“Soliq ma‟murchiligi”
- soliq organlari umumiy faoliyatini tashkil etish va
boshqaruv tizimi bo‘lib, u soliq organlarida qonun tomonidan ko‘zda tutilgan
funksiyalarni bajarilishini ta‘minlaydi.
Soliq ma‘murchiligini mohiyatini aniqlash uchun, bizning nazarimizda, bir
necha muhim holatlarga e‘tibor bermoq lozim. Ularning muhimlari va eng
asosiylari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin;
1. Soliq ma‘murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimidir.
Soliq ma‘murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimi ekan, biz bu
erda uning mohiyatini belgilab berishda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan
―boshqarish‖ so‘ziga alohida e‘tibor berishimiz kerak. Boshqacha so‘zlar bilan
aytganda,
―boshqarish‖ning
mohiyatiga
xos
bo‘lgan
holatlar
soliq
ma‘murchiligining mohiyati uchun ham xosdir
18
Shu
erning o‘zida soliq ma‘murchiligining mohiyatini aniqlashga ko‘mak
beruvchi yana bir holatni aniqlashimiz mumkin. Gap shundaki, soliq
ma‘murchiligi, birinchi navbatda, soliq munosabatlarini boshqarish tizimi sifatida
qaralayotgan ekan, uning tizim ekanligiga ham e‘tibor qaratmoq lozim. Soliq
ma‘murchiligi tizim sifatda qaralsa, tabiiyki, uning bir necha elementlardan
iborat ekanligi ma‘lum bo‘ladi.
2. Soliq ma‘murchiligi davlat soliq siyosatining amalga oshirilishini
ta‘minlaydi va shunga xizmat qiladi.
Shunday ekan, bu holat ham soliq ma‘murchiligining mohiyatini belgilab
berishda o‘z ta‘sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shunga mos ravishda soliq
ma‘murchiligi operativ holda hayotga tadbiq etilayotgan soliq siyosatining asosiy
yo‘nalishlarini o‘zida aks ettirmog‘i lozim.
3.
Soliq
ma‘murchiligi
soliq
organlarining
faoliyatlarini
muvofiqlashtirib turadi.
Bu narsa soliq ma‘murchiligiga bevosita xos bo‘lgan xususiyat bo‘lib,
hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq organlarining faoliyatlarini tashkil
etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu siz soliq organlarining faoliyatini
sog‘lom tashkil etishni tasavvur etish mumkin emas.
4. Soliq ma‘murchiligining mohiyati, konkret holda, u tomonidan
bajarilishi mumkin funksiyalar orqali namoyon bo‘ladi.
Soliq ma‘murchiligi, eng avvalo, soliq munosabatlarini boshqarish tizimi
bo‘lganligi uchun, unga umumiy ko‘rinishdagi boshqarishga xos bo‘lgan barcha
funksiyalar tegishlidir.
5. Soliq ma‘murchiligi soliq huquqining qoidalariga asoslanadi, ularni
o‘ziga xos tarzda to‘ldiradi, uni nazariy va amaliy nuqtai-nazardan soliq
mexanizmining o‘z i ga xos bo‘lgan sterjeni sifatida talqin etish mumkin.
Soliq xuquqining normalari soliq ma‘murchiligi tizimini oqilona tashkil
etishga imkon beradi va uni butun soliq mexanizmiga tarqatadi.
6. Soliq munosabatlari soliq ma‘murchiligining predmetini tashkil etadi.
Ma‘lumki, soliq munosabatlari davlat (soliq nazoratining sub‘ekti sifatida) bilan
19
soliqqa tortish sub‘ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) o‘rtasida vujudga kelib,
bu sub‘ektlar zimmasiga o‘z mablag‘lari hisobidan soliqlarni to‘lash majburiyati
yuklangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |