53
4. Hasharotlar qanotlari va ularning xillari haqida ma’lumot bera oladi.
5. Hasharotlar oyoqlari xillari va ularning funksiyalari haqida ma’lumot bera
oladi.
To‘rtinchi sаvоl bаyоni:
Hasharotlarning ko‘kragi qorin qismidan keskin farq qilib, alohida bo‘limga
ajralgan. Lekin ularning ajdodlarida bu ikki qism bir-biridan ajralmagan bir xil
shakldagi gavdadan tuzilgan, har bir bo‘g‘imida bir juftdan o‘simtalar bo‘lgan.
Masalan, ko‘poyoqlilarda. Bunday metamerali hayvonlar kam harakat bo‘ladi (8-
rasm).
8-rasm. Hasharotlar ko‘krak qismining tuzilish sxemasi:
A-ko‘krak bo‘g‘imlarining
tuzilishi va skleritlarga bo‘linishi; (I, II, III-oldingi, o‘rta va orqa ko‘krak bo‘g‘imlari): 1-oldingi
yelka; 2-oldingi, o‘rta va orqa episternlari; 3-ularning epimerlari; 4-to‘shchalar; 5-pleyral chok; 6-
o‘rta va orqa yelka qalqon oldi; 7-uning qalqonlari; 8-ularning qalqonchalari; 9-yelka orqalari; 10-
pleyral ustunchalar; 11-toschalar; 12-o‘ynog‘ichlar; 13-sonlar. B-ko‘krak bo‘g‘imining umumiy
korinishi; V- ko‘krak bo‘g‘imining ko‘ndalang kesigi; 1-yelka; 2-yon tomoni (pleyriti) 3-to‘shcha;
4-to‘scha oldi bo‘g‘imi; 5-toscha; 6-son; 7-boldir; 8-panja; 9-aksillyar skleritlar; 10-qanot; 11-
plyerit ustuncha; 12-plyerit tojlari; 13-furka.
Evolyutsion taraqqiyot natijasida bunday metamerali
hasharotlarda harakatni
markazlashtirish yoki lokomotor funksiyasini oshirish natijasida gavdaning oldingi
uch bo‘g‘imi ko‘krakka aylangan bo‘lib, keyingi bo‘g‘imlarda o‘simtalar yo‘qolib,
54
qorin shakliga aylangan, Ko‘krakda qanotning vujudga kelishi uning lokomotor
xususiyatini oshirib, tuzilishini murakkablashtiradi, qorin qismini esa soddalashtiradi.
Natijada gavda oldingi qismi funksiyasining moslanishi
va birlamchi metameralik
xususiyatining yo‘qolishi gavdani ikki qismga: ko‘krak va qoringa ajralishiga sabab
bo‘ldi.
Ma’lumki, hasharotlarning harakat organlari ko‘krak qismida joylashganligi
sababli murakkab tuzilishga ega bo‘ladi. Shuning uchun, dastavval ko‘krakning
tashqi birlamchi oddiy sxematik tuzilishi bilan tanishib, keyin uning bo‘g‘imlari
tuzilishini ko‘ramiz.
Hasharotlar ko‘kragi uch bo‘g‘imdan iborat: birinchisi (bosh
tomonidan
hisoblaganda) oldingi ko‘krak, ikkinchisi o‘rta ko‘krak, uchinchisi orqa ko‘krak deb
ataladi.
Har bir bo‘g‘imlar skeletini xitinlashgan kutikula halqasi hosil qilib, 3 qismga
bo‘linadi. Yelka tomoni yoki tepa qismi - tergit, qorin tomoni yoki pastki qismi -
sternit, ikki yon yumshoq devori biqinchalari pleyritlar deb ataladi.
Hasharot ko‘kragi lokomotor funksiyani olganligi uchun ko‘krak bo‘g‘imining
muskulaturasi kuchli rivojlangan va murakkablashgan, bo‘g‘imlarining
hajmi
kattalashgan, ayniqsa tashqi skelet tuzilishi juda ham o‘zgarib murakkablashgan
bo‘ladi. Ko‘krak skelet muskul apparati keskin murakkab o‘zgargan bo‘lib, natijada
birlamchi skleritlar-tergitlar, sternitlar va pleyritlar ikkilamchi seriya skleritlarga
bo‘lingan bo‘ladi.
Ko‘krak bo‘g‘imlarida tergit-yelka yoki notum, sternit, ya’ni qorni yoki pastki
tomoni ko‘krakcha yoki sternum deb ataladi. Bu bo‘laklarning qaysi bo‘g‘imda
joylanishiga qarab old, o‘rta va orqa (pro, mesa, meta) qo‘shimcha so‘zlar qo‘shiladi.
Har bir ko‘krak bo‘g‘imlarda
bir juftdan oyoq, qanotli hasharotlarda o‘rta va orqa
bo‘g‘imlarda juft qanotlar o‘rnashgan bo‘ladi.
Ko‘p hasharotlarda oldingi ko‘krak bo‘g‘imi boshqa ko‘krak bo‘g‘imlariga
nisbatan oddiyroq tuzilgan. Lekin ba’zi bir hasharotlarda bajariladigan maxsus
funksiyasiga qarab oldingi ko‘krak bo‘g‘imi yaxshi rivojlangan bo‘lishi mumkin,
Masalan, beshiktervatarda oldingi ko‘krak harakatchan, cho‘zilgan bo‘lib, unda katta
qamrovchi tipidagi oyoqlari joylashgan. Uchish qobiliyatini yo‘qotgan hasharotlarda
oldingi yelkalari yaxshi rivojlangan, uchuvchi hasharotlarda esa oldingi ko‘kraklari
hajmi kichiklashgan bo‘ladi.
Ko‘krak bo‘g‘imlarining yon tomonlari-pleyritlari murakkab tuzilgan bo‘lib,
har bir oyog‘ining joylashgan yerida burmali teri kutikula chuqurchani hosil qiladi.
Shu chuqurchada oyog‘ining toschasi joylashgan.
Pleyritning tepa qismida, qanotli-
pterotoraks bo‘g‘imlarni yon tomonining tutashgan joyida (qanot jipslashgan joyda)
o‘simta - ustunchasi bo‘ladi. Bu ustunchaga qanotning asosi joylashadi.
Hasharotlarning oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan bo‘lib toscha, o‘ynog‘ich,
55
son, boldir va panjalardan iborat bo‘ladi.
Toschasi kalta, kuchli asosiy bo‘g‘im, uning yordamida oyoq ko‘krak pleyriti-
toscha chuqurchasiga harakatli ravishda tutashgan bo‘ladi. O‘ynog‘ich kichkina
bo‘g‘imli, son o‘rtasida joylashgan va u toscha bilan kam harakatchan. Ba’zi bir
hasharotlarda o‘ynag‘ich ikki bo‘g‘inli bo‘ladi. Masalan, parda qanotlilarda son eng
katta va kuchli bo‘g‘in. Boldirining
uzunligi songa teng, lekin unga nisbatan
ingichkaroq, ko‘pincha tikanchali o‘simtalar bilan qoplangan bo‘ladi. Panja yoki
tarsus oyoqning boldir uchiga tutashgan 1-5 bo‘g‘imli, tirgovuch qismlardan iborat.
Ba’zi hasharotlarning (masalan, pashsha) panjalarida so‘rg‘ichlar bo‘lib, bu ularning
vertikal silliq sathda va hatto, gorizontal sathda ham harakatlanishiga yordam beradi.
Hasharotlarning oyoqlarl hayot kechirish xususiyatiga moslashuviga ko‘ra turli tipda
tuzilgan bo‘ladi. Masalan, yuguruvchi (suvarak), yuruvchi (qo‘ng‘izlar), sakrоvchi
(chigirtkalar), suzuvchi (suv qo‘ng‘izlari), kоvlоvchi (buzоqbоshi), qamrоvchi
(bеshiktеrvatarlar), yopishuvchi (suv qo‘ng‘izlarining оldingi оyog‘i), yig‘uvchi
(asalarilar) va boshqa tiplardagi оyoqlar uchraydi (9- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: