95
boshlarida ham ta’sir kuchini yo‘qotgani yo‘q. Nemis olimi V.fon
Gumboldt ham bu nazariyaning tarafdori edi.
Bu farazda tilning paydo
bo‘lishi tabiatdagi turli xil hayvonlarning, qushlarning, sharsharalarning
ovozlari ta’sirida yuz bergan, - degan g‘oya olg‘a suriladi. Masalan:
suvning shar – shar deb ovoz chiqarib oqishidan sharshara, qarg‘aning qar-
qar deb ovoz chiqarishidan qarg‘a, eshikning shiq – shiq deb ochilib
yopilishidan eshik va boshqalar. Qadimgi Xitoyda oilada chaqoloq tug‘ilsa,
chinni buyumni tashlab yuborgan sinayotganda chiqargan tovushiga qarab
chin, chang, sing, su kabi ism qo‘yishgan deyiladi.
Tovushga taqlid
so‘zlarni hosil qilishda tashqi omillarni nazarda tutsa, undov farazida inson
tilining paydo bo‘lishida ma’lum qiymatga ega bo‘lgan so‘zlovchilarning
ichki his-tuyg‘ulari nazarda tutiladi:
tuf,
uf,
voy, ii, dod
kabilar. Ammo his-
tuyg‘ularni nazarda tutuvchi bunday so‘zlar tilimizda sanoqli.
Bizningcha, tovushga taqlid farazining tilning paydo bo‘lishidagi
ahamiyatini butunlay inkor etib bo‘lmaydi. Chunki, tilimizda hozir ham
tovushga taqlid so‘zlari alohida qatlamni tashkil etadi va ulardan yangi
so‘zlar ham yasalmoqda:
shar = sharshara, g‘iz = g‘izillamoq,
g‘ir=g‘irillamoq, vish = vishillamoq
va boshqalar. Demak, tovushga taqlid
farazining tilning paydo bo‘lishidagi o‘rni izoh talab qilmaydi. Lekin uni
asosiy omillar jumlasiga ham kiritib bo‘lmaydi. Chunki bunda mehnatning,
tafakkurning va jamiyatning roli qariyb e’tiborga olinmaydi
[N.Turniyozov, 2002:12].
Tilning paydo bo‘lishiga
oid ikkinchi biologik faraz
undov
nazariyasidir. Bu faraz ham juda qadimiy bo‘lib, til insonning ichki
kechinmalari bilan bog‘liq bo‘lgan turlicha baqiriq-chaqiriqlar, tasodifiy
qichqiriqlar asosida paydo bo‘lgan deyiladi. Taniqli fransuz olimi Jan Jak
Russo ham nazariyaning tarafdorlari jumlasiga kiradi.
Tovushga taqlid farazining ham, undov
farazining ham biologik
omillarga asoslanganligini ko‘rish qiyin emas. Ularda sotsial faktorlar
e’tiborga olinmagan.
Tilning paydo bo‘lishi masalasi mehnat chaqiriqlari va ijtimoiy
kelishuv nazariyalari orqali ham izohlanadi. Mehnat chaqiriqlari farazini
nemis olimi L.Nuare quvvatlaydi. Mehnat chaqiriqlari farazida
odamlarning jamoa bo‘lib mehnat qilishlari jarayonida kuzatiladigan har xil
tovushlar asosida til paydo bo‘lgan, degan g‘oya olg‘a suriladi.
96
Olimlarning aytishlaricha, mehnat chaqiriqlari
farazini tilimizning
vujudga kelishi bilan bog‘lab bo‘lmaydi, chunki bunda narsa-
predmetlarning, voqea-hodisalarning nomlari bilan hech qanday bog‘lanish
kuzatilmaydi.
Ijtimoiy kelishuv farazi esa XIX asrning ikkinchi yarmida vujudga
keladi. Bu farazning tarafdorlari shotlandiyalik Adam Smit va fransuz olimi
Jan Jak Russolar edi. Bu farazda til kishilar tomonidan ongli ravishda
yaratilgan kashfiyotdir, degan nazariya o‘rtaga qo‘yiladi.
Ko‘rinadiki, bu faraz ham asosli emas, zero, nimadir demoq uchun
birichi galda til kerak. Tilsiz insonning ikkinchi
bir kishi bilan kelishib
olishi qiyin.
Shuni ham aytish lozimki, tilning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq barcha
farazlar imo-ishoralar bilan ham qaysidir ma’noda aloqadordir. Imo-
ishoralarning hozirgi tilimizda ham kumakchi vosita sifatida qo‘llanilishi
izoh talab qilmaydi, albatta. Qadimda imo-ishoralardan ba’zi qabilalar
o‘zaro fikr almashuv davomida juda ko‘p foydalanganlar. Imo-ishoralar
ba’zi qabilalarning urf-odatlari, udumlari bilan qorishib ketganligini ham
kuzatamiz. Bunga Avstraliyaning yana bir qabilasi –
Varramunga
misol
bo‘lishi mumkin. Bu qabila udumlariga ko‘ra,
beva qolgan ayol bir
yilgacha nutq tovushlari orqali so‘zlashi mumkin emas. U o‘z jamoasi
a’zolari bilan ham, boshqa jamoalar a’zolari bilan ham faqat imo-ishoralar
orqali so‘zlashadi. Bu singari odatlar amerikalik hindularda ham kuzatiladi.
Ularning ko‘plari o‘zaro tovush tili orqali so‘zlashsalar-da, boshqa qabilalar
a’zolari bilan imo-ishoralar orqali aloqa qilishadi.
Inson tilining paydo bo‘lishida imo-ishoralarning ham ma’lum
darajada ahamiyati borligini ko‘pgina olimlar qayd etib o‘tishgan. Masalan,
V.Vundt eng avval ikkita til bo‘lganligini, ularning biri tovush tili,
ikkinchisi esa imo-ishoralar bo‘lganligini ta’kidlaydi. Tovush tili orqali
odamlar imo-ishoralar bilan izohlab bo‘lmaydigan his-hayajonlarni
ifodalagan bo‘lsalar, imo-ishoralar bilan esa narsa-predmetlarning,
voqea-
hodisalarning ifodalanganligini ko‘ramiz, degan fikrni beradi olim.
V.Vundt qo‘l va mimika orqali ruxsat, ta’qiq, ko‘rsatish, iltimos, xavf va
shodlik kabi ma’nolar ifodalanganligini aytadi.
Bizningcha, V.Vundt fikriga ham qisman qo‘shilish mumkin. Chunki
imo-ishoralardan hozir ham tilimizda foydalanmoqdamiz. Ammo bu
97
vosita har bir xalqda bir xilda qo‘llanilmaydi. Masalan, bir soatlik
so‘zlashuv davomida meksikalik 180, fransuz 120, italiyalik 80,
finlandiyalik esa atigi bir marta imo-ishoralardan foydalanishi qayd etilgan.
Bundan tashqari, imo-ishoralar xalqlarda bir xil ma’noda qo‘llanilmasligini
ham kuzatamiz. Agar bolgariyaliklar boshini chap tomondan o‘ng tomonga
yoki aksincha chayqasa, tasdiq ma’nosini, vertikal yo‘nalishdagi bosh
harakati bilan esa inkor ma’nosini ifodalasalar, o‘zbeklarda
buning
teskarisini ko‘ramiz [N.Turniyozov, 2002: 14].
Xulosa shuki, tilning paydo bo‘lishi muammosi juda murakkab hodisa
bo‘lib unda juda ko‘plab omillar qatnashgan. Biz yuqorida sanab o‘tgan
farazlarning barchasi ma’lum foizlarda to‘g‘ri. Tilning paydo bo‘lishini
bitta faraz yoki bitta nazariya bilan bog‘lab o‘rganishning o‘zi noto‘g‘ri.
Bitta farazda jamiyatning roli hisobga olinmagan bo‘lsa, mehnat
chaqiriqlari va ijtimoiy kelishuv farazlarida biologik omillar chetda qolgan.
Bu sanab o‘tilgan farazlarning barchasida, ma’lum ma’nolarda haqiqat
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: