nuqtani kesmalar bilan ketme-ket tutashtirishdan hosil boʻlgan shaklga
uchburchak deyiladi.
16
Ta’rif berilgandan soʻng oʻquvchilarga berilgan ta’rif yoritib beriladi,
ta’rifdagi bir toʻgri chiziqda yotmaydigan va kesmalar bilan ketme-ket tutashtirish
kabi jumlalar mazmuni ochib beriladi. Bir toʻgʻri chiziqda yotgan nuqtalarni
kesmalar orqali tutashtirish orqali uchburchak yasab boʻlmasligi, yoki bir toʻgri
chiziqda yotmaydigan uchta nuqtani egri chiziqlar bilan tutashtirish natijasida hosil
boʻladigan shakl uchburchak boʻlmasligi koʻrsatib beriladi.
Dars vaqtini toʻgʻri taqsimlash va kuzatish metodini qiziqarli tashkil qilish
uchun geometrik shakllarni chizish uchun moʻljallangan kompyuter dasturlaridan
foydalanish yaxshi samara beradi. Bunday dasturlarga misol qilib geogebra
dasturini keltirish mumkun.
11-rasm. Geogebra dasturi.
Yuqorida keltirilgan uslub oʻquvchilarda uchburchak chizish koʻnikmasini
shakllanishida ham yaxshi samara beradi .
Keyingi qadamda uchburchaklarning burchaklari va tomonlariga koʻra turlari
yoritiladi. Buning uchun ularga avvalo qisqacha qilib burchak tushunchasi
keltiriladi, oʻtkir, oʻtmas va toʻgri burchaklar koʻrsatib beriladi, soʻngra
uchburchakning burchagiga koʻra turlari oʻrgatiladi. Bunda burchak turlarini
oʻquvchilarga koʻrgazmali tarzda tushuntirib berish nihoyatda zarur.
17
12-rasm. Uchburchakning burchaklariga koʻra turlari.
Uchburchakning burchaklarga koʻra turlarini ajratib olinishi uchun
uchburchakning uchchala turini ham bir vaqtda koʻrsatish nihoyatda zarur. Bu
oʻquvchilarda ularning farqlarini tushunishlarida yordam beradi.
5-6 sinflarda o‘quvchilar geometrik ma’lumotlarni o‘rganishda sekin asta
mantiqiy tafakkur qilish shakllaridan biri xulosa qilishni qo‘llay boshlaydilar.
Shuning uchun ko‘p hollarda, mazkur sinf darsliklarida geometrik material
quyidagicha yoritiladi: dastlab nazariy material qisqa tushuntirish matni
ko‘rinishida berilib, so‘ng yangi kiritilgan tushunchani mustahkamlash uchun
didaktik mashqlar yechiladi, undan so‘ngra esa bilish va rivojlantirish
funksiyasini bajaruvchi mashqlar yechiladi.
8-sinfda oʻtiladigan uchburchak va uning turlari mavzusiga qoʻyiladigan
ta’limiy ta’lablar quyidagilardan iborat: oʻquvchi uchburchak chizish koʻnikmasiga
ega boʻlishi, rasmda tasvirlangan uchburchakning turini ajrata olishi,
uchburchakning burchaklari va tomonlarini aniqlay olishi, ularni nomlay olishi,
uchburchak perimetrini aniqlay olishi va uchburchak perimetriga doir soddaroq
masalalarni ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishlari.
Keyingi navbatda oʻquvchilarga uchburchaklarning uning tomonlari
uzunliklariga koʻra turlari tushuntiriladi.
Uchburchaklar ko’pburchaklarning tomonlari soni eng kam bo‘lgan
turidir. Bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta nuqta va ularni o‘zaro kesmalar
bilan tutashtirib chiqilsa uchburchak xosil bo‘ladi.
18
Uchburchaklar o‘zining simmetriklik darajasi yoki teng tomonlari soniga
ko‘ra guruxlanadi.
13-rasm. Uchburchakning tomonlariga koʻra turlari.
8-sinfda uchburchak yuzasi mavzusini oʻtishda asosiy etibor uchburchakning
balandligi tushunchasiga qaratiladi. Oʻtgan darslarda uchburchak va uning turlarini
oʻrganilgan, oʻquvchilarda uchburchak tomonlarini oʻlchovini aniqlash
koʻnikmalari mavjud boʻladi. Dastlab oʻquvchilarga geometrik shaklning yuzasi
tushunchasi beriladi. Yuza birliklari va shakl yuzasini oʻlchashning mohiyati
yoritiladi. Yuza birliklari orasidagi munosabatlar keltiriladi.
Yuzani oʻlchash mohiyati tushunarli boʻlishi uchun dastlab yuzasi
oʻlchanayotgan uchburchakning kataklarga achratilgan tekislikda tasvirlash yaxshi
samara beradi.
14-rasm.
19
Soʻngra oʻquvchilarga uchburchakning balandligi tushunchasi keltiriladi,
oʻquvchilarda perpendikulyarlik koʻnikmalarining yaxshi shaklanmagan taqdirda
balandlikni uchburchak uchidan uning shu uch qarshisidagi tomoniga tik
tushirilgan kesma deb tushuntirish mumkun.
15-rasm.
Dastlab soddaroq misollarda katak qogʻozda tasvirlangan uchburchaklarning
balanliklari uzunliklarini topish kabi savollar berish orqali oʻquvchilarni balandlik
tushunchasini qanchalik yaxshi tushunganliklarini tekshirib koʻrish maqsadga
muvofiq.
Soʻngra uchbruchak yuzasini asos va unga tushurilgan balandlik
uzunliklaridan kelib chiqib topish usuli keltiriladi. 7-formula beriladi. Formulani
qanday keltirib chiqarilganligi haqida malumot berish ham maqsadga muvofiq, bu
mavzuning asosli boʻlishini va oʻquvchilarga tushunarliroq boʻlishini ta’minlaydi.
8-sinfda oʻtiladigan uchburchak va uning turlari mavzusiga qoʻyiladigan
ta’limiy ta’lablar quyidagilardan iborat: oʻquvchilarning shaklning yuzasi haqidagi
tasavvurga ega boʻlishlari, uchburchaklarning yuzasini uning asosi va balandligi
uzunlaiklaridan foydalangan holda hisoblay olish koʻnikmalariga ega boʻlishi.
Mavzuni yoritishda quyidagi usullardan foydalanish talab etiladi:
1.
Suhbat
usuli
(oʻquvchilarning
nuqta,
kesma,
burchak
kabi
koʻnikmalarining qay darajada ekanligini aniqlashda, ta’rifnilarni
tushuntirishda)
2.
Mustaqil ish yuritish usuli (uchburchaklarni chizishda)
20
3.
Muammoli oʻqitish usuli (uchburchak yuzasini hisoblashga doir masalalar
yechishda )
4.
Dasturlangan ta’lim
5.
Evristik oʻqitish usuli (uchburchak yuzasini hisoblash formulasini keltirish
chiqarishda)
6.
Matematikani oʻqitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash
(darsda ta’limiy kompyuter dasturlaridan foydalanish)
7 – sinfdan boshlab geometriya sistematik kursi o‘rganila boshlagandan
so‘ng, ko‘pburchaklar va ularning xossalari va o‘rganish mantiqiy
tizimlashtiriladi. Bunda ta’rifning roli aniqlashtirilib, o‘rganilayotgan
ko‘pburchakning xossalarini uning boshqa xossalardan keltirib chiqarish
mumkinligi ko‘rsatiladi. Natijada figuralar o‘rtasida, shuningdek, figuralarning
xossalari o‘rtasida mantiqiy bog‘lanishlar o‘rnatiladi.
21
Umumiy oʻrta ta’lim maktablari 8-sinf oʻquvchilari uchun
“Uchburchak yuzasini hisoblash” mavzusi boʻyicha namunaviy dars
ishlanmasi.
Darsning maqsadi
Do'stlaringiz bilan baham: |