Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   348
Bog'liq
entomologiya

84-rasm. Se-se pashshasi 
(Glossina palpalis) 


237 
O‘laksaxo‘r pashshalar 
(Calliphoridae)
oilasi
vakillari metallsimon yoki 
yaltiroq rangli, o‘rta ko‘krak epimerlari qilchali, mo‘ylovining arrasi uzun patli. 
Lichinkalari hayvonlarning o‘limtiklarida, tashlandiq go‘shtda rivojlanadi, ba’zilari 
sut emizuvchllarda parazitlik qilib miaza kasalligini qo‘zg‘atadi. Ayrim turlari 
umurtqasiz hayvonlarning parazitlari hisoblanadi. Ko‘pchilik turlari sinantrop bo‘lib, 
oshxonalar, qushxonalar, axlat o‘ralari oldida yashab mikrob va gelmintlarning 
tuxumlarini tashiydi. Sinantroplardan-ko‘k o‘laksaxo‘r 
(Calliphora)
va yashil 
o‘laksaxo‘r pashshalar 
(Lucilia)
avlodlari vakillari keng tarqalgan. Bulardan ba’zi 
birlari ochiq yaralarga tuxum qo‘yib, fakultativ miazalarni chaqiradi. Shu yo‘l bilan 
uy hayvonlariga zarar yetkazadi.
Kulrang go‘sht pashshalari
 
(Sarcophagidae)
oilasi
vakillari lichinkalari 
buzilayotgan go‘shtda, go‘ng va boshqa chiriyotgan organik moddalarda yashaydi.
Kulrang go‘sht pashshalari oilasiga 2000 dan ortiq tur kiradi. Ular o‘rta 
mintaqalarda keng tarqalgan. Ko‘pchilik turlari tirik tug‘adi.
Go‘sht pashshasi 
(Calliphora erythrocephala)
turining uzunligi 7-14 mm, 
metallga o‘xshash yaltiroq, boshining oxirgi qismi qizg‘ish, ko‘krak qismi esa qora 
tusda. Go‘sht pashshasi, ayniqsa, qushxonalarga tuxum qo‘yish uchun uchib kiradi. 
Kattaligi 1,5 mm keladigan ellipssimon shakldagi tuxumlarini 450-600 tadan qilib, 
go‘sht va boshqa hayvon mahsulotlariga qo‘yadi. 
Tuxumdan chiqqan lichinkalar 10-12 kun oziqlanib, g‘umbakka aylanish 
oldidan yerga tushadi. Bu pashshaning lichinkalari har xil yaralar va jarohatlarda 
soxta parazitlik qiladi. 
Go‘sht pashshasining lichinkalari toza sharoitda o‘stirilib, tuzalishi qiyin 
kechadigan osteomiyelit kasalligini davolashda qo‘llaniladi. Buning uchun yaraning 
ichiga lichinkalar yuboriladi. Lichinkalar kasallangan to‘qimalarni iste’mol qiladi. 
Har 5 kunda lichinkalar almashtirilib turiladi, davolash yosh bolalarda 6-7 hafta, katta 
yoshdagi odamlarda ko‘proq davom etadi.
Volfart pashshasi
(Wohlfahrtia magnitica) 
uy pashshasidan kattaroq bo‘lib, 
gavdasining uzunligi 9-13 mm, och kulrang tusda bo‘ladi (85-rasm).
Volfart pashshasining og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda tuzilgan. Boshida 
2 ta yirik murakkab ko‘zi va bo‘g‘imli mo‘ylovlari bor. Ko‘kragida 1 juft qanoti va 
jizillagichi joylashgan. Volfart pashshasi Janubiy Yevropa va O‘rta Osiyoda keng 
tarqalgan. Mamlakatimizning markaziy va janubiy hududlarida uchraydi. 
Voyaga yetgan volfart pashshasi dalalardagi gullarning shirasi bilan oziqlanadi. 
Ular juftlashgandan keyin 120-200 tagacha tirik lichinka tug‘adi, lichinkalarini 
hayvonlar terisining jarohatlangan joyiga, shuningdek ko‘z, burun, og‘iz shilimshiq 
pardalariga, quloq supralariga kuch bilan sepib ketadi. Lichinkasi juda yirik, yo‘g‘on, 
chuvalchangsimon shaklda. 
Vоlfаrt pаshshаsi
 
lichinkalarining bosh tomonida xitinli ilmoqlari bor. U ana 


238 
shu tomoni bilan tana to‘qimalariga kirib, tirik to‘qimalar bilan oziqlanib, yemira 
boshlaydi. Yemirilish jarayoni juda tez kechadi. 2-3 kun ichida lichinka yara va 
jarohatni suyakkacha yeb boradi. Ko‘zlarning shikastlanishi ko‘rlikka olib kelishi 
mumkin. Lichinkalarning o‘sishi va rivojlanishi xo‘jayinning tirik to‘qimalari 
hisobiga boradi va 3-4 kundan keyin lichinkalar yerga tushadi va tuproqda 
g‘umbakka aylanadi. Vоlfаrt pаshshаsining to‘liq
 
rivojlanish davri 11-23 kun davom 
etadi. Volfart pashshasi yiliga 6 marta bo‘g‘in berishi mumkin. 

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish