U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Ichki suvlari. 
Markaziy Osiyo daryo va ko’llarini suv bilan ta’minlab 
turuvchi manba tog’lardagi muzliklar, yer osti, yomg’ir va qor suvlaridir. 
Markaziy Osiyo tog’larida 4000 ga yaqin muzlik bor. Ularning maydoni 17 
573 km
2
muzliklar bitmas-tuganmas suv manbaidir.
Yirik daryolari:
O‘rtа Оsiyodа 12 minggа yaqin dаryo bоr. Ulаr 
o‘lkаdа judа nоtеkis jоylаshgаn. 10 mingdаn оrtiq dаryo tоg‘lаrgа to‘g‘ri kеlаdi. 
Fаqаt yirik dаryolаrginа cho‘llаrni kеsib o‘tgаn. Dаryolаr yomg‘ir, qоr, muzlik, 
yerоsti suvlаridаn to‘yinаdi. 
O‘rtа Оsiyo dаryolаri to‘yinishigа, ya’ni qаyеrdаn suv оlishigа 
qаrаb 4 guruhgа bo‘linаdi. 
1. Muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar (Amudaryo, Zarafshon, 
So‘x, Isfayramsoy, Chu, Ili, Lepsa, Oqsuv). Bu daryolar Тyanshan, Pomir-Oloy 
tizmalaridagi muzlik va doimiy qorlardan suv oladi, ular yozda sersuv bo‘ladi. 
2. Qor va muzliklarning erishidan to‘yinadigan daryolar (Sirdaryo, 
Surxondaryo, Chirchiq, Qoradaryo). Bu daryolarning suvi, asosan, iyun, iyul 
oylarida ko‘payadi. 
3. Doimiy va mavsumiy qorlarning erishidan to‘yinadigan daryolar 
(Ohangaron, Qashqadaryo). Bu daryolarning suv oladigan manbalari past tog‘larda 
bo‘lib, suvi bahorda ko‘payib, ba’zan toshadi, yozda esa sayozlanib qoladi. 


177 
4. Mavsumiy qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadigan daryolar (Murg‘ob, 
Тajan, Atrek, G‘uzordaryo, Sheroboddaryo, Sarisuv, Nura, Тo‘rg‘ay daryolari, 
Farg‘ona vodiysi va Nurota tog‘lari etagidagi adirlarda oquvchi daryolar, soylar). 
Markaziy Osiyoning eng sersuv daryosi Amudaryo hisoblanadi. U Pomir 
tog‘laridan oqib tushuvchi Panj va Vaxsh daryolarining qo‘shilishidan hosil 
bo‘ladi. Uzunligi 2540 km, suv to‘plash havzasining maydoni 309 ming km
2

Amudaryo avvaliga chap tomondan Afg‘onistondan oqib keluvchi Qunduzdaryoni, 
o‘ng sohilda esa Kofirnihon va Surxondaryoni qo‘shib oladi. 
Xuddi ana shu o‘ng sohilda unga Sherobod daryosining suvi ham kelib 
qo‘shiladi. Shu yerdan to quyilish joyi — Orol dengiziga qadar (salkam 1500 km 
masofada) tekislikda, Qoraqum va Qizilqum cho‘llari orasidan keng o‘zanda oqib 
o‘tadi, bu qismida unga boshqa irmoqlar qo‘shilmaydi, balki, aksincha, uning suvi 
juda ko‘p miqdorda sug‘orishga, bug‘lanishga sarf bo‘lib, yerga shimilib, kamayib 
qoladi. O‘zbekiston va Тurkmanistonda Qoraqum kanali, Amu-Qarshi, Amu-
Buxoro kanallari, Xorazm vohasi va Qoraqalpog‘istonda ko‘p kanallar qurilgan. 
Amudaryo suvi bilan bir necha million gektar yer sug‘oriladi. 
Sirdaryo — O‘rta Osiyodagi eng uzun daryo (uzunligi 3019 km ). Uning 
havzasi 219 ming km2. Markaziy Тyanshan tog‘laridan boshlanuvchi Norin 
daryosi Sirdaryoning bosh qismidir. Norin daryosi Namangan shahri yaqinida 
Farg‘ona va Oloy tizmalaridan boshlanuvchi Qoradaryo bilan qo‘shiladi va shu 
yerdan Sirdaryo nomini oladi. Farg‘ona vodiysidan chiqqach, daryo shimolga 
tomon oqa boshlaydi va shu yerda unga o‘ngdan Ohangaron, Chirchiq, Keles 
daryolari kelib qo‘shiladi. Sirdaryo shimolga tomon Qizilqumning chegarasi 
bo‘ylab oqib, Orol dengiziga borib quyiladi. Sirdaryoning deyarli barcha irmoqlari, 
asosan, qor va muzliklardan suv oladi. Daryo suvining eng ko‘paygan vaqti iyunda 
bo‘lib, apreldan to avgustgacha unda suv ko‘p bo‘ladi. 
Ko’llari.
Markaziy Osiyoda 1000 dan ortiq ko’l bor. Ular ichida eng yirigi 
Orol ko’lidir. Ko’lning maydoni qurimasdan oldin 65.458 km
2
edi. Hozir 15 ming 
km
2
. Amudaryo va Sirdaryo suvining deyarli hammasining sug’orishiga 


178 
sarflanishi, suvdan tejab-tergab foydalanmaslik, ko’plab suv omborlar va 
kanallarning qurilishi oxir-oqibatda uning qurib borishiga sabab bo’lmoqda.
25- rasm. Orol dengizi sathining turli yillardagi holati. 
Balxash ko’li dengiz sathidan 340 metr balandda joylashgan. Maydoni 17 
760 km
2
Issiqko’l dengiz sathidan 1609 metr balandda joylashgan tektonik
ko’l, maydoni 6200 km
2
, eng chuqur joyi 702 metr. Ko’l atrofini Kungay,
Terskay Olatovlari o’rab turadi. 
Issiqko’lga 80 dan ortiq daryo va soylar quyiladi, lekin bironta ham daryo 
oqib chiqmaydi. Issiqo’l suvi sho’r bo’lib ichishga yaramaydi.
Sarez ko’li 1911 yil fevralda Pomirning Usoy degan joyida Murg’ob daryosi 
vodiysiga tog’ning qulashi natijasida vujudga kelgan. Hozir uning uzunligi 100 
km.ga yaqin, eni 55 km., chuqurligi 500 m. Ko’l dengiz sathidan 3200 metr 
balandda joylashgan.
Hisor tog’ tizmalarining shimoliy yonbag’rida morena to’sishdan hosil 
bo’lgan, go’zal tabiatli Iskandarko’l mavjud. Uning maydoni 4 km
2
, chuqurligi 76 
metr. 
Markaziy Tyan-Shan g’arbida Sonko’l joylashgan, maydoni 250 km
2

Suv omborlari
. O’simliklarni issiq, namga eng chanqoq davrdarida suv bilan 
muntazam ta’minlash maqsadida Markaziy Osiyoning bir qancha daryolarida 
sun’iy ko’llar - suv omborlari bunyod etilgan. Bu asosiy suv omborlari quyidagilar: 
Ili daryosida -Qopchig’ay, Norin daryosida - To’xtagul, Chirchiq daryosida - 


179 
Chorvoq, Ohangaron daryosida – Ohangaron, Tuyabo’g’iz (Toshkent dengizi), 
Qoradaryoda - Andijon, Sirdaryoda -Qayroqqum, Chordara, Zarafshon daryosida - 
Kattaqo’rg’on va Qo’yimozor, Qashqadaryoda - Chimqo’rg’on, Amu-Qarshi 
magstrial kanalida - Talimarjon, Surxondaryoda - Janubiy Surxon, To’polang 
daryosida - To’polang, Amudaryoda - To’yamo’yin, Vaxshda – Norak va Rag’un, 
Qoraqum kanalida -Havuzxon suv omborlari qurilgan. Suv omborlari ichida eng 
yiriklari: Qopchig’ay, To’xtagul, Tuyamo’yin, Chordara, Qayraqum, Chorvoq. 
Bu suv omborlari faqatgina yerlarni sug’orish uchungina ishlatilmasdan, 
ulardan GESlar qurish, daryo suv oqimini tartibga solish, rekreatsiya maqsadlarida 
ham foydalaniladi. 
Er osti suvlari
. Markaziy Osiyo hududi juda katta yer osti suv boyliklariga 
ham ega. Iqlimning juda quruq bo’lganligi sababli oqar suvlar bilan bir qatorda yer 
osti suvlaridan ham aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda, ekinlar va chorva 
mollarini sug’orishda keng ko’lamda foydalaniladi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish