Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Bukur chivinlar
 
(Simulidae)
oilasi
vakillari qon so‘ruvchi eng mayda 
chivinlar bo‘lib, gavdasining uzunligi 2- 6 mm keladi. Ayni vaqtda ularning 1000 dan 
ortiq turi aniqlangan (80-rasm).
80-rasm. Ikki qanotlilar turkumining vakillari: 
1-uzun oyoq; 2-dergun; 3-so‘na; 
4-chaqar pashsha; 5-qtir; 6-yashiltak; 7-sirfid; 8-olaqanot; 9-suli bo‘rtmayasari; 
♂-erkagi; ♀-urg‘ochisi; 10-simulid; 11-it pashsha.


230 
Bukur chivinlarning rangi ko‘pincha qora va ko‘kish tusda bo‘ladi. 
Urg‘ochilari urug‘langandan so‘ng oqar suvlardagi o‘simliklar va boshqa 
substratlarga 100 tadan 800 tagacha tuxum qo‘yadi. Oradan 4-12 kun o‘tgach, 
tuxumlardan lichinkalar chiqadi. Ular orqa qorin segmentidagi so‘rg‘ichlar va 
ilmoqchalar yordamida suvdagi har xil substratlarga yopishib olib hayot kechiradi. 
Lichinkalari 5 marta tullab (3 hafta davomida), maxsus pillali g‘umbak hosil qiladi va 
20-21 kun ichida jinsiy voyaga yetadi. Hayoti davomida 1-3 marta avlod beradi.
Urg‘ochilari hayvonlarga kunduz kunlari shamol yo‘q paytda hujum qiladi. 
Hayvon qonini so‘rib zaharli so‘lak ajratadi, bir necha soat o‘tgach, hayvon terisi 
shishadi, harorati ko‘tarilib yurak urishi tezlashadi. Taygada qonxo‘r bukur chivinlar 
ko‘plab uchraydi. Ular 
Sibir yarasi, tulyaremiya, yapon ensefaliti, moxov
kabi 
kasalliklarni, qoramollarda va shimol bug‘ularida esa 
onxotserkoz,
qushlarda 
gemosporidioz
kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarini tarqatadi.
 
G‘urra yasarlar
 
(Cecidomyidae)
 oilasi
vakillari juda mayda chivinlar bo‘lib, 
imagosi oziqlanmaydi, faqat 2-3 kun yashaydi. 3500 ga yaqin turi bor. Mo‘ylovi 
uzun, tasbehsimon, qanotlari kam tomirli va ko‘ndalang tomirsiz. Lichinkalarining 
boshi reduksiyalangan. Ko‘kragining pastki tomonida cho‘psimon o‘simtasi-
kurakchasi bor, g‘umbagi pilla ichida rivojlanadi. Lichinkalari o‘simliklarning turli 
organlari(gullari, mevasi, novdasi, bargi, novdalarning o‘sish nuqtalarida)da bo‘rtma 
(g‘urra) hosil qiladi. Bo‘rtmalar qurtlar ajratibchiqaradigan o‘stiruvchi moddalar 
ta’sirida hosil bo‘ladi. Har bir hasharot muayyan bir o‘simlikda o‘ziga xos g‘urra 
hosil qiladi. Bo‘rtmalar shakliga qarab g‘urra yasarlarning turlarini aniqlash mumkin.
Yetuk davri qisqa vaqt (2-3 kun) yashaydi va oziqlanmaydi. G‘urralar daraxt, 
buta va mayda ko‘p
 
yillik yarimbutalarda ko‘p uchraydi. Ba’zi tur lichinkalari 
yirtqichlik qilib hayot kechiradi. Ular ko‘proq shira va mayda kanalar bilan 
oziqlanadi. G‘alla ekinlari xavfli zararkunanda Gessen pashshasi 
(Mayetiola 
destructor) 
Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish