3. Soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‟yicha ma‟muriy amaliyot yuritish
tartiblari.
O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
(bundan buyon matnda — MJtK) 174-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 184-moddasining
birinchi qismi dispozitsiyasiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni
to‘lashdan bo‘yin tovlash deganda, foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan
boshqa ob‘ektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek soliqlar
va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan boshqa tarzda qasddan bo‘yin tovlash
tushunilishi lozim.
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarni qasddan
yashirish — bu davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan tegishli soliq
hisoboti hujjatlarida foyda (daromad) olinganligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni
qasddan ko‘rsatmaslik, shuningdek, ular mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni
yashirish maqsadida foyda (daromad) kelib tushishini hisobga olish tartibini
buzish.
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarni kamaytirib
ko‘rsatish davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisoboti
hujjatlarida soliq solinadigan ob‘ekt miqdoriga oid axborotni bila turib pasaytirish
(kamaytirish) tomoniga o‘zgartirishda ifodalanadi.
209
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan boshqa tarzda qasddan
bo‘yin tovlash soliq to‘lovchining davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti
hujjatlarini yoki soliq qonunchiligiga muvofiq taqdim etilishi shart bo‘lgan boshqa
hujjatlarni qasddan taqdim etmaslikdan iborat har qanday boshqa qilmishlarida
ifodalanadi, mazkur harakatni inson erkiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar ta‘sirida
bajarmaslik hollari bundan mustasno.
MJtK 174-moddasining birinchi qismi, JK 184-moddasining birinchi qismi
dispozitsiyasi blanket (havolaki) bo‘lib, shu sababli «daromadlar», «foyda», «soliq
solinadigan ob‘ektlar», «soliqlar», «boshqa majburiy to‘lovlar» kabi tushunchalar
mazmunini aniqlash uchun qilmish sodir etilgan paytda amalda bo‘lgan Soliq
kodeksi (bundan buyon matnda — SK) normalaridan kelib chiqish lozim.
Qonunda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni (bundan buyon matnda —
soliqlar) to‘lashdan ancha miqdorni tashkil qilmagan (eng kam oylik ish haqining
yuz baravarigacha bo‘lgan) miqdorda qasddan bo‘yin tovlash yoki birinchi marta
ancha (eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan)
miqdorda sodir etilganligi uchun ma‘muriy javobgarlik belgilangan MJtK 174-
moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
Agar shaxs soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun MJtK 174-
moddasining ikkinchi qismi bo‘yicha ma‘muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil
davomida shunday qilmishni yana ancha miqdorda sodir etsa, JK 184-moddasining
birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik kelib chiqadi.
Shuni nazarda tutish lozimki, agar soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin
tovlaganlik natijasida ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda zarar etkazilgan bo‘lsa, jinoiy
javobgarlik ma‘muriy preyuditsiyaga rioya qilinmagan holda (ya‘ni shaxsning
muqaddam soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ma‘muriy javobgarlikka
tortilishi talab etilmaydi), tegishlicha, Jinoyat kodeksi 184-moddasi ikkinchi
qismining «b» bandi yoki uchinchi qismi bo‘yicha kelib chiqadi.
Shaxsning harakatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun surishtiruv,
tergov organlari va sudlar, barcha hollarda, soliqlar to‘lanmaganligi oqibatida
etkazilgan moddiy zarar miqdorini sinchiklab aniqlashlari, bunda JK 184-moddasi
210
mazmuniga ko‘ra, shaxs tomonidan yashirilgan yoki kamaytirib ko‘rsatilgan soliq
solinadigan ob‘ekti kattaligi (qiymati) emas, balki faqat to‘lanishi lozim bo‘lgan
soliqlar summasi (soliqqa oid huquqbuzarlik uchun qo‘llanilgan moliyaviy
sanktsiya (jarima va penya) summalarini qo‘shmagan holda) tushunilishi
lozimligini nazarda tutishlari kerak.
MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasi bo‘yicha javobgarlik kelib
chiqishining zarur sharti — soliq yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlashga nisbatan qasdning mavjudligi bo‘lib, u harakatda ham, harakatsizlikda
ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarni qasddan
yashirish, kamaytirib ko‘rsatish belgilari, jumladan, quyidagilar:
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushum
summasini hisobga olish registrlarida aks ettirilmaslik;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi
hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yo‘q qilish yoxud ularni tekshirish
uchun taqdim etishni rad etish;
qalbaki boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;
buxgalteriya hujjatlarida realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan
tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda
rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash;
nazorat-kassa mashinalarining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy
ravishda o‘zgartirish kiritish;
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish
hisobotiga qo‘shish;
tovarlar sotish (xizmat ko‘rsatish)dan olingan tushumni hisobot davridan
keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromad(foyda)ni qasddan
kamaytirish);
211
moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya
(eskirish) normasini sun‘iy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni noto‘g‘ri
qo‘llash va h.k.
MJtK
174-moddasi
va
JK
184-moddasida
nazarda
tutilgan
huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha yuqorida qayd etilgan yoxud boshqa biror-
bir belgisi aniqlanishidan tashqari, shaxsning qilmishida soliqlarni to‘lashdan
bo‘yin tovlashga nisbatan to‘g‘ri qasd (JK 21-moddasi) mavjudligi isbotlangan
bo‘lishi shart.
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari
bo‘yicha shuni e‘tiborga olish kerakki, agar soliq to‘lovchi sub‘ektlarning
g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) JK 184-moddasi dispozitsiyasi bilan
qamrab olinsa, ularni tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof
ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi
sub‘ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa
jinoyatlar (JK 192
11
-moddasi) va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar (205 — 209,
227, 228-moddalari) uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan
qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Qonunga ko‘ra (SK 109-moddasi), shaxs quyidagi holatlardan loaqal bittasi
mavjud bo‘lgan taqdirda soliqqa oid huquqbuzarlik uchun ma‘muriy va jinoiy
javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi faktining yo‘qligi (masalan,
agar bir turdagi soliqlar uchun to‘langan pul summasi boshqa turdagi majburiy
to‘lovlar uchun to‘lanmagan summalar o‘rnini to‘liq qoplasa va SK 56-moddasida
nazarda tutilgan boshqa hollarda);
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yo‘qligi
(masalan, qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib
bo‘lmaydigan holatlar oqibatida, shaxs tomonidan o‘z harakatlarini o‘zi idora
etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan kasallik holatida sodir etilgan bo‘lsa va
SK 110-moddasida nazarda tutilgan boshqa hollarda).
212
Qonunga ko‘ra (SK 56-moddasi), agar bir turdagi soliqlar uchun to‘langan
pul summasi boshqa turdagi majburiy to‘lovlar uchun qasddan to‘lanmagan
summalar o‘rnini to‘liq qoplasa, shaxs javobgarlikka tortilmaydi. Agar bir turdagi
soliqlar uchun ortiqcha to‘langan summaning miqdori boshqa turdagi to‘lovlar
uchun qasddan to‘lanmagan summaning miqdorini qisman qoplasa, shaxsning
aybdorlik masalasi to‘langan va to‘lanmagan summalar orasidagi farq miqdoridan
kelib chiqqan holda hal etiladi.
Soliq to‘lovchi o‘z xatolarini soliq tekshiruvi (SK 85-moddasi)
boshlangunga qadar o‘zi mustaqil ravishda tuzatgan taqdirda ham ma‘muriy va
jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi (SK 109-moddasi uchinchi qismi).
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash tariqasidagi jinoyat tegishli soliq davri
uchun soliq qonunchiligida belgilangan muddatlarda soliq to‘lanmasligi holati
kelib chiqqan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (agar bunda soliqlarning
ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olish imkoniyati (SK 56-moddasi) yoki
soliqqa oid huquqbuzarlik uchun shaxsning javobgarligini istisno etuvchi holatlar
(SK 109, 110-moddalari) mavjud bo‘lmasa.
Soliq kodeksi 162-moddasiga ko‘ra soliq davri kalendar yiliga mos keladi.
MJtK
174-moddasi
va
JK
184-moddasida
nazarda
tutilgan
huquqbuzarlikning sub‘ekti 16 yoshga to‘lgan, soliq solinadigan daromad
(foyda)ga ega bo‘lgan va qonunga muvofiq davlat soliq organlariga daromadlari
haqida deklaratsiya taqdim etishga majbur bo‘lgan jismoniy shaxs (O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi, chet el fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) hisoblanadi.
MJtK 174-moddasi va JK 184-moddasida belgilangan javobgarlikka soliq
to‘lovchi-yuridik shaxs rahbari va bosh (katta) buxgalteri yoki boshliq va bosh
buxgalter vazifalarini amalda bajarayotgan xodimlari, shuningdek buxgalteriya,
bank-moliya hujjatlarini tuzish, imzolash huquqiga ega bo‘lgan va buxgalteriya
hujjatlariga daromad yoki xarajatlar to‘g‘risida soxta ma‘lumotlar kiritgan yoxud
soliq solinadigan boshqa ob‘ektlarni yashirgan o‘zga xizmatchilari tortilishlari
mumkin.
213
Soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlari
yuzasidan surishtiruv, tergov yuritish hamda ularni sudda ko‘rishda bunday
jinoyatlarni yashirishga ko‘maklashgan barcha shaxslarni aniqlash choralari
ko‘rilishi shart.
JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatga rahbarlik qilgan yoki ushbu
jinoyatni sodir etishga soliq to‘lovchi tashkilot boshlig‘i, bosh (katta) buxgalteri,
boshqa xizmatchilarini undagan yoxud o‘zining maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan
jinoyatni sodir etishga ko‘maklashgan shaxslar tashkilotchi, dalolatchi yoki
yordamchi sifatida JK 28-moddasi va 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha
javobgarlikka tortiladilar.
Nazorat-kassa mashinalari fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy
o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan daromad (foyda)ni yashirishda soliq to‘lovchiga
ko‘maklashgan shaxslar ham soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashda
ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortiladilar.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, nodavlat tijorat yoki boshqa
nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining soliqlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlashda qasddan ko‘maklashishga qaratilgan harakatlari jinoyatda ishtirokchilik
sifatida JK 28-moddasi hamda JK 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha
kvalifikatsiya qilinadi, agar ayni paytda ular g‘araz yoki boshqa shaxsiy
manfaatlarni ko‘zlagan yoki shu maqsadlarda jinoyatlarni yashirishda
ko‘maklashgan bo‘lsalar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor
shaxslarining harakatlari, shuningdek Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga
qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari (JK 205,
209, 210-moddalari) bilan, nodavlat tijorat yoki boshqa nodavlat tashkilotlari
mansabdor shaxslarining harakatlari esa, Jinoyat kodeksining tadbirkorlik
faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq
jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning huquqlari va qonuniy
manfaatlariga tajovuz qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari (JK
192
9
, 192
11
, 228-moddalari) bilan ham kvalifikatsiya qilinishi lozim.
214
JK 184-moddasida nazarda tutilgan qilmishni ikki va undan ortiq marotaba
yagona qasd bilan qamrab olmagan holda sodir etgan shaxsning harakati soliq
to‘lashdan takroran bo‘yin tovlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda
shaxs jinoyatni bajaruvchi yoki uning ishtirokchisi ekanligining, muqaddam sodir
etilgan qilmish tugallangan jinoyat yoki jinoyatga suiqasd bo‘lganligining
ahamiyati yo‘q.
Shaxsning harakatlarida soliqlarni to‘lashdan takroran bo‘yin tovlash
belgisi mavjudligi masalasini hal etishda Jinoyat kodeksining 32-moddasida
ko‘rsatilgan talablardan kelib chiqish lozim.
Qilmishni soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida MJtK 174-moddasi
va JK 184-moddasining tegishli qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun asos
bo‘lgan soliq miqdorini pul summasida belgilashda, huquqbuzarlik tugallangan
vaqtda amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqish lozim.
Bunda SK 3-moddasi, MJtK 9-moddasi va JK 13-moddasi talablariga rioya etilishi
shart.
Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga ko‘ra, birinchi marta
jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish
natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan e‘tiboran
o‘ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va
boshqa moliyaviy sanktsiyalar tarzida davlatga etkazilgan zararning o‘rnini to‘liq
qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marotaba sodir etgan,
shu jumladan, mazkur modda bo‘yicha sudlanganligi tugallangan yoki olib
tashlangan shaxs ushbu asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilishi lozim,
Jinoyat kodeksi 184-moddasi beshinchi qismiga asosan jinoyat ishini
tugatish masalasini muhokama qilishda, o‘ttiz kunlik muddat ichida etkazilgan
zararni qoplash masalasiga (SK 36-moddasi), shuningdek uning to‘liq
qoplanganligi faktini tasdiqlovchi dalillar (to‘lov topshiriqnomalar chiptalar va
sh.o‘.) mavjudligiga alohida e‘tibor qaratilishi lozim.
215
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash shaxs tomonidan soliqqa oid
qonunchilikning muayyan normasi talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq. Shu
tufayli, JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga oid ishlar bo‘yicha
surishtiruv, tergov organlari va sudlarning e‘tibori shaxsni ayblanuvchi tariqasida
javobgarlikka tortish haqidagi qarorda, ayblov dalolatnomasida, ayblov xulosasi va
ayblov hukmida ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan soliqqa oid
qonunchilikning jinoyat sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan aynan qaysi normasi
talablari buzilganligi ko‘rsatilishi shartligiga qaratilishi lozim.
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash uchun javobgarlik to‘g‘risidagi
qonunlarni qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda, sudlar shuni nazarda tutishlari
kerakki, sudlanuvchining harakatlarida jinoyat tarkibi bor-yo‘qligi bilan bog‘liq
holatlar boshqa dalillar bilan bir qatorda ekspert xulosasi, soliq tekshiruvi
dalolatnomasi, davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib
chiqish natijalari bo‘yicha qarorlari asosida ham aniqlanishi mumkin. Sudlar,
zarurat tug‘ilganda, sud majlisiga soliq solish sohasi bo‘yicha mutaxassislarni jalb
qilishlari lozim.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shaxsning aybdorligiga oid barcha
shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyati tugagan bo‘lsa, soliq
to‘lovchining foydasiga hal qilinadi (JPK 23-moddasi).
Sudlar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga oid har bir jinoyat ishi
bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan jinoyat-protsessual
qonunining dalillar maqbulligini tartibga soluvchi normalariga rioya etilganligini
sinchkovlik bilan aniqlashlari shart. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, dalillarni
to‘plash uchun belgilangan tartibni buzgan holda olingan hujjatlar yoki boshqa
ma‘lumotlar shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Sudlar mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha hukm chiqarishda fuqarolik
da‘vosini hal etishlari zarur.
Sud fuqarolik da‘vosini qanoatlantirish to‘g‘risida xulosaga kelganda, o‘z
hukmida mahkumdan undirilishi lozim bo‘lgan pul summasi miqdorini (penya va
shtraf summasini qo‘shgan holda), to‘lanmagan soliqlar turiga qarab, tegishli
216
davlat byudjeti (respublika, mahalliy), byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘arma,
shuningdek soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organi
nomini ko‘rsatishi kerak.
Soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlari
Jinoyat-protsessual
kodeksining
84-moddasiga,
ma‘muriy huquqbuzarlik
to‘g‘risidagi ish MJtK 271-moddasining 5 va 7-bandlariga muvofiq tugatilgan
taqdirda, mazkur to‘lovlar to‘lanmaganligi oqibatida etkazilgan zararni undirish
masalasi fuqarolik sudlov ishlarini yuritish tartibida hal qilinadi.
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat ishlarini
ko‘rishda, sudlar soliqqa oid jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-
sharoitlarni aniqlashlari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan xususiy ajrimlar
chiqarishlari zarur.
O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi «O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik
sub‘ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal
rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunining (bundan buyon matnda —
Qonun) 5-moddasi quyidagi:
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish
yurituvida (birinchi, apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instantsiyalarida) bo‘lgan;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga
nisbatan tatbiq etiladi.
Qonun kuchga kirgunga qadar, JK 184-moddasida nazarda tutilgan
jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning
ish yurituvida (birinchi, apellyatsiya instantsiyalarida) bo‘lgan shaxslarga nisbatan
jinoyat ishlari, JK 184-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar
mavjud bo‘lganda, JPK 84-moddasi birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi
lozim.
Jinoyat kodeksi 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi
uchun jazo o‘tayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari ham JK 184-moddasining
217
beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda, JPK 84-moddasi
birinchi qismi 8-bandi tartibida tugatilishi lozim.
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq, jazoni o‘tab
bo‘lmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan
yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga
muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda
yuqori instantsiya sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha sudlangan shaxslarga
nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda
tutishlari lozimki, JK 184-moddasi bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan
ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm bo‘yicha tayinlangan
uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |