Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   348
Bog'liq
entomologiya

To‘g‘ri qanotlilar 
(
Orthoptera
)
 
turkumi
vakillarining oldingi qanotlari teriga 
o‘xshash qalinlashgan, uzun ensiz va to‘g‘ri bo‘ladi. Orqa qanotlari esa keng yelpig‘ichga 
o‘xshab ust qanotlarning ostiga taxlanib turadi. Og‘iz organlari kemiruvchi, orqa oyoqlari 
sakrovchi tipda tuzilgan. To‘g‘ri qanotlilarning bosh qismida bir juft murakkab ko‘zidan 
tashqari 1-3 ta oddiy ko‘zchasi ham bor. Mo‘ylovlari ko‘p bo‘g‘imli,
turli shaklda, 


155 
ular ingichka va har xil uzunlikda, ba’zan tanasidan ham uzun (masalan, 
temirchaklarda, chirildoqlarda), ba’zan esa uning yarim uzunligiga yetar-yetmas 
(masalan, chigirtkalarda) bo‘ladi. 
To‘g‘ri qanotlilarning oyoqlari to‘la taraqqiy etgan, orqa oyoqlarining soni va 
boldirlari yo‘g‘onlashgan, baquvvat tikan va pixlari bor, ular sakrash uchun 
moslashgan. Ko‘p turlarida oldingi va o‘rta oyoqlari yurish, yugurish, tirmashish 
uchun xizmat qiladi, kavlagich tipda tuzilganlari ham bor. Ko‘pchilik to‘g‘ri 
qanotlilarda, masalan, chigirtkalarda qorin qismining birinchi tergitida yoki 
temirchaklarda va chirildoqlarda oldingi boldirlarida eshitish-timpanal organi bor. 
Temirchaklar va chirildoqlarda, asosan, erkak individlarining orqa sonlari va ust 
qanotlarida joylashgan maxsus tovush chiqarish (chirillash) moslamalari ham bor 
(40-rasm).
 
40-rasm. To‘g‘ri qanotlilar turkumining vakillari: 
А-buzoqboshi; 
B-poya chirildog‘i (♂); V-cho‘l chirildog‘i (♀); G-oddiy triperst.


156 
To‘g‘ri qanotlilar turkumiga 20000 dan ortiq tur kiradi. MDH da 4000 dan 
ortiq turi aniqlangan. Ular ochiq maydonlarda yashaydigan o‘txo‘r hasharotlar 
bo‘lganidan quruq iqlimli dasht va cho‘l mintaqalarda ko‘p uchraydi. Tuxumlarini 
to‘p-to‘p qilib tuproqqa, maxsus ko‘zacha ichiga qo‘yadi. Ularning ko‘pchilik turlari 
tuxum, ba’zilari lichinka yoki voyaga yetgan davrida qishlaydi. Ikkita asosiy hayot 
formasi uchraydi: fitofillar yoki o‘simliklar orasida yashaydiganlar va geofillar yoki 
tuproq usti va tuproq ichida yashovchilar. Fitofillar tanasi silliq, yonboshi siqiq - 
tekis, yashil yoki sarg‘ish rangda. Geofillar tanasi aksincha, yassilashgan, usti silliq 
emas va rangi tuproq rangiga o‘xshab ketadi. Juda ko‘pchilik tur to‘g‘ri qanotlilar 
o‘simlikxo‘r, lekin qisman yirtqich, shuningdek aralashxo‘rlari ham uchraydi. Ko‘p 
turlari, ayniqsa, chigirtkalar qishloq xo‘jalik o‘simliklariga katta zarar yetkazadi.
To‘g‘ri qanotlilar juda ochko‘z, hamma narsani yeyaveradi. Ayrim turlari, masalan, 
osiyo chigirtkasi
(Locusta migratoria), 
sahro chigirtkasi
(Schistocerca gregari) 
va 
boshqalar juda katta gala hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday gala migratsiya davrida 
yo‘lidagi uchragan hamma o‘simliklarni yeb bitiradi. Chigirtkalar galasi ba’zi yillari Eron 
va Afg‘onistondan O‘rta Osiyo davlatlariga uchib o‘tadi.
 
To‘g‘ri qanotlilar turkumi ikkita 
kenja turkumga bo‘linadi:


Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish