7-rasm. Soliq islohotini taqozo qilgan muammolar
Rasm keltirilgan barcha 6 ta kamchilik natijasida yuzaga kelgan umumiy
oqibat – investitsion jalb etuvchanlikka salbiy ta‘sirdir, chunki amaldagi soliq
tizimi ko‘pchilik investorlar ko‘z o‘ngida tushunuvchanlikni, sog‗lom raqobatni,
Umumbelgilangan soliqlarni to„lovchilar uchun soliq
yukining yuqoriligi soddalashtirilgan tizimda soliq
to„lovchilar o„rtasidagi solik yuki darajasidagi farqning
yuqoriligi
Soliq to„lovchilarning aylanma mablag„larini jalb
qiladigan, shuningdek maxsulot tannarxini
qimmatlashishiga olib keladigan majburiy
to„lovlarning mavjudligi. QQS undirishning
samarasiz tizimi
Soliq to'lovchilar tomonidan xodimlar real
sonini va mexnatga xak tulash fondini
yashirishga olib keladigan soliq stavkalarini
yuqoriligi
Sog„lom raqobat muhitiga salbiy ta‟sir
ko„rsatuvchi imtiyozlarning samaradorligini
nazorat va monitoring kilish tizimining mavjud
emasligi
Mahalliy soliqlar va yig„imlarning yig„uluvchanlik
darajasining pastligi ko'chmas mulk va er
uchastkalarining tuliq hisobga olish va qiymatini
ob‟ektiv aniqlashning mavjud emasligi,
ma‟murchiligi mexanizmlarining samarasizligi
Tadbirkorlik sub‟ektlari faoliyatiga aralashishini
kamaytirishga to'sqinlik qiladigan nazorat faoliyatini amalga
oshirishda xavf-xatarni tahlil qilish va boshqarishning aniq
tizimi yo'qligi
240
soliq mamurchiligi shaffofligini, investorlar uchun soliq og‗irligining maqbul
darajasi va ular xuquqlari himoyasining kafolatlarini ta‘minlamayotir.
Darhaqiqat, O‘zbekiston iqtisodiyoti oldida turgan asosiy talab- jaxon
iqtisodiyotining zamonaviy talablariga, rivojlanish darajasiga hamda chaqiriqlariga
javob bera oladigan ishchi o‘rinlarining maksimal miqdorini ta‘minlash
hisoblanadi. Vaholanki, mamlakatimizda mavjud mehnatga layoqatli aholining
uchdan bir qismigina jismoniy shaxslar daromadiga soliq to‘lovchilari hisoblanadi.
Mazkur foydalanilmayotgan ulkan zahira mamlakatimiz iqtisodiyoti dinamik
rivojlanishi uchun muhim axamiyatga ega.
Biroq, bizning fikrimizcha, soliq tizimi islohi soliq munosabatlari uchun,
soliqqa tortish amaliyoti uchun nima bera olishligini, bu sohadagi asosiy urg‗u
nimaga qaratilishini ham Konsepsiya loyihasi ijodkorlari aniq ifodalashlari lozim
edi.Bunda, hech bo‘lmasa ―Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan
asosiy yo‘nalishlari, soliq ma‘murchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan
2017 yil 30 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‗risida‖ 454-sonli Qonunida belgilangan
―soliq solish mexanizmini soddalashtirish hamda soliq mamurchiligida zamonaviy
usullarni qo‘llash orqali soliq solish bazasini kengaytirish va yig‗iluvchanlikni
oshirish‖dek maqsaddan foydalanish xam mumkin edi.
Soliq tizimi islohi milliy soliq tizimini ―davlatning fiskal maqsadlari va
samarali soliq dastaklari o‘zaro mutanosib va uyg‗un amal qilishi‖ni ta‘minlagan
holda mukammallashtirish, soliqqa tortish amaliyotida ―hamkorlikda o‘sishga
erishishni ta‘minlashning soliq holatini joriy etish‖ga qaratilgan soliq organlari va
soliq to‘lovchilar manfaatlari mushtarakligini ta‘minlash orqali investitsion faollik
hamda soliq tushumlari o‘sishi istiqbollarini ta‘minlashga qaratilmog‗i lozim.
Bizning
fikrimizcha,
Konsepsiyada
bundan
tashqari
2017 yil
30dekabrdaO‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‗risida‖ 454-sonli Qonunida belgilangan tartibdagi kabi
soliqlar yig‗iluvchanligi darajasini oshirish maksadida ―halol (intizomli) soliq
to‘lovchilar maqomining‖ mezonlarini ochib berishga e‘tibor berish va soliq
241
qarzlari ma‘murchiligi nuqtai-nazaridan soliq to‘lovchilarni tasniflash uslubiyoti
zarurligiga ham to‘xtalish lozim edi.
Ma‘lumki, soliq tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari, iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartibga solishda fiskal va monetar siyosatning o‘rni, nodavlat
notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarini molilashtirishning
zamonaviy yo‘nalishlari, moliviy tizim va resurslarni boshqarishning ilg‗or xorij
tajribasidan respublikamizda foydalanish masalalari hozirgi kunda dolzarb
masalalardan biri sanaladi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning
mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy kunlari va
2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga
bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ro‘zalarida
―Makroiqtisodiy barqarorlikni nada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori
sur‘atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib,
milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta‘minlash – eng
muhim ustuvor vazifamizdir‖
39
deb alohida ta‘kidladilar.
Mamlakatimizda soliq tizimini takomillashtirish hamda soddalashtirish
bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Natijada soliq ma‘murchiligi
shaffofligini ta‘minlash, soliq to‘lovchilarning huquqiy savodhonligini oshirish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish borasida muayyan
yutuqlarga erishilmoqda.
Jumladan, bu yo‘nalishda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‘jalik
yurituvchi subektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirish maqsadida, eng
avvalo, ularning daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning salmog‗ini
kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, soliq yukini kamaytirish
natijasida korxonalarda o‘z ixtiyorida qoladigan mablag‗lardan ishlab chiqarishni
zamonaviylashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadida investitsiya
39
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga
bag‗ishlangan
Vazirlar
Mahkamasining
kengaytirilgan
majlisidagi
ma‘ruzasi
https://www.gov.uz/uz/news/view/8879
242
faoliyatini kengaytirish hamda xodimlar mehnatini yanada rag‗batlantirish imkoni
paydo bo‘lmoqda.
Shuningdek, soliq tizimini soddalashtirish va soliqlarni birxillashtirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar, o‘z navbatida,
korxonalarning buxgalteriyaxodimlarini soliqlarni hisoblash va to‘lash ishlarini
soddalashtirishga hamda soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat
qilishga yordam beradi.
Ta‘kidlash lozimki, bu boradagi islohotlarni izchil davom ettirish va yanada
jadallashtirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Binobarin,
zamonaviy talablarga javob beradigan soliq tizimi- iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar ratish, investitsiya
muhitini yaxshilash hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini
kengaytirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
O‘tgan davr mobaynida tadbirkorlik subektlarida tekshirishlarni va ularning
faolitiga asossiz aralashishlarni qisqartirish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari
qabul qilindi.
Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar
bekor qilindi, hisobotlarning shakli va topshirish muddatlari soddalashtirildi.
Shu bilan birga, soliq mamurchiligi sohasida, jumladan, soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarni yig‗ishda, soliq solinadigan bazani kengaytirishda va soliq
to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolar mavjudligi
va bu esa o‘z navbatida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini
molilashtirishning barqaror manbalarini ta‘minlashga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.
Soliq ma‘murchiligini samarali boshqarishning turli tashkiliy
modellarini o‘rganish har qanday mamlakat uchun muhim ahamit kasb etadi,
chunki har qaysi modelga oid soliq tizimining rivojlanish qonuniyatlari, davlat
tartibga solish tadbirlari samaradorligi, soliq rejimi va uning rag‗batlari tizimi,
rivojlanish istiqbollari uchun turtki bo‘la oladigan jihatlarni ijobiy
o‘zlashtirish mumkin.
243
Davlatning ijtimoiy vazifalari va byudjet majburitlarining tobora o‘sib
borish tendensiyasi kuzatilayotgan hozirgi sharoitda mamlakatimizda soliq tizimini
modernizatsilashning o‘rta va uzoq muddatli strategiyasiga hamohang bo‘lgan
samarali boshqarishga qaratilgan soliq ma‘murchiligining samarali vositalari va
ta‘sirchan usullarini keng qo‘llash muhim ahamit kasb etadi va unda asosiy e‘tibor
soliq mamurchiligining «hamkorlikda o‘sishga erishishning soliq holati»ni joriy
etishga qaratilgan.
Shuningdek prezidentimizning 2018 yil 27 iyuldagi ―Tadbirkorlik
sub‘ektlarining huquqlari vaqonuniy manfaatlarini himo qilish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‗risida‖gi PF-5490 sonli farmonlariga asosan
Soliq mamurchiligi tizimiga tegishli ravishda bir qancha muammo va kamchiliklar
keltirib o‘tilgan Jumladan:
1.
Nazorat qiluvchi organlar va insofli tadbirkorlik sub‘ektlari o‘rtasida
ishonchli hamkorlikni o‘rnatishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq
siyosatini takomillashtirish konsepsisining qabul qilinganligi amaldagi tekshiruvlar
tizimini, davlat nazoratining boshqa turlarini, shuningdek, soliq va boshqa
majburiy to‘lovlarni undirish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqishni talab etadi;
2.
qonun hujjatlarida zamon talablariga javob bermaydigan ayrim
huquqiy mexanizmlarning mavjudligi sababli soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar,
penlar va moliviy jarimalar bo‘yicha qarzdorliklar sun‘iy yo‘l bilan yig‗ilib
bormoqda;
3.
tadbirkorlik sub‘ektlarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga
olib kelayotgan davlat organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksilari amal
qilmoqda;
4.
tadbirkorlik sub‘ektlari faolitida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning
tashkiliy jihatlari va tartib-taomillarini kompleks tartibga solish hamda ularning
qonuniyligi monitoringini olib borishning yagona yaxlit tizimi mavjud emasligi
5.
nazorat qiluvchi organlar faoliyatining shaffofligini ta‘minlash va
o‘tkaziladigan tekshiruvlarning asosliligini xolis baholash imkonini bermayapti;
244
6.
o‘tkaziladigan tekshiruvlarning ochiqligi, oshkoraligi va xolisligini
ta‘minlovchi nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan mustaqil jamoatchilik
nazorati tizimi joriy etilmagan;
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xozirga kelib bir qancha
tizimli ravishda ishlar olib borilayapti. Xususan
2018 yil 1 aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini
yo‘qotgan jismoniy shaxslarga va 2018 yil 1 apreldan moliviy-xo‘jalik faoliyatini
amalga oshirmayotgan (shu jumladan, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan) yakka
tartibdagi tadbirkorlarga davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‗ullanganligi uchun bir yillik qat‘iy belgilangan soliq summasi hisoblangan
jismoniy shaxslarga.
2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan
yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hollarda
amalga oshirilishi belgilab berildi
40
.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy
ijro byurosi va Iqtisodiy jinotlarga qarshi kurashish departamenti, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda tadbirkorlik sub‘ektlari- yuridik
shaxslarga hisoblangan undirish umidsiz bo‘lgan soliq va boshqa majburiy
to‘lovlar, mazkur qarzdorlik uchun hisoblangan penlar bo‘yicha qarzdorlikni,
shuningdek, moliviy jarimalar va sud xarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno)
bo‘yicha qarzdorlikni xatlovdan o‘tkazishini, keyinchalik ko‘rsatilgan
qarzdorliklarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini ko‘rish amalga
oshirilmoqda;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Markaziy
banki, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda soliq va boshqa majburiy
to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan va ikki oy davomida tadbirkorlik faoliyatini
40
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tadbirkorlik sub‘ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‗risida‖gi Farmoni 27.07.2018 yildagi PF-5490-sonli
245
amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini to‘xtatish
tartibi amalga oshirilmoqda;
moliya-xo‘jalik faolitni amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish
tartibini soddalashtirish, shuningdek, faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlar va
muassislari uzoq muddat bedarak bo‘lgan tashkilotlarning umidsiz qarzdorligini
hisobdan chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha 2018 yil 1
sentabrdan:
tadbirkorlik sub‘ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‗liq
bo‘lmagan rejali tekshiruvlar;
tadbirkorlik sub‘ektlari faolitida o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi
tekshiruvlar bekor qilingan.
Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini tekshirish tashabbusi bilan chiqish
tegishli tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi
darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi «xavfni
tahlil etish» tizimi natijalari asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tadbirkorlik sub‘ektlari
faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organ
hisoblanadi;
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub‘ektlari faolitida
o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona
tizimida ro‘yxatga olinishi shart;
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga
olinmagan tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar
noqonuniy hisoblanadi;
Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarning
natijalari nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin
uch kun davomida tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga
kiritiladi.
Shuningdek prezidentimizning ―Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish
tizimini
tubdan
takomillashtirish
va
prokuratura
organlari
faoliyatini
246
optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‗risida‖ gi PF-5690 sonli farmonida ham
soliq va bojxona organlariga bir qancha vazifalar belgilab beriladi. Ya‘ni soliq va
soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan
nazorat qilishga mas‘ul Qoraqalpog‗iston Respublikasi, vilotlar va Toshkent
shahar prokurorining o‘rinbosarlari, tumanlar (shaharlar) prokurorlarining
o‘rinbosarlari va yordamchilari lavozimlari;
tumanlar (shaharlar) prokurorlarining tadbirkorlik sub‘ektlari huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himo qilishga mas‘ul o‘rinbosarlari hamda katta
yordamchilari lavozimlari;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinotlarga
qarshi kurashish departamentining tadbirkorlikni himo qilish va tashqi iqtisodiy
faoliyatdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi tugatilishi nazarda
tutilgan bu ham tadbirkorlarga hozirgi vaqtda berilayotgan yengilliklarni turi
sifatida amalga oshirilmoqda.
Mazkur farmon bilan Davlat soliq qo‘mitasi tarkibiy tuzilmalariga kiritilgan
o‘zgartirishlar bevosita yuqorida qayd etilgan xorijiy mamlakatlar soliq
tizimlarida joriy etilgan soliq to‘lovchilar bilan bevosita munosabatlarni
yaxshilashni ularga ko‘rsatiladigan elektron axborot xizmatlari kompleksini
kengaytirishni, shuningdek insofli o‘z vaqtida soliq va boshqa majburiyatlarn
bajargan soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirib borish tadbirlarini nazarda tutadi.
Mazkur tadbirlarni amalyotga joriy etish esa mamlakatimizda soliq
ma‘murchiligini yanada takomillashtirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |