107
uzviy bog’langan. Shunday ekan o‘z navbatida, ushbu birliklarga
aloqador qonuniyatlar ham o’zaro bog’liq bo‘ladi. Fonetik – fonologik
o’zgarishlar tilning ichki qonuniyatlari bilan bog’liq hodisadir.
Tildagi
tarixiy - fonetik o’zgarishlarni o’rganuvchi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik
sohasi qiyosiy-tarixiy fonetika hamdir. Qardosh tillardagi (hind – evropa
tillari, turkiy tillar) tarixiy fonetik o’zgarishlar natijasida so’zlardagi
etimologik va geneologik o’xshashlik va farqli tomonlarini qiyosiy –
fonetika o‘rganadi. Masalan: net, ne, nou so‘zlari yoki mama, modar,
maze bir til oilasiga kiruvchi rus, tojik, ingliz, nemis va boshqa tillarda
bir-biriga juda yaqin talaffuz qilinadi. Qardosh va qardosh bo’lmagan
tillardagi tarixiy-fonetik o’zgarishlarni o‘rganish orqali tipologik,
qiyosiy –tipologik fonetika, fonologiya sohalari paydo bo‘ldi.
Mahmud Koshg‘ariy turkiyshunoslikda ilk bor imlo talaffuzdagi
tovushlarni ifodalashdan ojiz ekanini ochib berdi. Uning o‘zi birinchi
bo‘lib yozuvdagi kamchilikni to‘ldirish
maqsadida ayrim harflarni
belgiladi. Mahmud Koshg‘ariy turkiyshunoslikda ilk bor tovushlarni
maxsus kuzatdi, ularni ilmiy jihatdan o‘rgandi. Birinchilardan bo‘lib,
qiyosiy –tipologik fonetika va qiyosiy – tarixiy tilshunoslikka xissa
qo‘shdi. Tovushlarning kombinatsiya natijasidagi mavqelarini-akustik
va fiziologik holatlarini belgiladi. Olim fonetikaga doir juda ko‘p
yangiliklar ochdi, bu sohani yangi-yangi qoidalar bilan boyitdi. Olim
ularning undosh tovushlardan farqini ajratar ekan, ulardagi kenglik va
torlik, cho‘ziqlik va qisqalik holatlaridagi qoniniyatlarni ochadi. Unli
tovushlardagi ana shu xususiyatlarni asos qilib
muallif turkiy tillardagi
umumiylik va ular orasidagi xususiylikni belgilaydi. Mahmud
Koshg‘ariy e’tiroficha, fonetik jarayon g‘oyat ko‘p holatlar bilan
bog‘liq. Shuning uchun uni izchil va to‘g‘ri talqin qilish ham unga katta
imkoniyat yaratadi. Olim undan shu maqsadlarda foydalangan.
Chunonchi, u fonetik jarayonlarning ko‘p holatda so‘zlar
etimologiyasini aniqlashga yordam berishini qayd etadi. “Devonu
lug‘otit turk”da Mahmud Koshg‘ariy shu usul orqali juda ko‘p
so‘zlarning 8 etimologiyasini belgilaydi. Bu albatta, hozirgi
umumturkologiya va o‘zbek tilshunosligi uchun so‘zlar etimologiyasini
aniqlash, xususan, etimologik lug‘atlar tuzish yo‘lida g‘oyat
ahamiyatlidir. Turkiy tillarda undoshlar juftligi,
undosh tovushlarning
108
juft holda qator kelishi yoki kelmasligi haqida turkologiya va o‘zbek
tilshunosligida xilma-xil fikrlar mavjud. Ayrim olimlar undosh
tovushlarning takrorlanib kelganligini tan olmasalar, ayrimlar uni
cho‘ziq undoshlar deb ataganlar. Ba’zilar uni boshqa tillarning ta’siri
sifatida ko‘rsatgan. Mahmud Koshg‘ariyning ushbu fonetik jarayon
yuzasidan tahlili bu boradagi qarashlarga ham oydinlik kiritishi mumkin.
Olimning qayd etishicha, tovushlardagi ikkilik
turli maqsadda yuzaga
keladi. Chunonchi, mubolag‘a, ta’kid, kuchaytiruv maqsadlari sabab
bo‘lishi mumkin. Ba’zan bir tovushning ikkinchi tovushga singishi ham
ushbu fonetik jarayonni yuzaga keltiradi. Tadqiqotchi undoshlardagi
juftlik tilda keyin yuzaga kelgan fonetik jarayon ekanligi haqidagi
g‘oyasini olg‘a surar ekan, ularning so‘z turkumlari bo‘yicha ham
turlicha ekanligini qayd etadi. Mahmud Koshg‘ariy
bu jarayonni
qoidalashtirib, aslida bir harf iikki qayta takrorlangan so‘z turkiy tillarda
sira yo‘qdir. U faqat oxirgi harfi “t” bo‘lgan fe’llardagina paydo bo‘ladi.
Ismlarda esa bu holat juda ozdir, deydi. Xullas, Mahmud Koshg‘arining
nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki umumturkologiyada fonetiksiga
doir nazariy fikrlari haligacha mukammal o‘rganilgan emas.
Til taraqqiyotidagi fonetik o’zgarishlarni tahlil etuvchi fonetik-
fonologik qonuniyatlar quyidagilar:
1. Barcha tillarga tegishli tartib va qoidalarni tilning boshqa
qonuniyatlari bilan bog’liqlikda aks ettirish umumiy fonetik
qonuniyatdir. Masalan, singarmonizm (tovushlarning uyg’unlashuvi)
turkiy
tillarga
xos
umumiy
fonetik
qonuniyatdir.
Chunki
singormanizmda tovushlar moslashadi. Shu
sabab ham fonetik hodisa
sanaladi. Bu hodisa boshqa til oilalarida uchramaydi.
2. Xususiy fonetik qonuniyatlar muayyan til uchun xos bo’lgan
qonuniyatlarni ifodalaydi. Masalan, turkiy tillarga mansub o’zbek
tilining keyingi taraqqiyotidagi ichki o’zgarishlar hamda yondosh tillar
ta’sirida yuzaga kelgan hodisalar shu tilning o’ziga xos rivojlanish
omillari bilan bog’liqdir.
Fonetik qonuniyatlar davr nuqtayi nazardan ikkiga bo’linadi.
1. Til tarixining tarixiy tovush o’zgarishlarini o’rganuvchi bo’limi
tarixiy fonetika va fonologiya deb yuritiladi.
109
2. Zamonaviy tilshunoslik ma’lum bir til doirasida hozirgi paytda
sodir bo’layotgan fonetik o’zgarishlarni o‘rganadi.
Tarixiy-fonetik
va fonologik o’zgarishlar turli murakkab
jarayonlarni o’z ichiga oladi. Fonetik va fonologik o’zgarishlar
natijasida tildagi fonemalar soni kamayishi yoki ko’payishi mumkin,
bunda ikki hodisa ro’y beradi.
1.Ikki fonemaning yaxlit bir fonema sifatida birlashishi
konvergensiya deyiladi. O’zbek tili tarixida ma’lum bo’lgan
til oldi va
til orqa, qisqa va cho’ziq fonemalar keyinchalik birlashib, o’rta
cho’ziqlikka ega bo’lgan 6 ta unli fonemani hosil qilgan.
2. Bir fonemaning ikki mustaqil fonemaga ajralishi divergensiya
deyiladi. Masalan, qadimgi turkiy tilda bitta a fonemasi keyinchalik ikki
fonemaga ajralgan: a va o.
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion
o’zgarishlari ham kiradi.
Umuman, fonetik qonuniyatlarni boshqa yondosh hodisalar ta’sirida
o’rganish tilshunoslik fani uchun ilmiy qiymatga ega
Do'stlaringiz bilan baham: