Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIY QILISHI



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/91
Sana02.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#424977
TuriУчебное пособие
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91
Bog'liq
Usmon Sanaqulov, Abdurayim Turobov. Tilshunoslik nazariyasi. O‘q

TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIY QILISHI 
 
27-§.
 
Tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar.
Tilning dastlab 
qaerda va qachon paydo bo‘lganligi haqida biz ilmiy asoslangan aniq 
ma’lumotga ega emasmiz. Tilining paydo bolishi haqida turli xil farazlar 
mavjud bo‘lib, ular ham munozaralidir. Bu masala qadimgi davrlardan 
boshlab hozirgi davrgacha shunday bo‘lib kelmoqda. Bu haqda 
M.Irisqulov shunday yozadi: ”Til taraqqiyotining yozuv paydo 
bo‘lishidan avvalgi holati biz uchun qorong‘idir. Biz faqat yozuv paydo 
bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y bergan til taraqqiyoti to‘g‘risida yozma 
yodgorliklardan foydalanib, fikr yuritishimiz mumkin.” [M.Irisqulov, 
19926: 11]. Shu sababdan ham tilning paydo bo‘lishi haqida xilma xil 
farazlar, qarashlar mavjud. Bu farazlarga tovushga taqlid, undov 
nazariyasi, mehnat chaqiriqlari, ijtimoiy kelishuv, imo-ishoralarni 
kiritish mumkin. Tilning paydo bo‘lishi juda murakkab jarayon bo‘lib 
bunda bu farazlarning deyarli hammasi qatnashgan. Bu faraz to‘g‘ri, bu 
faraz noto‘g‘ri deyishdan biz yiroqdamiz. Tilning paydo bo‘lishida 
sanab o‘tilgan omillarning barchasi ma’lum ma’noda qatnashgan. 
Professor N.Turniyozov: “Tilning paydo bo‘lishi muammosi nafaqat 
tilshunoslarni, balki antropolog, zoopsixolog, biolog, etnografiya 
sohalaridagi mutaxassislarni, jumladan, faylasuflarni, tarixchilarni ham 
qiziqtirib kelmoqda. Ammo shu narsa aniqki, tilning – inson nutqining 
paydo bo‘lishi masalasini jamiyatning, ongning, shuningdek, insonning 
paydo bo‘lishi singari muammolardan ajratib o‘rganib bo‘lmaydi”, -deb 
yozadi [N.Turniyozov, 2002: 11]. Haqiqatdan ham tilning paydo bo‘lishi 
murakkab jarayon bo‘lib, ko‘plab fanlardagi muammolardan sanaladi. 
Shu sabab ham turli fan mutaxassislari bu masala ustida ilmiy izlanishlar 
olib bormoqda.
Bugunga qadar fanga eng dastlabki til (yoki tillar) qanday tovush yoki 
so‘zlar yig‘indisidan iborat bo‘lgan, degan savolga aniq javob topilmagan. 
Ba’zi olimlarning fikricha, eng dastlabki til (tillar) taxminan bundan yarim 
million yil ilgari paydo bo‘lgan [I.Yo‘ldoshev, O‘.Sharipova, 2007: 7]. 
Odamzot paydo bo‘lgandan buyon til mavjud, shu sabab ham tilning 
paydo bo‘lishi odamning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. So‘zlashish 
imkoniyati faqat insonlargagina ta’lluqlidir. Yevropa olimlari tomonidan 


94 
tarqatilgan odam maymundan paydo bo‘lgan, degan safsata ancha vaqt 
hukm surdi. Aynan, F.Engelsning “Maymunning odamga aylanish 
jarayonida mehnatning roli” asari shunday g‘oyani olg‘a surdi. Odamning 
bugungi kundagidek holatga etib kelishida mehnatning roli cheksiz katta 
ahamiyatga ega. Ammo, maymunning odamga aylanishi masalasini ilmiy 
asoslangan 
emas. 
Aksincha, 
Amerika 
sotsiolingvistlari 
maxsus 
laboratoriyada maymunning odamga eng yaqin turini topib, ularga 
mingdan ortiq so‘zlarni o‘rgatishga musharraf bo‘lishdi. Ya’ni, 
maymunning miyasining og‘irligini tarozida tortib eng engili aqlli 
bo‘lishini hisobga oldi. Maymunlarning birinchi qilgan xatosi o‘rgangan 
birorta so‘zini, ikkinchi so‘zga qo‘shib kombinatsiya qilolmadi. Xolbuki, 
mingta so‘z yordamida cheksiz kombinatsiyalar qilish mumkin edi. 
Ikkinchi qilgan xatosi esa o‘rgangan mingta so‘zining birortasini ham 
ikkinchi maymunga o‘rgata olmadi. Insonlar esa o‘rgangan bilim va 
tajribalarini, xotira bazasi leksik boyligidagi so‘zlarni tinimsiz bir-biriga 
o‘rgatadi. Shu tajribaning o‘ziyoq, odamning maymundan paydo bo‘lgan 
degan safsataning puch ekanligini ilmiy asosladi. Odamsimon maymunlar 
bo‘lmagan, ammo ibtidoiy odamlar ayrim jihatlari bilan maymunga 
o‘xshaganligi uchun bunday g‘oyalar ilgari surilgan edi. So‘zsiz, million 
yillar ilgari yashagan odamlarning ov qilish, ovqatlanish kabi yashashi 
maymunlarga bir oz o‘xshagan bo‘lishi mumkin. Lekin insonlarga berilgan 
nutq a’zolari faqat uning o‘zigagina tegishlidir. Dastlab bu a’zolar 
rivojlanmagan bo‘lishi shubhasizdir, chunki odamning tabiatga, jamiyatga 
munosabati uzoq yillar davomida uning nutq a’zolarining asta-sekin 
takomillashuviga sabab bo‘lgan. Bunda mehnat va u orqali paydo bo‘lgan 
jamiyatning o‘rni kattadir. Shu sababdan ham, tilning paydo bo‘lishi 
muammosini ikki omil bilan – biologik va ijtimoiy omillar bilan bog‘lash 
o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Biologik omillar inson miyasining, 
tafakkurining
va ular bilan chambarchas aloqada bo‘lgan nutq a’zolarining 
uzoq yillar maboynida o‘sishini talab etsa, ijtimoiy omillar insonning 
mehnat faoliyatini va jamiyat salmog‘ining o‘rnini belgilaydi. 
Tilning paydo bo‘lishidagi biologik omillarga tovushga taqlid

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish