211
Burgalar
(Aphaniptera)
turkumiga
1400 dan ortiq tur kiradi. MDH da 400
dan ortiq turi uchraydi. Burgalar to‘liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz
hasharotlar bo‘lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar
va sutemizuvchilarda, shu jumladan, odamda) qon so‘rib parazitlik qiladi. Markaziy
Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan. Burgalar ektoparazitlar bo‘lib,
tanasining uzunligi 1-6 mm keladi (71-rasm).
Burgalarning tanasi ikki yonidan
siqilgan
bo‘lib,
to‘q
sariqdan
to
jigarranggacha bo‘lishi mumkin. Ustidan
qattiq
yaltiroq
xitinli
kutikula
bilan
qoplangan.
71-rаsm. Оdаm burgаsi(Pulex irritans):
А- imаgоsi;
B- lichinkаsi; V- g‘umbаgi.
Kutikulasida
uchi orqaga qayrilgan
xitinlashgan
tukchalari
bo‘ladi.
Mana
shunday tukchalar boshining oldingi va pastki qismlarini ham qoplagan bo‘ladi.
Tukchalar burgaga xo‘jayinlarining jun va patlari orasida erkin harakat qilishi uchun
imkoniyat yaratadi.
Burgalarning ko‘zlari va sanchib-so‘ruvchi og‘iz apparati boshida joylashadi.
Og‘iz apparati quyidagicha tuzilgan: 1 juft pastki jag‘lar uzun ingichka plastinkalar
shaklida tuzilgan bo‘lib, terini teshish uchun xizmat qiladi.
Ular asosida so‘lak bezlari nayi va 1 juft kalta pastki jag‘ paypaslagichlari
joylashgan. Yuqori labi o‘zgarib, toq sanchuvchi ignani hosil qiladi. Pastki lab
reduksiyalangan, shunday bo‘lsada, pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy
yetgan. Ular tarnovsimon bo‘lib, bir-biriga zich taqalib turadi,
natijada, sanchuvchi
apparat qanotlari g‘ilofini hosil qiladi. Ko‘krak qismida 3 juft oyoqlari bo‘lib, keyingi
juft oyoqlari kuchli rivojlangan va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli
oyoqlari bilan sakrab harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm
uzunlikka sakrashi mumkin. Qorin qismi 10 ta bo‘g‘imdan tashkil topgan bo‘lib, orqa
qismida jinsiy apparati joylashgan. Qorin segmentlarining ikki yonida stigmalar
ko‘rinadi.
Burgalar jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va qorin
bo‘limining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo‘ladi, shu joyda murakkab kopulyativ
apparati joylashgan. Urg‘ochilarining jinsiy apparati kolbasimon,
xitinli rezervuar
urug‘ qabul qiluvchi pufakcha ko‘rinishida tuzilgan. Urg‘ochi burga hayoti davomida
400-500 tacha tuxum qo‘yadi, bir qo‘yganda tuxumlar soni 6-10 tagacha boradi.
Odatda, burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy bo‘lgan joylarga, ya’ni pol
tirqishlariga, to‘shamalar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor yoriqlariga va
V
212
kemiruvchilar iniga qo‘yadi.
Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 kundan
15 kungacha davom etadi, bu esa burgalarning turiga va tashqi muhit sharoitiga,
ayniqsa, harorat va namlikka bog‘liq. Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan, tanasi
tuk
bilan qoplangan, oyoqsiz bo‘lib, ikki qanotlilar lichinkasiga o‘xshash bo‘ladi.
Lichinkalari chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla ichida
g‘umbakka aylanadi. Tashqi muhit sharoitiga qarab, burgalarning rivojlanishi 20
kundan 1 yilgacha davom etadi. G‘umbakdan chiqqan voyaga yetgan davri-imago
faqat qon bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan burgalar 2-5 yil umr ko‘radi.
Burgalar bir kunda kamida 1 marta qon so‘radi. Ular asosan sutemizuvchilarda
(95%) va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Burgalar muayyan turdagi
xo‘jayin bilan juda mahkam bog‘lanmay, bir turdagi
hayvondan ikkinchi turdagi
hayvonga va odamga o‘tishi mumkin. Shunday gematofag hayvonlarga polifaglar
deyiladi.
Tabiatda shunday burgalar borki, hatto vaqtincha bo‘lsa ham ilonda, ba’zilari
esa hasharotlarning lichinkalarida parazitlik qiladi. Mushuklarda mushuk burgasi
(
Ctenocephalides felis
), itlarda it burgasi (
Ctenocephalides canis
), odamlarda odam
burgasi (Pulex irritans), kalamushlarda
kalamush burgasi
(Xenopsylla cheopis)
parazitlik qiladi. Lekin, ular odamga ham hujum qiladi. Kalamush va odam burgalari
odamlarga o‘lat
(chuma)
va terlama kasalligining qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradi. Bu
og‘ir kasalliklarning mikroblari kasal odamlar, kalamushlar va burgalarning axlati
orqali odam terisiga tushib qolsa, uning tirnalgan joyidan qonga o‘tib, ko‘paya
boshlaydi. Odam burgasi urg‘ochisining kattaligi 3-4 mm atrofida bo‘ladi. Odam
burgasi uy hayvonlarining tanasida ham yashashi mumkin. Burgalar issiq qonga o‘ch
bo‘lib, o‘lgan hayvonning sovub borayotgan tanasini tashlab, yangi xo‘jayin axtaradi.
Burgalar faqat odamlar o‘rtasida yuqumli kasalliklarni tarqatib qolmasdan,
balki kemiruvchilar, yirtqichlar va uy hayvonlari o‘rtasida
ham ularning qonini
so‘rish orqali yuqumli kasalliklarning mikroblarini o‘tkazadi. Burgalardan
saqlanishning asosiy yo‘llaridan biri sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishdir.
Molxonalar, odam turadigan joylarni toza saqlash, undagi pol va to‘shamalami vaqti-
vaqti bilan karbolning 2-5% li eritmasi bilan dezinfeksiya qilish, devor va pol
tirqishlarini kerosinda ho‘llangan latta bilan yuvish lozim. Dala sharoitida
kemiruvchilarga qarshi kimyoviy dorilar
(xlorpikrin, piretrum)
sepish kerak.
Shuningdek, burgalarga qarshi kurashish uchun permetrinning 0,05%
li suvdagi
emulsiyasi, karbafosning 0,5 % li emulsiyasi, xlorofosning 1% li eritmasi hayvon
terisiga purkaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: