Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Teri osti bo‘kalari
 
(Hypodermatidae)
oilasi 
vakillarining urg‘ochilari 
tuxumlarini hayvonlar juniga qo‘yadi. Lichinkalari teri ostida parazitlik qiladi. Teri 
osti bo‘kalaridan-qoramol bo‘kasi
 
(Hypoderma bovis)
Yevropa, Shimoliy Afrika va 
Osiyoda keng tarqalgan bo‘lib, qoramollarga katta zarar keltiradi.
Teri osti bo‘kasi qoramollarda surunkali kechadigan gipodermatoz kasalligini 
qo‘zg‘atadi. Gipodermatoz O‘zbekistonda ham keng tarqalgan bo‘lib, chorvachilik 
xo‘jaliklarga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Bu kasallik oqibatida hayvon terisining 
sifati pasayadi, go‘sht, sut va boshqa mahsulotlarning miqdori kamayib ketadi.
Teri osti bo‘kasining tanasi sariq va qora tuklar bilan qoplangan, uzunligi 4 
mm dan 16 mm gacha boradi. Bosh qismida ko‘zlari, 1 juft mo‘ylovi va og‘zi 
joylashgan. Ko‘krak qismida 1 juft qanotlari bor. Oyoqlarining uchi tirnoqlar bilan 
tugaydi. Gipodermatoz kasalligini uning lichinkasi keltirib chiqaradi. Teri osti 
bo‘kasi yil davomida 1 marta avlod beradi. Havo isib ketishi bilan bo‘kalar paydo 
bo‘ladi va urug‘langan urg‘ochilari qoramollarning orqa oyoqlari va qorin junlariga 
tuxum qo‘yadi. Har qaysi teri bo‘kasining qo‘ygan tuxumi 450 tagacha boradi. 
Oradan 2-4
 
kun o‘tgach, tuxumdan mayda lichinkalar chiqib, terini teshadi va uning 
ostiga o‘tadi, so‘ngra teri osti biriktiruvchi to‘qimalari orqali hayvonning bo‘yni 
tomonga siljiydi. Qizilo‘ngach devoriga o‘tib, u yerda 5 oygacha yashaydi, 
keyinchalik molning orqa tomoni teri ostiga qarab ko‘chadi. Bu yerda lichinkalar 
po‘st tashlab, ikkinchi lichinkalik davriga o‘tadi. Lichinka atrofida biriktiruvchi 
to‘qimadan maxsus kapsula vujudga kelib, terida no‘xat kattaligida shishlar hosil 
bo‘ladi. Nafas olishi uchun tanasining oldidagi o‘tkir ilmoqlari, tana tuklari va 
fermentlar bilan hayvon terisini teshadi va atmosfera havosi bilan nafas ola 
boshlaydi. Oradan 20-30 kun o‘tgach, lichinkalar ikkinchi marta tullab, uchinchi 
lichinkalik davriga o‘tadi. Keyinchalik lichinkalar shishdagi teshiklardan tashqariga 
chiqib, yerga tushadi. Yerda g‘umbakka aylanib, 3-5 hafta ichida g‘umbakdan qanotli 
bo‘ka chiqadi (86-rasm).
Uning og‘iz apparati yaxshi rivojlanmagani uchun oziqlanmaydi. Shuning 
uchun qanotli bo‘kalarning umri juda qisqa bo‘lib, ular bir necha kun yashaydi va shu 
davrda juftlashib, urg‘ochilari mol terisiga tuxum qo‘yishga ulguradi. Urg‘ochi 
bo‘kalar tuxum qo‘yish uchun yaylovlardagi qoramollarga kelib qo‘nganda, ular 
chaqmasa ham mol juda bezovtalanadi va o‘tlamay qo‘yadi. Ko‘pincha mollar bo‘ka 
tufayli yaylovlardan qocha boshlaydi.
Bo‘ka lichinkalari O‘zbekiston sharoitida hayvonlarning bel, yelka ter ostida 
noyabr oyidan aprel oyigacha bo‘ladi. Natijada, hayvonlarning ana shu joylarida 
tugunchalar vujudga keladi. So‘ngra tugunlar markazida teshikchalar paydo bo‘lib, 


241 
undan yiring va boshqa moddalar chiqib turadi. 
Teri osti bo‘kalari hayvonlarni juda bezovta qiladi, ularning mahsuldorligi 
pasayib ketadi. Mollar oziqlanmay qo‘yishi natijasida ozib ketadi. Lichinkalar 
mollarning terisini teshib, sifatini buzadi.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish