института, 
доктор технических наук, профессор. 
The manual is prepared on the basis of a standart program of discipline "Hydrology of 
the rivers" intended for bachelors in direction "Hydrology (by branches)". Problems of natural 
water cycle, rivers’ position in the process, morphology and morphometry of the rivers, river 
runoff formation and regime, sources of water feeding, hydrological processes at watershed 
and in channel, water resources and their rational use are discribed in the manual. 
The manual is intended to bachelors in “Hydrology (by branches)". Besides it can be 
useful for students in directions "Hydrometeorology", "Hydrology of reservoirs", 
"Geography", as well as for teachers of special professional colleges, scientific staff and 
candidates who are engaged in research in hydrology . 
Reviewers:
Safarov E.Yu – chef of the “Geodezic and kartografic” department of NUUz named by 
Mirzo Ulugbek, doctor of geographical sciences, professor; 
Shohidov A.F. - professor of Tashkent Motor-car and Road Institute, doctor of 
technical sciences, professor.



KIRISH 
 
Ma’lumki, insonning yashash tarzi, hayoti suv bilan bog‘liq. Shuning 
uchun bo‘lsa kerak, Yer yuzidagi qadimiy manzilgohlardan tortib, toki 
hozirgi kundagi zamonaviy qishlog‘u yirik shaharlargacha, hammasi suv 
manbalari ­ buloqlar, soylar, daryolar, ko‘llarga yaqin yoki bevosita ular 
bo‘yida joylashgan. Shu jihatdan qaraladigan bo‘lsa, 
suv ilmi - 
gidrologiya
qadimiy fanlardan hisoblanadi. 
Boshqa fanlar kabi gidrologiya ham o‘ziga xos shakllanish va 
rivojlanish tarixiga ega bo‘lib, yangi eraning XVII asridayoq alohida fan 
sifatida e’tirof etilgan. Hozirgi kunda “Gidrologiya” keng qamrovli fan 
bo‘lib, gidrosferani, aniqrog‘i, uning tarkibiy qismlari ­ okeanlar, 
dengizlar, daryolar, ko‘llar, muzliklar, yer osti suvlarini, ularning o‘ziga 
xos xususiyatlarini hamda har bir tashkil etuvchining o‘zaro va atrof tabiiy 
muhit 
bilan 
ta’sirlashuvi natijasida ro‘y beradigan hodisalar 
qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi ham gidrosfera va unda 
kechadigan jarayonlar qonuniyatlarini daryolar bilan bog‘liq holda 
o‘rganishga yo‘naltirilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda 
mualliflarning Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 
“Gidrologiya”, “Gidrometeorologiya”, “Geografiya” yo‘nalishlari bo‘yicha 
tahsil oluvchi talabalariga “Daryolar gidrologiyasi” va “Umumiy 
gidrologiya” fanlaridan o‘qigan ma’ruzalari asos bo‘ldi. 
Qo‘llanmani tayyorlash jarayonida undan o‘rin olgan har bir mavzu 
qayta ishlanib, o‘lkamiz daryolari gidrologik xususiyatlarini o‘zida aks 
ettiradigan misollar va yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitildi. Shu 
maqsadda oxirgi yillarda qo‘shni va uzoq xorijiy mamlakatlarda chop 
etilgan “Daryolar gidrologiyasi”ga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, 
monografiyalar va ilmiy maqolalar ma’lumotlaridan ham foydalanildi. 
O‘quv qo‘llanmadagi mavzularni yoritishda barcha tabiiy suvlar ­ 
okeanlar, dengizlar, ko‘llar, daryolar, muzliklar, yer osti suvlari va 
boshqalar geografik landshaftning ajralmas qismi deb qaraldi. Shu bilan 
birga, ularning o‘zaro hamda landshaftning boshqa barcha komponentlari 
bilan ham doimiy aloqada ekanligi nazarda tutildi. Ushbu holatni e’tiborga 
olib, qo‘llanmadagi mavzular shu fanning namunaviy o‘quv dasturiga mos 
ravishda mantiqiy ketma­ketlikda yoritildi. 
Qo`llanmaning I - bobidagi mavzularda (mualliflar: prof. Xikmatov 
F.X, dots. Yunusov G`.X.) daryolar gidrologiyasi haqida umumiy 
ma’lumotlar, jumladan, fanning predmeti, maqsadi, vazifalari, rivojlanish 
tarixi, bo‘linishi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, tadqiqot usullari, 



suvning tabiiy hamda kimyoviy xususiyatlari va, nihoyat, tabiatda suvning 
aylanishi, sayyoramizning suv balansi haqidagi fikrlar bayon etilgan. 
Fanning 
maqsadi 
va 
vazifalaridan 
kelib 
chiqqan 
holda, 
qo‘llanmaning asosiy qismi daryolarni o‘rganishga bag‘ishlanadi. Bu 
qismga tegishli mavzularda daryolar gidrologiyasiga oid asosiy 
tushunchalarni ta’riflashga, daryolar suv rejimi elementlarini kuzatish, 
o‘lchash hamda natijalarni qayta ishlash va umumlashtirishga, eng muhimi, 
to‘plangan gidrologik ma’lumotlarning ilmiy hamda amaliy ahamiyatiga 
alohida e’tibor qaratilgan.
Qo‘llanmada, 
gidrologiya 
sohasiga 
oid 
mavjud 
o‘quv 
adabiyotlaridan farqli ravishda, fanning asosiy tadqiqot obyekti – 
daryolarning 
shakllanishi, 
ularni 
belgilovchi 
omillar, 
daryolar 
morfologiyasi va morfometriyasi, daryo havzasining suv balansi
daryolarning suv rejimi va suv rejimi davrlari, to‘yinish manbalari, ularni 
miqdoriy baholash masalalari bayon etilgan mavzular keng yoritilgan.
Yuqorida qayd etilgan holatlarni hisobga olib, o‘quv qo`llanmaning 
2-10 boblari prof. F.X.Xikmatov va dots. G`.X.Yunusov, 11-15 boblari 
prof. F.X.Xikmatov va o`qituvchi N.B.Erlapasov, 16-18 boblari prof. 
F.X.Xikmatov va o`qituvchi N.L.Dovulov, 19-22 boblari esa prof. 
F.X.Xikmatov va dots. F.Ya.Artikovalar hammuallifligida tayyorlangan. 
O`quv qo‘llanmaning umumiy tahriri prof. F.X.Xikmatov tomonidan 
amalga oshirilgan. 
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, qo‘llanma o‘z ichiga 
“Daryolar gidrologiyasi”ning barcha bo‘limlarini qamrab olgan. Shu holatni 
e’tiborga 
olsak, 
unda 
keltirilgan 
ma’lumotlar 
Respublikamiz 
universitetlarining ”Gidrologiya”, "Gidrometeorologiya", "Geografiya" 
yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar bilan bir qatorda 
magistrantlar, suv muammolari yechimi bilan aloqador bo‘lgan ilmiy 
xodimlar, muhandis - gidrologlar, gidrotexniklar, gidromelioratorlar, 
gidrogeologlar uchun ham foydalidir. 
Mualliflar qo‘llanmaning rasmiy taqrizchilari – Mirzo Ulug‘bek 
nomidagi O‘zMU “Geodeziya va kartografiya” kafedrasi mudiri, texnika 
fanlari doktori, professor E.Yu.Safarovga hamda Toshkent Avtomobil 
yo‘llari instituti professori, texnika fanlari doktori A.F.Shohidovga, 
shuningdek, norasmiy taqrizchi - Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya 
instituti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri, dotsent 
D.V.Nazaraliyevga cheksiz minnatdorchilik izhor etadilar. Ular tomonidan 
qo‘llanma qo‘lyozmasi haqida o‘z vaqtida bildirgan fikr va mulohazalar, 
taklif hamda qimmatli maslahatlar uning mazmunini yaxshilashga imkon 
berdi. 



Shu bilan birga, mualliflar o‘quv qo‘llanmani chop etishga 
tayyorlash 
jarayonida 
undagi 
chizmalar, 
jadval 
ma’lumotlarini 
rasmiylashtirishda ko‘rsatgan yordamlari uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi 
O‘zMU “Quruqlik gidrologiyasi” (hozirgi Gidrologiya va gidrogeologiya) 
kafedrasining o‘qituvchilari – K.R.Raxmonov, D.M.Turg‘unov hamda 
magistratura 
bosqichi 
talabalari 
– A.Shodiyev, M.Boboxonova, 
B.Rapikovlarga tashakkur bildiradilar. 
Mualliflar o‘quv qo‘llanmaning mazmunini yanada yaxshilash 
maqsadida bildirilgan fikr ­ mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul 
qiladilar. 




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish