Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей


Zaxkashlar  (Ceratopogonidae) oilasi



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Zaxkashlar 
(Ceratopogonidae)
oilasi
vakillari qon so‘ruvchi ikki qanotlilar 
ichida eng maydasi hisoblanadi (0,5-4 mm). Bosh qismi biroz katta, unda 1 juft 
murakkab ko‘zi joylashgan. Og‘iz apparati sanchib-so‘ruvchi tipda. Qanotlarida 
dog‘lari va tuklari bor. Oyoqlari uzun va tirnoqli bo‘ladi. 
Zaxkashlar zax, sernam joylarda, unchalik katta bo‘lmagan suv havzalarida va 
botqoqliklarda yashaydi. Shuning uchun ular “mokres”, ya’ni zaxkash deb aytiladi. 
Hozirgi vaqtda zaxkashlarning 4000 ga yaqin turi ma’lum, shulardan 
O‘zbekistonda 60 dan ortiq turlari uchraydi. Ular asosan Sibir, Uzoq Sharq, O‘rta 
Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikada hamda Tinch okeanining ko‘pgina orollarida 
tarqalgan. Urg‘ochi zaxkashlar juftlashib bo‘lgach, qon so‘radi va har xil sernam 
joylarga, hatto oqmas ko‘lmak suvlarga 40 tadan 120 tagacha, hayoti davomida esa 
350 tagacha tuxum qo‘yadi. Oradan 3-6 kun o‘tgach, tuxumdan ipsimon 


231 
ko‘rinishdagi 0,5 mm uzunlikdagi lichinkalar chiqadi. Lichinkalarning bosh qismi 
qo‘ng‘ir rangda bo‘ladi. Lichinkalari ko‘lmak suv yoki nam tuproqlarda 25-30 kun 
yashab, 15 mm uzunlikda bo‘ladi va 3 marta tullab g‘umbakka aylanadi. Oradan 3-5 
kun o‘tgach, g‘umbakdan qanotli hasharotlar chiqadi. Shunday qilib, zaxkashlarning 
tuxum qo‘yishidan to jinsiy voyaga yetishiga qadar 60 kun o‘tadi. Bir yilda 
zaxkashlar 2-5 marta avlod berishi mumkin. 
Zaxkashlarning urg‘ochisi har xil issiqqonli hayvonlarni, shu jumladan 
odamlarning qonini so‘rib oziqlanadi. Ular asosan ertalab va kechqurunlari faol qon 
so‘radi. Chaqishidan teri qichiydi, teri ostidagi to‘qimalar shishib hayvon qattiq 
bezovtalanadi, junlari to‘kilib oriqlay boshlaydi. Bundan tashqari, zaxkashlar 
mahsuldor hayvonlarga turli infeksion va invazion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini 
(tulyaremiya, qo‘ylardagi virus va otlardagi o‘lat kasalliklari, onxotserkoz, 
gemosporidioz, filyarioz, yapon ensefaliti) tarqatadi.
Chivinlarni yo‘qotish uchun ularning barcha rivojlanish davrlarini hisobga 
olgan holda, chora tadbirlarni amalga oshirish kerak. Voyaga yetgan chivinlar yoz 
paytlarida kunduzi qo‘nib turadigan joylarda, qishda esa qishlash joylarida har xil 
insektitsidlar yordamida yo‘qotiladi. Lichinkalari va g‘umbaklariga qarshi kurashish 
uchun suv havzalari tekshiriladi. 
Chivinlarning lichinkalariga qarshi kurashishda xo‘jalik maqsadlari uchun 
keraksiz bo‘lgan kichikroq suv havzalari tuproq bilan ko‘mib tashlanadi. Baliq 
ko‘paytirilmaydigan va xo‘jalik maqsadlari uchun ishlatilmaydigan suv havzalariga 
zaharli kimyoviy moddalar sepiladi va neftlanadi. Neft suv yuzasida nihoyatda yupqa 
parda ko‘rinishida yoyilib, lichinkalar va g‘umbaklarning nafas olish teshiklarini 
berkitib qo‘yadi va ular o‘ladi.
Hozirgi vaqtda kurashning biologik usuli rivojlanib bormoqda. Chivinlarning 
lichinkalari va g‘umbaklari bor suv havzalarida ular bilan oziqlanadigan gambuziya 
balig‘ini ko‘paytirish yaxshi natija bermoqda. Sholipoyalarni esa uzib-uzib sug‘orish, 
ya’ni qisqa vaqt ichida suvni chiqarib tashlash yo‘li bilan parazitlarni yo‘qotish 
mumkin. Bundan tashqari, hovuz suvlarini vaqti-vaqti bilan oqizib turish, suv 
havzalarini organik chiqindilar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish