5
Tabiatda shakllar turli tumandir. Nuqta, kesma, tekislik kabi sodda
shakllardan tortib murakkablarigacha.
Nuqta,
toʻgri chiziq,
tekislik kabi shakllar
dastlabgi, eng sodda geometrik tushunchalar sifatida oʻrganiladi,
ularga aniq bir
ta’rif ham berilmaydi, lekin shunday boʻlishiga qaramasdan har qanday murakkab
shakl aynan ulardan, ularning qismlaridan tashkil topgan boʻladi.
Biz ba’zi bir umumiy xususiyatlarga ega boʻladigan, ba’zi umumiy
qonuniyatlarga boʻysunadigan turdosh shakllarni – geometrik shakllar deb
ataymiz. Misol uchun uchburchak shaklini olaylik.
Bir toʻgʻri chiziqda yotmagan uch nuqtani
kesmalar orqali ketma-ket
tutashtirish orqali hosil qilingan geometrik shaklga − uchburchak deyiladi. (2-
rasm).
2-rasm.
Uchburchak − eng sodda koʻpburchakdir. Belgilangan uchta nuqta
uchburchakning
uchlari, ularni tutashtiruvchi kesmalar esa uchburchakning
tomonlari boʻladi. Odatda, “uchburchak” soʻzi oʻrniga
∆
belgisi
ishlatiladi, yani
ABC uchburchak soʻzi qisqacha
∆
ABC kabi yoziladi. Bu yozuv uchlari A, B, C
nuqtalardan iborat uchburchakni bildiradi. Uchburchak
tomonlari orasidagi
burchaklar
uchburchakning burchaklari deb yuritiladi.
Uchburchak burchaklari tomonlari va burchaklari uning asosiy elementlari deb ataladi.
Deylik ikkita uchburchak shaklidagi yer maydonlari mavjud va ulardan qaysi
3-rasm.
biri kattaroq ekanligini aniqlash masalasi qoʻyilgan boʻlsin (3-rasm). ikkita
uchburchak shaklidagi bir xil qalinlikdagi va bir xil xomashyodan yasalgan
6
buyumlarni tarozida tortib koʻrib orqali bu savolga javob berish mumkun edi, biroq
gap yer maydoni haqida ketganda buning iloji yoʻq.
Aynan shu va shunga oʻxshash, ya’ni shakllarning katta-kichikligini aniqlash,
taqqoslash kabi masalalarning yechimini topish uchun
fanga geometrik shaklning
yuzasi tushunchasi kiritiladi. Shaklining yuzasi bu shakli sirtining katta-
kichikligining oʻlchovidir. Har bir oʻlchov uchun albatta birinchi navbatda oʻlchov
birligi zarur boʻladi. U solishtirish, taqqoslash uchun “etalon” ya’ni “birlik”
vazifasini bajaradi. Misol uchun, jism massasining uchun oʻlchov birligi 1 kg dir,
yani agar jismning massasi 9 kg boʻlsa, demak 9 ta 1
kg li jism bilan bir xil
ogʻirlikka ega.
Yuza uchun birlik sifatida tomonining uzunligi bir birlikka teng boʻlgan
kvadratning yuzasi qabul qilingan. Misol uchun tomoni uzunligi 1m dan boʻlgan
kvadratning yuzasi 1
hisoblanadi, tomoni uzunligi 1dm dan boʻlgan
kvadratning yuzasi 1
, tomoni uzunligi 1 sm dan boʻlgan kvadratning yuzasi 1
va hokazo hisoblanadi.
1
4-rasm.
Endi geometrik shakllarning yuzasini oʻlchash mumkun, buning uchun yuzasi
oʻlchanayotgan shaklning yuzasi nechta birlik kvadratning yuzasi bilan tengdosh
eknaligi aniqlash kifoya (4-rasm).
Misol uchun, tomonlari uzunliklari 3 va 4 birlik boʻlgan toʻgʻri toʻrtbuchakni
12 ta birlik kvadratga achratish mumkun. demak uning yuzasi 12 birlikka teng
boʻladi. (5-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: