Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


 Davlatning axborotlashtirish siyosati, soliq tizimidagi ma‟lumotlardan



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/146
Sana31.03.2022
Hajmi4,14 Mb.
#520764
TuriУчебное пособие
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146
Bog'liq
fayl 1954 20210924

2. Davlatning axborotlashtirish siyosati, soliq tizimidagi ma‟lumotlardan 
foydalanishda shaxsiy kabinetning va elektron raqamli imzoning ahamiyati. 
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot 
texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning 
zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini 
yaratishga qaratilgan. 


268
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007 yil 23 
avgustda 181- sonli «Davlat va xo‗jalik boshqaruvi, Mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda 
yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‗zaro hamkorligini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida» Qarori qabul qilingan
41
. Mazkur Qarorda Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari 
to‗g‗risidagi Nizom, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reestri tasdiqlangan. 
Qarorda Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari interaktiv davlat xizmatlari 
ko‗rsatish va ko‗rsatilayotgan ana shunday xizmatlarni kengaytirish, yuridik va 
jismoniy shaxslarning interaktiv davlat xizmatlaridan sifatli foydalanishini 
ta‘minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‗llash yo‗li bilan 
davlat va xo‗jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining 
samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ko‗rishlari belgilab o‗tilgan. 
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‗nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
o
har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy 
huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini 
ta‘minlash; 
o
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot 
tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari 
asosida O‗zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; 
o
xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‗idan 
erkin foydalanish uchun sharoit yaratish; 
o
davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish 
hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‗zaro aloqada ishlashini 
ta‘minlash; 
41
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2007 йил 23 августдаги 181- сонли «Давлат ва 
хўжалик 
бошқаруви, 
Маҳаллий 
давлат 
ҳокимияти 
органларининг 
ахборот-коммуникация 
технологияларидан фойдаланган ҳолда юридик ва жисмоний шахслар билан ўзаро ҳамкорлигини янада 
такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги Қарори.


269
o
axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini 
tashkil etish; 
o
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini 
shakllantirishga ko‗maklashish; 
o
dasturiy 
mahsulotlar 
ishlab 
chiqarish 
rivojlantirilishini 
rag‗batlantirish; 
o
tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish, investitsiyalarni 
jalb etish uchun qulay sharoit yaratish; 
o
kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni 
rag‗batlantirish. 
Davlatimizning axborotlashtirish siyosatidan kelib chiqqan holda soliq 
tizimida elektron ma‘lumotlar bazasini yaratish, undan foydalanish chora-tadbirlari 
va amaliy ishlar bir necha yillardan buyon muntazam amalga oshirilmoqda. 
Soliq tizimidagi axborotlardan yuridik shaxslar tomonidan foydalanishda 
shaxsiy kabinetning va elektron raqamli imzoning ahamiyati muhim hisoblanadi. 
Soliq to‗lovchining shaxsiy kabineti O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo‗mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq to‗lovchilar va davlat soliq 
xizmati organlarining soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq 
va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‗liq bo‗lgan o‗zaro munosabatlarni 
elektron tarzda amalga oshirishni ta‘minlaydigan axborot resursidir.
Soliq to‗lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi O‗zbekiston 
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi bilan kelishilgan holda O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi 
tomonidan belgilanadi.
Soliq to‗lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‗rtasidagi o‗zaro 
munosabatlar soliq to‗lovchining soliq bo‗yicha hisobga olish joyidagi soliq 
to‗lovchining shaxsiy kabineti orqali uning yozma arizasi, shu jumladan axborot 
tizimi orqali yuborilgan elektron shakldagi arizasi asosida amalga oshiriladi.
Soliq to‗lovchida soliq to‗lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‗lmagan 
taqdirda, soliq to‗lovchi va davlat soliq xizmati organi o‗rtasidagi o‗zaro 


270
munosabatlar soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi.
Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‗lovchining shaxsiy 
kabinetiga elektron hujjat yuborilganda soliq to‗lovchining shaxsiy kabineti amal 
qilishi to‗xtatib turilganligi to‗g‗risida yoki elektron raqamli imzo kaliti sertifikati 
bekor qilinganligi haqida ma‘lumot olingan bo‗lsa, ushbu hujjat soliq to‗lovchiga 
mazkur ma‘lumotlar olingan kundan e‘tiboran uch ish kuni ichida qog‗ozda 
jo‗natiladi. 
―Elektron raqamli imzo to‗g‗risida‖ gi qonunga muvofiq
42

o

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish