2. Soliq tizimida soliq ma‟murchiligini takomillashtirish tamoyillarining
ustuvorligi.
Bugungi kunda Respublikamizda soliq siyosatini erkinlashtirish, soliq
tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu uning
tashkiliy
tuzilishini
ya‘ni
soliq
ma‘murchiligini
soddalashtirish
va
takomillashtirishdan iborat.
Soliq ma‘murchiligining mohiyati, vazifalari, qoidalari, soliq solish stavkalari
va soliqqa tortiladigan ob‘ektlarning hozirgi talqini soliq tizimi shakllanishining
O‘zbekiston xususiyatlariga xos bo‘lgan hamda erkin bozor munosabatlariga o‘tish
davrida bajariladigan o‘ziga xos vazifalar bilan bog‘liq dolzarb masalalar echimiga
yo‘naltirilgan. Sababi soliq ma‘murchiligida mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy
va ijtimoiy manfaatlari mujassamlashadi.
Xorij andozalariga ko‘ra soliq organlari tizimi ikki elementdan tarkib topgan:
- soliq ma‘murchiligi tizimi;
- soliq organlarini tashkil qilish tizimi.
Soliq ma‘murchiligi atamasi soliq xizmati tizimida keng tarqalmaganligi
uchun unga shu o‘rinda ta‘rif berib o‘tishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
―
Soliq ma‟murchiligi
‖ - soliq organlari umumiy faoliyatini tashkil etish va
boshqaruv tizimi bo‘lib, u soliq organlarida qonun tomonidan ko‘zda tutilgan
funksiyalarni bajarilishini ta‘minlaydi.
Soliq ma‘murchiligi tushunchasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
davlat byudjetiga soliq to‘lovlarini tushishini ta‘minlash buyicha
rejalashtirish;
-
soliq munosabatlarining tashkiliy shakl va metodlari asosida boshqaruv
tizimi;
-
soliq nazorati tadbirlari.
20
Soliq
munosabatlarining
zamonaviy
samarali
boshqaruv
tizimini
ta‘minlashimiz uchun soliq ma‘murchiligining quyidagi funksiyaviy xususiyatlari
takomillashtirilishi zarur bo‘ladi.
Birinchidan, - soliq ma‘murchiligi davlat byudjetining daromad qismini
shakllantirishda soliq tushumlarini rejalashtirish funksiyasini bajaradi va
soliqlarning mezon kriteriy ko‘rsatgichlari buyicha rejalashtiriladi. Bunda asosan:
-
mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sish sur‘atlarini inobatga olingan holda
soliq tushumlari, ularning tarkibiy turlari buyicha bashoratlashtiriladi;
-
davlat byudjetining soliqli daromadlari aniqlanadi;
-
byudjet daromadlariga nisbatan xarajatlar farqi (defistiti) aniqlanadi;
-
davlat byudjetidagi respublika va mahalliy byudjetlar mablag‘lari ulushi
aniqlanadi.
Soliq tushumlarining rejalashtirilishi quyidagicha muddatlarda mo‘ljallanib
amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, ya‘ni qisqa muddatli reja – odatta
joriy bir yillik soliq tushumlarini rejalashtirish; va uzoq muddatli maqsadli reja –
bir yildan uzoq muddatga rejalashtirish.
Ikkinchidan, - soliq hisobini yuritish funksiyasi ya‘ni soliq organlari
tomonidan soliqlarning umumiy buxgalteriya hisobini olib borish.
Soliq ma‘murchiligining bu funksiyasida soliq to‘lovchilar sonining
o‘zgarishi dinamikasi, belgilangan soliq va yig‘imlarning o‘z vaqtida byudjetga
tushishi, soliq organlarining moliyaviy ahvoli. Bu borada quyidagi vazifalarni
bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi:
-
soliq to‘lovchilarni ruyxatdan o‘tkazib hisobini olib borish;
-
soliq to‘lovchilarni hisobotlari va deklarastiyalari buyicha ish yuritish;
-
soliq tushumlari buyicha ortiqcha to‘lov va boqimandalar hisobini yuritish;
-
ma‘lumotlar natijasini tahlil qilish.
Uchinchidan, - soliq nazorati funksiyasi. Bu funksiyaning xususiyati samarali
soliq ma‘murchiligining muhim sharti hisoblanadi. Soliq nazoratining asosiy
maqsadi soliq to‘lovchilarning soliq to‘lovlaridan qochishini, buyin tovlashni
oldini olishga qaratilgan.
21
Soliq nazoratining amaliyotdagi foydalaniladigan shakllari quyidagicha:
-
soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida davlat byudjetiga tushushining nazorati;
-
soliq huquqbuzarliklarini oldini olish buyicha monitoring;
-
mavjud ma‘lumotlarga asoslangan holda qisqa muddatli, rejali tekshirish va
hujjatli reviziya o‘tkazish;
-
tekshiruv materiallari buyicha ma‘muriy amaliyot yuritish ya‘ni qo‘llanilgan
ma‘muriy va moliyaviy jarimalarning to‘lanishini nazorat qilish.
To‘rtinchidan, - soliq munosabatlarini tartibga solish. Soliqqa tortish
jarayonini boshqarishning murakkabligi shundan dalolat beradiki, soliqlar bir
vaqtning o‘zida ham ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va xo‘jalik xususiyatiga egadir.
Soliq ma‘murchiligining ob‘ekti, soliqqa tortish sub‘ektlaridan turli
darajadagi byudjetlarga tushadigan mablag‘lar oqimini tashkil qiladi va amalga
oshirish bilan yuzaga keladigan munosabatlar tizimini muvozanatlashtiradi.
Soliqlar
vositasida
iqtisodiy
jarayonlarni
tartibga
solish
soliq
ma‘murchiligining muhim qismi hisoblanib davlatning soliqlar orqali iqtisodiyotni
boshqaruvi va soliqlar vositasida soliq munosabatlarini rag‘batlantirish tizimini
tartibga solinishi quyidagi omillarni nazarda tutgan holda amalga oshirilishi kerak:
-
soliqqa tortish tizimini va tuzilmasining iqtisodiyoti uchun samarali shaklini
ishlab chiqish;
-
soliq va yig‘imlar muddati, miqdorini o‘zgartirish;
-
soliq krediti ya‘ni imtiyozlar berish;
-
soliqqa tortishning umumiy darajasini o‘rnitish.
Hozirgi paytda islohotlar sari iqtisodiyotni modernizastiyalash jarayonida
O‘zbekiston iqtisodiyoti, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar o‘rtasidagi huquqiy va
moliyaviy munosabatlar sohasida yuz berayotgan islohiy o‘zgarishlar va shunga
monand
ravishda
soliq
siyosatini
erkinlashtirilishida
barqaror
soliq
ma‘murchiligini takomillashtirishimiz jahon talablariga javob beradigan soliq
ma‘murchiligi, davlatning moliyaviy ehtiyojlari va soliq to‘lovchilarning
moliyaviy salohiyatlari asosida optimallashtirilgan rejalarni tuzish, me‘yoriy
22
tartibga solish va soliq organlari bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi hamkorona
soliq nazoratini tashkil qilish metodlariga asoslangan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |