U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Foydali qazilmalari
. Markaziy Osiyo davlatlari foydali qazilmalarga juda 
boydir. Foydali qazilmalar kelib chiqishiga ko’ra 3 ta guruhga bo’linadi: 
magmatik; metamorfik; cho’kindi. 
Magmatik foydali
qazilmalar bevosita magma faoliyati tufayli paydo bo’lib, 
asosan vulqon oblastlarida ko’p uchraydi. Bu guruhga rudali va shunga o’xshash 
foydali qazilmalar mansub. 
Metamorfik foydali qazilmalar
da kuchli bosim va harorat ta’sirida yer 
qobig’ining turli xil chuqurliklarida tog’ jinslarining fizik va kimyoviy tarkibi 
murakkab o’zgarishga uchraydi va rudali, noruda metomorfik qazilmalar paydo 
bo’ladi. Masalan temir, kvarts, marmar va hokazolar. 


174 
Cho’kindi foydali qazilmalar.
Yer po’stining ustki qismida dengiz, ko’l, 
botqoqliklarni cho’kindi jinslar qoplashi tufayli vujudga keladi. Bu guruhga noruda 
foydali qazilmalar (neft, gaz, ko’mir, slanes, torf) kiradi. 
Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar foydali qazilmalarga boy. Xususan, 
Qozog’iston qora va rangli metallarga boy. Qozog’iston past tog’larida oltin, mis, 
polimetall ruda konlarining g’oyat katta zahiralari aniqlangan. Toshko’mirning 
yirik konlari Qaraganda, Ekibastuz va Ubagan ko’mir havzalarida mavjud. 
Neftning yirik konlari g’arbiy Qozog’istondagi Tengiz konida (Emba 
rayoni). Mang’ishloq yarim orolida nihoyatda ko’p. Gazning Mang’ishloq yarim 
orolida kattagina zahiralari mavjud. Yirik temir ruda konlari Qozog’istonda 
ochilgan va ishga tushirilgan. Ulardan eng yirigi To’rg’ay supasimon o’lkasida 
joylashgan Sokolov-Sarbay konidir. (Qozoq magnitkasi).
O’zbekistonning Farg’ona vodiysida neft, tabiiy gaz, har xil tuzlar juda 
ko’p. Surxondaryo vodiysida ham talaygina neft konlari mavjud. (Tolli, Lalmikor, 
Kakaydi va boshqalar). 
Gazning yirik konlari O’zbekistonning Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari 
hududida, 
shuningdek 
Turkmanistonda, 
Ustyurtda 
aniqlangan. 
Ayniqsa, 
Gazachakdan, Turkmanistonning Amudaryo sohili qismlaridan yirik gaz konlari 
topilgan. Qoraqum markazidagi Gugurtdosh (Gavurdak), SHo’rsuv oltingugurt 
konlari bilan mashhur. Markaziy Osiyo bitmas-tuganmas tuz konlariga boy, bu 
yerda faqat osh tuzining 300 dan ortiq konlari mavjud. Bu konlar Turon 
pasttekisligidagi sayoz ko’llarda, Orol ko’li, Kaspiy dengizi sohillarida, 
Turkmanboshi (Krasnovodsk), Farg’ona, Balxash ko’li , Surxondaryo 
(O’zbekiston) da rayonlarida ayniqsa ko’p joylashgan. 
Qorabo’g’ozgulda tuzining juda katta zahiralari to’plangan. Mang’ishloq 
yarim orolida, Qoratovda, Amudaryoning quyi qismida Qoraqalpogiston hududida 
fosfort konlari bor. 
Markaziy Osiyo hududi binokorlik xom-ashyolariga ham boy. Bu yerda 
ohaktosh, granit, marmar, dolomit, gips, bo’r, asbets, kaolin, kvarts, shag’G’al, 
qum va boshqalarning yirik konlari mavjud.


175 
G’azg’on, Bo’stonliq, Omonqo’ton, Dushanbe rayonlarida va Qirg’izistonda 
chiqadigan marmar o’zining nafisligi bilan ajralib turadi. 
Markaziy Osiyo shifobaxsh mineral suvlarga ham boy. Tojikistondagi 
Obigarm, Qirg’izistondagi Oqsuv, Arashon, Jalolobod, O’zbekistondagi Toshkent, 
Chortoq, Farg’ona, Uchqizil mineral suvlari va issiq buloqlari shular 
jumlasidandir. Bular turli kasalliklarni davolashda, kurort xo’jaligini 
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish