74
2. Hasharotlarning qon aylanish sistemasining funksiyasini ayta oladi.
To‘rtinchi sаvоl bаyоni:
Traxeya sistemasining murakkablashuvi qon aylanish sistemasining soddalashuviga
olib keladi. Qon aylanish sistemasi faqat yurak va undan chiqadigan kalta aorta qon tomiridan
iborat (15-rasm).
15-rasm Hasharotlarning qon aylanish sistemasi:
A-qon harakatda bo‘lganda,
klapanlarning
holati sxemasi; B-yelka qismida qon tomirining joylanishi (buzoqboshlarda); V-yelka qon
tomirining tuzilishi (asalarida); kl-klapan;
u-teshikcha; ao-aorta; yu-yurak;
qm-qanotsimon muskullar.
Qon (gemolimfa) tana bo‘shlig‘ida aylanadi. Hasharotlarning yuragi uzun nayga
o‘xshash bo‘lib, qorin bo‘limida ichakning ustida joylashgan. Yurakning keyingi uchi berk, ichki
bo‘shlig‘i ko‘ndalang to‘siqlar bilan bir necha bo‘lmalarga bo‘lingan. Ko‘pchilik
hasharotlarda bunday bo‘lmalarning soni 8 ta bo‘ladi. Har bir bo‘lmaning
yon tomonida
ikkitadan klapanli teshikchalar (ostiylar) bor; yurak va undan boshlanadigan bosh aorta tomiri
devori muskul tolalari bilan ta’minlangan. Aorta bosh yaqinida tana bo‘shlig‘iga ochiladi,
gemolimfa aortadan ana shu bo‘shliqqa kelib tushadi. Yurakni yurakoldi sinusi o‘rab turadi.
Bu sinus tana bo‘shlig‘idan mayda teshikchali yupqa diafragma parda orqali ajralib turadi.
75
Yurakning ostida diafragmaga qanotsimon muskullarning uchi kelib tutashgan. Yurak
elastik tolalar yordamida qorin tergitlarida osilib turadi. Ko‘pchilik hasharotlarda xuddi
shunday diafragma parda ichakning ostida ham bo‘ladi. Qanotsimon muskullar qisqarganida
diafragma pastga tortiladi; yurakoldi sinusi kengayib, gemolimfa bilan to‘ladi.
Gemolimfa ostiylar orqali yurak bo‘shlig‘iga o‘tadi. Yurak devoridagi muskullarning
ketma-ket to‘lqinsimon qisqarishi natijasida qon yurakdan aortaga chiqadi;
undan bosh
yaqinida tana bo‘shlig‘iga kelib quyiladi. Ichakosti diafragma muskullari qisqarganida
gemolimfa tana bo‘shlig‘ida oldingi tomonidan keyingi tomoniga oqadi. Qisqarish
xususiyatiga ega bo‘lgan maxsus qo‘shimcha
ampulalar gemolimfani oyoq, qanot va
mo‘ylovlarning bo‘shlig‘ida ham aylanishga yordam beradi. Yurakning qisqarish tezligi-puls
hasharotlar turiga va uning fiziologik holatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, arvoh kapalak
(Sphinx
ligustri)
yuragi tinch holatda bir daqiqada 60-70, uchganida 140-150 marta qisqaradi. Qon
(gemolimfa) tana bo‘shlig‘ida aylanadi. Hasharotlarning yuragi uzun nayga o‘xshash bo‘lib,
qorin bo‘limida ichakning ustida joylashgan. Yurakning keyingi uchi berk, ichki bo‘shlig‘i
ko‘ndalang to‘siqlar bilan bir necha bo‘lmalarga bo‘lingan.
Ko‘pchilik hasharotlarda bunday bo‘lmalarning soni 8 ta bo‘ladi. Har bir bo‘lmaning
yon tomonida ikkitadan klapanli teshikchalar (ostiylar) bor; yurak
va undan boshlanadigan
bosh aorta tomiri devori muskul tolalari bilan ta’minlangan. Aorta bosh yaqinida tana
bo‘shlig‘iga ochiladi, gemolimfa aortadan ana shu bo‘shliqqa kelib tushadi.
Yurakni
yurakoldi sinusi o‘rab turadi. Bu sinus tana bo‘shlig‘idan mayda teshikchali yupqa diafragma
parda orqali ajralib turadi.
Hasharotlarning gemolimfasi gazlarni tashishda ishtirok etmaydi, u orqali faqat oziq
moddalar va modda almashinuv mahsulotlari tashiladi. Shu sababdan hasharotlar qonida
eritrotsitlar yoki shunga o‘xshash qon elementlari-gemoglobini ham bo‘lmaydi. Gemolimfa
esa rangsiz, sarg‘ish yoki yashil tusda bo‘ladi.
Faqat ayrim chivinlar, xususan xironomidlar
lichinkalari gemolimfasida gemoglobini borligi sababli qoni qizil tusda bo‘ladi. Bunday
lichinkalarda traxeya sistemasi bo‘lmaganligi tufayli gemoglobini gemolimfaga diffuziya yo‘li
bilan o‘tadigan kislorodni bog‘lash xususiyatiga ega. Hasharotlarning gemolimfasida fagotsitoz
xususiyatiga ega bo‘lgan maxsus
hujayralar-gemotsitlar
bo‘ladi. Bir qancha hasharotlarning
gemolimfasi tarkibida kuchli zaharli moddalar bor. Ayrim qo‘ng‘izlar (xon qizi,
malhamchi) ning gemolimfasi oyoqlarining bo‘g‘inlaridagi teshiklaridan mayda tomchilar
holida chiqib turadi. Zaharli gemolimfa hasharotlarni boshqa yirtqich hayvonlarga yem bo‘lib
ketishdan saqlab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: